Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Rel’ef va geomorfologiya
O‘zbekiston Respublikasi G‘arbiy tomonidan Tiyonshon va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari (Hisor, Zarafshon, Turkiston va boshqalar) bilan chegaralangan. Tog‘ tizmalarining turli holatda joylashishi va balandligining har xilligi natijasida Respublika hududida baland tog‘, tog‘ oldi, adir va tekislik kabi geomorfologik birliklar tarqalgan. Mamlakatimizning ko‘p hududlari Turon past tekisligida joylashgan. Shu sababli Resiublikamizning geomorfologik tuzilishi va rel’ef shakllari bir tomondan Markaziy Osiyoning tog‘ va baland tog‘ hududlari bilan, ikkinchi tomondan Qoraqum, Qizilqum cho‘llari bilan bevosita chegaralangan. Geomorfologik tuzilish va rel’ef shakllarining turlari geologlar tomonidan o‘rganilsada, ularning tuproq hosil bo‘lishi jarayoniga ta’sirini o‘rganish tunroqshunoslar tomonidan olib boriladi. Joyning geologik tuzilishi, ayniqsa tuproq hosil bo‘lshida ishtirok etadigan rel’ef shakllari va ularda hosil bo‘lgan turli xil ona jinslarning kelib chiqishi, ularning tarkibi, xossalari tuproqshunoslarni ma’lum darajada qiziqtiradi. Geologik, geomorfologik va rel’ef shakllarining tuzilishiga qarab Rsspublikani quyidagi hududiy birliklarga bo‘lishi tavsiya etilgan. Tog‘li hududlar. Bularga baland tog‘ suv ayirgichlari, qiyaliklar, platolar va o‘rta tog‘li hududlar kiradi. Tog‘ oldi va past tog‘li viloyatlarga tog‘ qiyaliklarining past qismlaridagi hududlar, past tog‘lar, adirlar, tog‘ oldi tekisliklari va daryo vodiylari kiradi. Tekisliklarga esa platolar, past tog‘lar, allyuvial tekisliklar, qadimiy daryo tekisliklari va del’talari, hozirgi zamon daryo tekisliklari va del’talari hamda qum uyumlari (barxanlar) misol bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan geomorfologik hududlar va birliklar mamlakatimizning turli joylarida har xil ko‘rinish va tuzilishda bo‘lib, tuproq hosil bo‘lish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Masalan, baland tog‘li hududlar 3000 m balandlikda Chotqol, Qurama, Turkiston, Hisor tog‘larida tarqalgan bo‘lib, turli geologik davrda har xil jinslardan tuzilgan. O‘rta tog‘li hududlar esa Toshkent, Farg‘ona vodiysida, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va boshqa joylarda, dengiz sathidan 1200-2800 m balandliklarda uchraydi. Past tog‘li va tog‘li tekisliklar yuqorida ko‘rsatilgan tog‘larning quyi qismlarida, dengiz sathidan 150-200 m balandliklarda rivojlangan. Bularga Kelif - Sherobod, Ziyovuddin, Zirabuloq va Nurota tog‘lari misol bo‘ladi. Tog‘ oldi past tekisliklariga, kichik soylar va adirli qiyaliklar bilan o‘ralgan joylar misol bo‘lib, mamlakatimizda keng tarqalgan. Rel’efning bu shakli cho‘llar (Qarshi cho‘li, Malikcho‘l, Mirzacho‘l) va Turkiston, Nurota, Hisor tog‘larining tog‘ oldi qismlarida joylashgan adirlar bilan bevosita tutashib ketadi. Daryo vodiylari deb nomlangan geomorfologik shaklga O‘zbekistonning ko‘p hududlarida rivojlangan kompleks terrasalardan (1,11,III,IV) tuzilgan va bevosita cho‘l mintaqasining tekisliklari bilan qo‘shilgan joylar kiradi. Zarafshon, Qashqadaryo, Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daryo vodiylarining terrasalarini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Platolar. O‘zbekistonda rel’efning bu shakli o‘ziga xos geomorfologik sharoit, ko‘rinish va shakllarda bo‘lib, tekisliklarda Ustyurt, Qizilqum, Qoraqum kabi turli kattalikdagi uncha balandlikda bo‘lmagan hududlarni egallaydi. Kichik tog‘li hududlarga O‘zbekistonning G‘arbiy qismida joylashgan va har xil balandliklardan tashkil topgan kichik tog‘li joylar kiradi. Bu balandliklar alohida yoki bir guruh maydonlardan iborat bo‘lib, asosan Qizilqum ichidagi kichik tog‘ tizmalaridan tashkil topgan. Bularga Nurota tog‘ining g‘arbida joylashgan Sultonuiz tog‘, Tomdi tog‘, Beldi tog‘, Qozoq tog‘, Oqtin tog‘, Yetim tog‘ va boshqalar misol bo‘ladi. Balandligi 400-830 m bo‘lgan bu tog‘chalar Qizilqum ichida har xil kattalikdagi maydonlarni egallaydi. Allyuvial tekisliklar. Allyuvial tekisliklar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarining terrasalarida va ular del’talarining quyi qismida joylashgan. Bu tekisliklar o‘zlari geomorfologik tuzilishi va rel’ef turlariga qarab tashqi va ichki hududlarga ajratiladi. Tashqi hududlarga daryolarning qadimiy terrasalari va del’talarning baland va uzoq qismlarida tarqalgan joylar kirib, ular hozirgi davrda avtomorf tuproqlarning rivojlanishida bevosita ishtirok etadi. Allyuvial tekisliklarining ichki hududlarida hozirgi daryo o‘zanlarining yaqin joylardagi terrasa va del’talari joylashgan bo‘lib, bu yerlarda gidromorf tuproqlarning rivojlanishi kuzatiladi. Qum uyumlari (barxanlar) hududlariga O‘zbekistonning g‘arbiy qismida joylashgan Qizilqumning katta qumli maydonlari kiradi. Bu maydonlar Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismida keng tarqalgan bo‘lib, qumlarning rangi shu daryolarning oqimi olib kelgan va to‘plagan loyli zarrachacharning rangi bilan bog‘liq. Shuning uchun mamlakatimizdagi qumli maydonlar «Qoraqum» va «Qizilqum» deb nomlanadi. Qumli yotqiziqlar o‘zlarining o‘tmishiga, kelib chiqishiga va tarqalishiga qarab tepalik, barxan va boshqa shakllarga bo‘linadi. Qumli yotqiziqlar mamlakatimizning allyuvial tekisliklarida rivojlangan bo‘lib, ular Qizilqumdagi past tog‘lar va platolar bilan o‘ralgan. Turon tekisligida bu qumli maydonlar tuproqlarning paydo bo‘lishi va tarqalishida muhim o‘rin tutadi. Shunday qilib, iqlim va rel’efning tuproq hosil bo‘lish jarayoniga ta’siri juda murakkab va xilma-xildir. Chunki, iqlim na rel’ef tuproq hosil bo‘lish jarayonining tezligiga, tuproqlarning issiqlik va suv rejimiga, o‘simliklarga zarur bo‘lgan namlikning to‘planishiga, tuproqlarda qurg‘oqchilik bo‘lishiga va boshqa hodisalarning kechishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimning yana bir elementi-Shamol esa past tekisliklar, qiyalik va qumli barxanlarda tarqalgan, kam chimlangan cho‘l qumli va haydalma tuproqlarda deflyasiya (Shamol eroziyasi) jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling