Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet21/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

T= f (I, O, TJ,P,If) V;
bu yerda:
f—tuproq va tuproq hosil qiluvchi omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik; T-tuproq, N-iqlim, O - organizm, Tj - tog‘ jinsi, P – rel’ef, If - inson faoliyati, V - vaqt.
Ayni omillardan kelib chiqib, sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproq hosil bo‘lish jarayonidagi kimyoviy o‘zgarishlarni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin (Sattorov,1995):


T= Tx(Tj+Mt(tbm=abm)Mk(ug=kb)) V;
bu yerda:
T - tuproq, Tx- tuproq hosil bo‘lishi, Mt - moddalarning to‘planishi, tbm - tabiiy biologik modda, abm - antropogen biogen modda, Mk - moddalarning kamayishi, ug - umumiy geokimyoviy yo‘l bilan, kb - kichik biologik yo‘l bilan, V - vaqt.
Bu oddiy arifmetik jarayon sifatida tushunarli, albatta. Ammo tabiiy va antropogen omillarning birgalikdagi ta’sirida tuproq hosil bo‘lish jarayoni yo‘nalishining qaysi tomonga o‘zgarishi hamon noma’lumligicha qolmoqda (Sattorov,1995). Antropogen omil, ya’ni inson faoliyati maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan holda amalga oshirilsa, tuproq xossalari yaxshilanadi, unumdorligi ko‘tariladi. Lekin sobiq Ittifoq davrida O‘zbskistonda diqqat e’tibor ko‘proq paxta yyetishtirishga qaratilgan bo‘lib, paxta yakka hokimligi yuzaga kelgan. Natijada, ayrim xo‘jalik va tumanlarda yerga umuman dam berilmagan (kuzgi shudgor qilinmagan), sug‘orish me’yorlari 20 ming kub metrga etgan, azotli o‘g‘itlar me’yori oshirilib, fosfor va kaliyga yetarlicha e’tibor berilmagan, pestitsidlar keragidan ortiq ishlatilgan. Bularning barchasi tuproq xossalari, imkoniyati va sharoitni hisobga olmagan holda amalga oshirilgani sababli ayrim mintaqadagi sug‘oriladigan tuproqlarda bir qator salbiy jarayonlar yuzaga kelgan. Ular jumlasiga degumifikatsiya, sho‘rlanish, erroziya, tuproq reaksiyasining ishqoriy tomonga siljishi, ftor, og‘ir metallar, radioktiv elementlar, pestitsidlar bilan ifloslanishi va hakozolar kiradi. Shunday ekan, o‘z-o‘zidan quyidagi savollar tug‘iladi:
A) bu salbiy jarayonlar tuproq hosil bo‘lish jarayoniga qanday ta’sir qilmoqda?
B) tuproq hosil bo‘lish jarayoni qaysi tomonga yo‘nalgan?
V) hozirgi paytda sug‘oriladigan tuproqlar ekologik va miliorativ jihatdan qanday holatda?
Respublikamiz “Tuproqshunoslik” fanidagi ikkinchi muhim ilmiy yo‘nalish - hozirgi paytda sug‘oriladigan tuproqlarimizning ekologik va meliorativ holatini aniqlash va uni yaxshilash texnalogiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bu amaliy ishlar mamlakatimizning hududlari va mintaqalarida tarqalgan turli tuproqlarni nazariy tomondan o‘rganish, tahlil qilish, ularning klassifikatsiyasini (tasnifini) tuzish hamda olingan ilmiy tadqiqot natijalarini amalda qo‘llash uchun boshqa tabiiy fanlarning (biologiya, kimyo, fizika, matematika, geologiya, geografiya va boshqalar) uslubiy yutuqlardan keng foydalangan ravishda olib boriladi. Shular qatoriga tuproqlar genesizi, geografiyasi, eroziyasi, melioratsiyasi, kimyosi, mineralogiyasi, xaritalashi va baholashi misol bo‘laoladi. Shu tufayli Respublikamiz tuproqlarini o‘rganish natijasida tuzilgan tuproqlar xaritasidan yer resurslarini hisobga olish, ekinlarni rayonlashtirish, injenerlik inshootlari, transport tarmoqlari va irrigatsion tizimlarni joylashtirish, o‘g‘itlash, almashlab ekishni joriy etish, shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklarida hosildorlikni belgilash va shu kabi bir qator amaliy shilarni bajarishda keng foydalaniladi.
Iqlim O‘zbekiston ulkan Yevroosiyo kontinentining markazida joylashgan. Mamlakat hududining 5/4 qismi Markaziy Osiyoning cho‘l va yarim cho‘l kengliklarida joylashgan bo‘lib, janubiy sharq va sharq tomondan baland Pomir Oloy tog‘ tizmalariga borib tutashadi. Shimoldan janubiy Qozog‘iston cho‘llari bilan chegaralangan bo‘lib, shimoliy-sharq va sharqda Tyanshan, janubiy sharqda esa Xisor-Oloy tog‘ tizmalariga borib taqaladi. Janub va janubiy-g‘arbda mamlakatimiz chegarasini Qizilqum va Qoraqum ajratib turadi. Amudaryoni quyi qismida, ya’ni g‘arb tomonda mamlakatimiz chegarasi uncha baland bo‘lmagan Ustyurt platonasidan o‘tadi. Yer yuzasiga tushadigan va ayniqsa yoz oylarida nihoyat darajada kuchayadigan quyosh radiatsiyasi Respublikamiz iqlimining muhim omili hisoblanadi.
Ayni radiatsiyaning ko‘p qismi tuproqning yuza qatlamida yutiladi, natijada harorat ba’zi joylarda 700C ga etadi. Atmosferaning umumiy sirkulyasiyasi jarayonida mo‘tadil kengliklradan (jumladan, Atlantika okeanidan) kirib keladigan havo oqimi qizib turgan cho‘llardan o‘tib, juda qisqa vaqt ichida tuproqlarni qizdiradi. Ularning nisbiy namligi kamayadi. Hind okeanidan keladigan havo oqimi Himolay Hindiqush va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari tusib turadi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo hududida, shu jumladan, O‘zbekistonda, jazirama yoz iqlimining shakllanishi uchun o‘ziga xos sharoit yuzaga keladi.
Qish faslida cho‘l hududlarida havo massalarining transformatsiyasi nisbatan sust kechadi. Ba’zan Arktikadan sovuq havo oqimi janubdan tog‘ bilan to‘silgan tekisliklarga hech qanday to‘siqsiz kirib keladi va havoning yanada sovib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham bu yerda, ayniqsa Qoraqalpog‘istonda,qish ancha sovuq keladi.Ammo ko‘pincha Fors ko‘rfazi va Arab dengizidan kelayotgan issiq havo uncha baland bo‘lmagan Kopetdog‘ va Paropomiz tog‘ tizmalaridan oshib o‘tib, qishning qahrini ancha yumshatadi. Uch asosiy omil-shiddatli quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyasiyasi va tog‘li rel’ef ta’sirida O‘zbekistonning katta qismida subtropik, keskin kontinental iqlim ta’sirida ob-havoning yoz oylari ancha barqaror, qish oylari esa ancha o‘zgaruvchan kechishi, havo haroratning mavsumiy va kunlik bo‘lishi kuzatiladi.
O‘zbekiston hududini shartli ravishda cho‘l, quruq dasht va tog‘li iqlim mintaqalariga bo‘lish mumkin. Bir mintaqadan ikkinchisiga o‘tish chegarasi keskin bo‘lmay, balki nisbiydir.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling