Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproq unumdorligini optimizatsiyalashda o‘g‘itlarning roli


Download 1.71 Mb.
bet19/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

8.2. Tuproq unumdorligini optimizatsiyalashda o‘g‘itlarning roli
Tuproq unumdorligi ko‘rsatkichining optimalligi almashlab ekishdagi barcha o‘simliklardan rejatashtirilgan hosilni olgandagina tan olinadi. Tuproq unumdorligining optimal parametrlari almashlab ekishdagi barcha o‘simliklar biologik talabini to‘la qondirish va natijada ularning potensial hosildorligini namoyon qilishi zarur. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini almashlab ekish orqali baholash zarur.
Gumus tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Chunki, unda azot zaxirasining barchasi, fosfor va oltingugurtning anchagina qismi, K. Ca, Mg va boshqa elementlarning ham ozroq qismi mavjud. Shuning uchun ham tuproqdagi gumusning defitsitsiz balansini hosil qilish agrokimyoning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tuproq madaniylashganligining bosh ko‘rsatkichlaridan biri bu tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoridir. Tuproqdagi fosfor miqdori optimal darajada deb hisoblash mumkin, qachonki olinadigan hosilning 90-95% ini ta’minlashi mumkin bo‘lsa. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda fosfor miqdori (Machigin bo‘yicha) 31-45 mg/kg bo‘lganda uni optimal deyish mumkin.
Usimliklarning kaliy bilan ta’minlanganligini tuproqdagi almashinuvchan formadagi kaliy miqdori bilan belgilanadi.
Tuproq unumdorligi ko‘rsatkichining asosiy parametrlari agrotexnik va agrokimyoviy tadbirlar kompleksini qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Bo‘z tuproqlarda paxtadan 45 s/ga , kuzgi bug‘doydan 50 s/ga hosil olish uchun tuproq unumdorligi quyidagicha ko‘rsatkichga ega bo‘lishi lozim:
Haydalma qatlam chuqurliga - 35 sm.
Qattiqligi - 1,30 g/sm3
Umumiy g‘ovakligi - 46%
Suv sig‘imi - 25%
Gumus- 1,3%
Umumiy azot - 0,14%
Harakatchan fosfor - 31-45 mg/kg
Tuproq eritmasi reaksiyasini optimallashtirish fiziologik nordon o‘g‘itlarni ko‘plab qo‘llanilishi evaziga katta qiyinchilik tug‘diradi. Chunki, bu o‘g‘itlar tuproq haydalma qatlamidagi kalsiyning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, tuproq unumdorligini mineral va mahalliy o‘g‘itlarsiz optimizatsialash qiyin. Chunki, tuproqqa agrotexnik ishlov berish va shu orqali uning fizik-mexanik xususiyatlarining qanchalik darajada yaxshilanishiga erishilmasin bu usul bilan o‘simlik uchun zarur oziq moddalarning o‘rnini qoplab bo‘lmaydi. Shuniig uchun ham tuproq unumdorligini optimizatsiyalashda mineral va mahalliy (ayniqsa go‘nt) bosh mezon bo‘lishi lozim.
Savollar

  1. Kimyoviy o‘g‘itlaning salbiy oqibatlari nimalardan iborat?

  2. Go‘ngning solinishi tuproqning qanday xossalarini o‘zgartiradi?

  3. Tuproq unumdorligini optimizatsiyalash qanday parametrlardan iborat?

  4. Tuproq unumdorligini optimizatsiyalashda qanday o‘g‘itlar qo‘llaniladi?




Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling