Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Tuproqning paydo bo‘lishi, tarkibi va xususiyatlarining
o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi Yer (tog‘ jinslari) ning yuqori qatlamlariga tirik va o‘lik organizmlar, turli xil rel’ef va iqlim sharoitlarining ta’siri natijasida vujudga kelgan va o‘simliklarning oziq elementlarga, suvga, havoga va haroratga bo‘lgan talabini qondira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan qismiga tuproq deyiladi. Tuproq tog‘ jinslaridan nurash va tuproq hosil bo‘lish jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Nurash - tog‘ jinslarining mexanik maydalanishi va kimyoviy o‘zgarishidan iborat bo‘lib, 3 turga bo‘linadi: Fizik nurash - tog‘ jinslarining mexanik maydalanishi va kimyoviy tarkibi o‘zgarmasdan turib haroratning o‘zgarishi, Shamol va suv ta’sirida mexanik ravishda turli xil bo‘laklarga maydalanishidir. 2. Kimyoviy nurash - tog‘ jinslarining suv, С02, 02. va ular birikmalari ta’sirida kimyoviy o‘zgarishi, ya’ni yangi birikma va minerallar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. 3. Biologik nurash-tog‘ jinslarining tirik organizmlar ta’siridagi fizik va kimyoviy nurashidir. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni asosan tuproqning qizishi va sovushi, namlikning yutilishi va bug‘lanishi, mineral va organik birikmalarning hosil bo‘lishi va yemirilishi kabilar bilan bog‘liq. Tuproqning hosil bo‘lishiga ta’sir qiluvchi sharoitlar tuproq hosil qiluvchi omillar deyiladi va asosan quyidagilarga bo‘linadi: Tuproq hosil qiluvchi (ona) jins. Iqlim. O‘simlik va hayvonot dunyosi (biologik omil). Rel’ef. Tuproq yoshi. Antropogen omil. Barcha tuproqlar qattiq (mineral), suyuq (tuproq eritmasi), gaz (tuproq havosi) qismlardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Tuproqda doimo ayrim kimyoviy reaksiyalar, ildizlarning nafas olishi va tuproq makro va mikro organizmlarining faoliyati natijasida kislorodning yutilishi, S02 ning ajralishi sodir bo‘lib turadi. Shu bois tuproq havosi atmosfera havosi (0,03%) dan S02 ning (1% atrofida) ko‘pligi va kislorodning kamligi bilan farq qiladi. Tuproqning mexanikaviy va organik tarkibini, strukturasi va qovushmasini yaxshilash tuproqning havo rejimini optimal holga keltiradi. Turli xil gaz va moddalarni o‘zida eritgan va o‘zida mikroorganizmlar tutgan suyuqlik (suv) tuproq eritmasi deyiladi. Tuproqdagi gigroskopik par va pardasimon suvning bir qismi birgalikda tuproqdagi suvning o‘lik zaxirasi deyiladi va o‘simliklar undan foydalana olmaydi. Uning miqdori tuproq organik moddasi va mexanik tarkibiga bog‘liq ravishda (yyengil tuproqlarda) 1% dan (og‘ir tuproqlarda) 15% gacha etadi. Tuproqdagi kapilyar va gravatatsion suvlardan o‘simlik foydalanadi. Tuproq eritmasi - tuproqning eng faol va harakatchan qismi bo‘lib o‘simlik undan to‘g‘ridan-o‘g‘ri oziq elementlarni oladi. Tuproq eritmasida HСOz-, OH-, Cl-, N03-, Н2P04- kabi anionlar va Н+, Na+, K+, Ca+2, Mg+2, Fe3 kabi kationlar va suvda eriydigan organik moddalar mavjud bo‘ladi. Tunroqning qattiq fazasi ikki: mineral (90 - 99%) va organik (1-10%) qismlardan iborat. Tuproq qattiq fazasining 49% ini kislorod, 33% ini kremniy, 7,1% ini alyuminiy, 3,7% ini temir, 2% ini uglerod, 1,3% ini kalsiy va kaliy, 0,6% ini natriy va magniy, 0,5% ini vodorod, 0,08% ini fosfor, oltingugurt, marganes kabi elementlar tashkil qiladi. С, O, H, P elementlari tuproqning ham mineral, ham organik qismiga kiradi. Azotning deyarli hammasi tuproqning organik qismida bo‘ladi. Tunroqning organik qismi juda murakkab turli organik moddalar (asosan o‘simlik qoldiqlari) dan iborat bo‘lib, ikki gruppaga bo‘linadi: O‘simlik va hayvonot qoldiqlaridan iborat hali gumuslanmagan organik modda. Gumuslangan yoki chirindili organik modda. Gumus - lotincha Humus so‘zidan olingan bo‘lib, tuproq (yer) ma’nosini bildiradi, u asosan tuproq mineral qismiga shimilib ketgan bo‘ladi va ko‘pincha tuproqda kolloid holida uchraydi. Chirindi (gumus) ning tarkibi va xossalari tuproq tipiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Chirindi asosan o‘simlik qoldiqlarining chirishi natijasida paydo bo‘lganligini quyidagi jadval tasdiqlaydi: O‘simlik va chirindi (gumus) tarkibidagi asosiy kimyoviy elemsntlar miqdori
Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling