Tuproqning g‘ovakligi - bu tuproq strukturasi ichida yoki ular orasidagi g‘ovaklikning formasi va kattaligi bilan xarakterlanadi.
Yangi hosil bo‘lmalar - deb turli xil forma va kimyoviy tarkibdagi moddalar yig‘indisiga aytiladi. Kimyoviy yangi hosil bo‘lmalarga yyengil eriydigan kimyoviy birikmalar, gips, ohaklar, temir oksidlari, chirindi moddalar kiradi. Yer qazuvchi hayvonlarning uyalari, katta tomirlar izlari biologik hosil bo‘lmalarga kiradi.
Qo‘shilmalar - deb tunroq hosil bo‘lish bilan birga hosil bo‘lmaydigan organik va mineral jinslarga aytiladi. Bunga tog‘ jinslari bo‘laklari, hayvonlar suyaklari, chinni, oyna, metall va boshqalar misol bo‘la oladi.
2.2. Tuproqning morfologik belgilari va xususiyatlarining o‘g‘itlar ta’sirida
o‘zgarish sabablari
Ma’lumki, tuproqqa mineral, ayniqsa mahalliy o‘g‘itlar kiritilganda tuproqning juda ko‘p xossa va xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgaradi. Undagi chirindi miqdori va chirindili qatlamning chuqurligi ham uzayadi. Buning asosiy sababi shuki, o‘gitlar ta’sirida tuproqda ko‘p miqdorda organik moddalar (o‘simlik qoldiqlari) to‘planadi. Natijada, tuproqning asosiy elementi bo‘lmish gumus miqdori oshadi. Tabiiyki, gumus tuproq rangini qora-qo‘ng‘ir tomonga o‘zgartiradi.
Shuningdek, tuproqqa mahalliy (ayniqsa go‘ng) o‘g‘itning ko‘plab solinishi, uning asosiy morfologik belgalaridan bo‘lmish strukturasi va qattiqligini sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Yana shuningdek, tuproqqa o‘g‘itlar kiritilishi uning g‘ovakligiga ham sezilarli ta’sir qiladi.
Savollar
Tuproqning genetik qatlamlari va qatlamchalari qanday ajratiladi?
Tuproq rangini o‘zgartiruvchi asosiy omillarni ayting?
Tuproq morfologik belgilarining o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarish sabablari nimada?
III-bob. Tuproqning mexanik tarkibi, mexanik xossalari va ularning- mineral va mahalliy o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |