Tuproqpipg singdirish qobiliyati va singdirish turlari
Tuproqning kation va anionlarni singdira va almashtira oladigan qismiga singdiruvchi kompleksi (TCK.) deyiladi. Tuproq havosidagi gaz va bug‘lar ham tuproqqa singdiriladi va bu quyidagi ketma-ketlikda sodir bo‘ladi: O, H, N, CO2, Tuproqning eritmadagi birikmalarni hamda bug‘, gaz va mikroorganizmlarni ushlab qolishiga uning singdirish qobiliyati deyiladi va quyidagi besh turga bo‘linadi:
Tuproqning mexnik singdirish qobiliyati - bu suvda fil’trlangan zarralarning o‘zidan o‘tkazib yubormasligadir. Bu xildagi singdirsh tuproqning mexanikaviy tarkibi, strukturasi, qatlamlarining zichligi va g‘ovakligiga bog‘liqdir. Qumli va toshloq tuproqli yerlarga loyqa cho‘ktirish (kolmotaj) usuli anashu usulga asoslangan.
Tuproqping fizik singdirishi - bu tuproq zarralari tomonidan har xil moddalar butun bir molekulasining manfiy yoki musbat yutilishidir. Fizikaviy singdirish me’yori tuproqning maydalanish darajasiga, temir va alyuminiy oksidlari hamda chirindi miqtoriga, mineralogik va mexanik tarkibiga bog‘liq.
Manfiy fizik singdirish tuproq bilan nitrat va xlorid eritmalari o‘rtasvdagi ta’sirda sodir bo‘ladi. Bunda KCE dagi K+, NH4 NO3 dagi NH4+ tuproqqa singib, Cl- va NO3 tuproq namligida erib bo‘sh bo‘lib qoladi. Bu asosan xlor va nitratning tuproq profili bo‘ylab yuqori harakatchanligidadir. Ayniqsa, o‘simlik tomiri kam bo‘lgan joylarda, tuproq namligi yuqori bo‘lgan sharoitlarda manfiy fizik singdirish natijasida xlor va nitrat tuproqning pastki qatlamlariga undan esa grunt suvi bilan tashqariga chiqib ketish hollari ro‘y beradi.
Bu hol tuproqdagi xlor kamayishi bilan foydali bo‘lsa, nitratning kamayishi bilan esa zararlidir. Shuning uchun ham xlorli (KC1) o‘g‘itlarni kech kuzda (qishi bilan C1 yuvilishi uchun) nitratli (NH4NO3) o‘g‘itlarni esa o‘simlikka zarur (bahor, yoz) paytlarida (yuvilmasligi uchun) solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |