Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
I - QISM. NAZARIY (MA’RUZA) MASHG‘ULOTLAR
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq, o‘g‘it, o‘simlik, iqlim, inson omillarining dialektik bog‘lanishi haqida
I - QISM. NAZARIY (MA’RUZA) MASHG‘ULOTLAR
I-bob. Fanning asosiy vazifalari va o‘rganadigan muammolari. Tuproq tarkibi va xususiyatlarining o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi Fanning asosiy vazifalari, o‘rganadigan muammolari va uslublari Tuproq tarkibi va xususiyatlarining o‘g‘itlar qo‘llashdagi ahamiyati fani (kursi) ning asosiy vazifasi tuproqlarga kiritiladigan turli xil o‘g‘itlar ta’sirida tuproqda boradigan fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayoplarning o‘zgarishi va buning na-tijasida tuproqlar agronomik xususiyatlarining ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishini o‘rganib, bu xususiyatlarini zarur tomonga o‘zgartirishdan iborat. Ma’lumki, mazkur fannning shug‘ullanadigan barcha muammolari asosan 4 guruhga birlashtiriladi: O‘simlik, tuproq, o‘g‘itni laboratoriya sharoitida (kimyoviy, fizik-kimyoviy, fizik) tahlil qilish. Maxsus joylarda (vegetatsion uycha, issiqxona, idish va lizimitrlarda) agrofiziologik eksperimentlar o‘tkazish. Har xil tuproq-iqlim sharoitlarda qishloq xo‘jalik ekinlari bilan dala tajribalarini o‘tkazish. Tajribalardan olingan natijalarni ishlab chiqarish sharoitida katta maydonlarda iqtisodiy baholash bilan tekshiruv-tajribalar o‘gkazish. Bu tadqiqot uslublarining barchalarida tuproq asosiy faktor bo‘lib, bu muammolar ichida tuproq unumdorligining ximizmi asosiy muammolardan hisoblanadi va bu kurs (fan) shug‘ullanadigan bosh muammosi hisoblanadi. Tuproq, o‘g‘it, o‘simlik, iqlim, inson omillarining dialektik bog‘lanishi haqida Tuproq xossa va xususiyatlarining o‘g‘itlar qo‘llash bilan bog‘liq o‘zgarishi va uning ahamiyati avvalo o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan. Bu esa agrokimyo fanining o‘rganadigan asosiy yo‘nalishi va muammosi hisoblanadi. Shu bois bu fan (kurs) ni agrokimyoniig asosiy yo‘nalishi (bo‘limi) deb tushinish xato bo‘lmas. Ma’lumki, agrakimyoning birinchi bor Pryanishnikov o‘simlik, tuporoq va o‘g‘itning dialektik bog‘lanishida ifodalagan (1-rasm). Bunda, bu uchta omilning bir-biriga ta’siri (bog‘lanishi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teng deb ifodalangan. Keyinchalik buni ifodalashda Mineyev iqlimni ham qo‘shib yanada to‘ldirgan (2-rasm). Bunda to‘rtta omilning bir-biriga ta’siri (bog‘lanishi) ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri teng deb ifodalangan. Biroq tuproq va o‘g‘itning iqlimga bo‘lgan ta’sirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teng deb qarash bizning nazarimizda uncha to‘g‘ri emas. O‘simliklardan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun nafaqat tuproq, iqlim, o‘g‘it, o‘simlik orasidagi munosabat (bog‘lanish) ahamiyatga ega, bunda inson omili bosh rolni o‘ynaydi. Shu bois agrokimyoning ifodasini inson, tuproq, o‘g‘it, iqlim, o‘simlik omillarining dialektik bog‘lanishi (ta’siri) deyilsa bizning fikrimizcha yanada mukammalroq bo‘ladi (3-rasm). Agrokimyoning ifodasi turli olimlar talqinida Bunda omillar orasidagi bog‘lanish inson bilan o‘simlik, o‘simlik bilan tuproq, iqlim, o‘g‘it bevosita (------), ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (teng) bog‘lanishga ega. Inson bilan tuproq, iqlim, o‘g‘it orasida, o‘g‘it bilan iqlim va iqlim bilan tuproq orasida bilvosita (----), ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (teng) bo‘lmagan bog‘lanishga ega. Ya’ni, inson tuproqqa, o‘g‘itga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) ta’sir qilsa, ular insonga bilvosita (o‘simlik orqali) ta’sir qiladi. Iqlim insonga, tuproqqa va o‘g‘itga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) ta’sir qilsa, bu omillar iqlimga (o‘simlik orqali) bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonlarga e’tibor berilsa o‘simlik barcha omillar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishga ega. Boshqa omillarning bir-biri bilan bilvosita bog‘lanishi ham o‘simlik orqali amalga oshadi. Bu esa Pryanishnikov agrokimyoni ifodalagan o‘z uchburchagida o‘simlik omiliga yetakchi rolni bekorga bermaganiga yana bir bor ishonasiz. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling