Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet4/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Moddalar

C

H

O

N

Kul

O‘simlik

45

6,5

42

1,5

5

Gumus

58

4,5

28

5

2-8

Gumus tarkibi asosan 3 xil organik modda - gumin kislota, fulvo kislota va gumin moddalardan iborat.
Gumin kislotalarning tarkibida C, O, H, N dan tashqari 10% kul (Ca, Mg, P, S, Si, Fe) elemetlari ham bo‘ladi. Bu kislota suvda va mineral kislotalarda erimaydi, lekin ishqorda eriydi va qoramtir rangda bo‘ladi.
Gumus tarkibidagi gumin miqdori o‘rtacha 15-20%, ayrim tuproqlarda 40-50% gacha boradi. Gumin kislotalar bilan tuproq mineral qismining o‘zaro ta’siri natijasida murakkab orgono mineral modda - gumatlar hosil bo‘ladi.
Fulvokislotalar och va to‘q sariq rangda bo‘ladi va suvda, kislota va ishqorlarda yaxshi eriydi. Fulvokislotalar gumin kislotalardan C ning kamligi va O ko‘pligi bilan farq qiladi.
Fulfokislotalar bilan tuproq mineral qismi orasidagi o‘zaro reksiya natijasida organo-mineral birikma hisoblangan fulfatlar hosil bo‘ladi.
Tuproq chirindisi tuproq reksiyasi, namlik darajasi, aeratsiyasiga va agrotexnikaga bog‘liq ravishda turli xil tezlikda parchalana boshlaydi. Shu bilan birga tuproqda o‘simlik va hayvonot qoldiqlarining yemirilishishi va mineralizatsiyasi natijasida doimiy ravishda yangi chirindi paydo bo‘lish jarayoni davom etadi. O‘g‘itlarni sistematik qo‘llash natijasida nafaqat o‘simliklar hosildorlgi oshadi, shuningdek, chirindi va azot miqdorining saqlanishi va ayrim hollarda oshishi kuzatiladi.
Tuproqdagi oziq elementlarning umumiy miqdori faqat uning potensial unumdorlgini belgilaydi. Tuproqning samarali (effektiv) unumdorligini, ya’ni uning o‘simliklar o‘zlashtira olishi mumkin bo‘lgan oziq elementlar miqdori bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o‘g‘itlar tuproq samarali unumdorlgini oshrishda muhim rol o‘ynaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tuproqqa solingan har qanday o‘g‘it o‘zi turli xil o‘zgarishlarga uchrashi bilan birga tuproqqa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni oziq elementlar bilan boyitadi, uning meleorativ holatini o‘zgartiradi, tuproq eritmasi reaksiyasini, mikrobilogik jarayonlar xarakteri va tezligini, umuman tuproq unumdorlgini belgilaydigan boshqa xususiyatlarini o‘zgartiradi.
Savollar
1. Bu fanning asosiy vazifasi va o‘rganadigan muammolari nimalardan iborat?
2. Tuproqning paydo bo‘lishida qaysi omillar asosiy rol o‘ynaydi?
3.Tuproqning qattiq, suyuq va gaz qismlari haqida nimalarni bilasiz?
4.Tuproqning tarkibi va xususiyatlari o‘g‘itlarning turi me’yoriga qarab qanday o‘zgaradi?


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling