Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


II-bob. Tuproqning morfologik belgilari va ularning o‘g‘itlar qo‘llash bilan bog‘liq o‘zgarishi


Download 1.71 Mb.
bet5/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

II-bob. Tuproqning morfologik belgilari va ularning o‘g‘itlar qo‘llash bilan bog‘liq o‘zgarishi

    1. Tuproqning genetik qatlamlari va ularning tasnifi

Tuproqning paydo qiladigan jarayonning rivojlanishi natijasida ona jinslardan yangi tabiy jism-tuproq vujudga keladi. Tuproqda o‘ziga xos bir qancha muhim xossa va belgilar yuzaga kelib, unda ona jins tarkibida bo‘lmagan modda va birikmalar paydo bo‘ladi. Natijada tuproq ona jinsdan unumdorligi bilangina emas, balki tuzilishi, morfologiyasi bilan ham keskin farq qiladi.
Shuningdek, tuproq o‘zining tuzilishi va morfologik belgilari bilan tog‘ jinslardan va turli xil tuproqlar esa bir-biridan farq qiladi. Tuproqning tuzilishi, morfologiyasini aniq va puxta o‘rganish natijasida tuproq paydo qiladigan jarayonlarning yo‘nalishi va darajasi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi mumkin.
Tuproqning eng muhim tashqi ko‘rinishi (morfologik), belgilari bu tuproqning kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgan genetik gorizontlari, har bir genetik qatlam qalinligi, rangi, mexanik tarkibi, strukturasi, qovushmasi, yaralmasi va qo‘shilmasi hisoblanadi.
Tuproqning tuzilishi deganda uning tik yo‘nalishidagi tashqi ko‘rinishi tushuniladi. Ekologik omillarning evallyusion ta’siri bir-birining ustida yotuvchi turli qatlamlarning va ular orasida tuproq profilining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Geologik substrat (yoki ona jins) o‘zining parchalanishi jarayonida tuproq profiliga mineral elementlarni beradi, o‘simlik va hayvonot dunyosi esa organik elementlarning ozmi-ko‘pmi transformatsiyasi va aralashuviga olib keladi. Bu jarayonlarning barchasi birgalikda tuproq qatlamlarining differensatsiyasiga profilining hosil bo‘lishiga olib keladi. Tuproq profilining genetik gorizontlari nomlanadi va maxsus indekslar bilan belgilanadi:
A-O‘zida organik modda tutadigan yuqorigi gorizont.
Ax- Haydalma gorizont. Haydalib dehqonchilik qiladigan yerlarda tuproqning ustki qismi haydalma gorizont asosan chirindili qatlam hisobiga hosil bo‘ladi va uning qalinliga 5-10 sm dan 40-50 sm, hatto 1 m gacha etadi.
A1- Chirindili akkumlyativ gorizont. Bu gorizontda chirindi va boshqa organik moddalar to‘plapganligi sababli chirindili akkumlyativ gorizont deyiladi. Bu qatlamning rangi o‘zidan pastdagi gorizontlarga nisbatan to‘qroq rangda bo‘ladi.
A2 - Ellyuvial (yuvilma) gorizont. Bu gorizontdagi moddalardan ma’lum bir qismi yuvilib pastki qatlamga ketadi.
V — O‘tuvchi (oraliq) yoki illyuvial (shimilma) gorizont. Bu qatlam chirindili - akkumlyativ (A) gorizontdan pastda bo‘lganligi va tuproq paydo qiladigan jarayon asta-sekin ona jinsga o‘tayotganligi sababli (o‘tuvchi) oraliq gorizont deyiladi.
Agar bu qatlamga yuqori qatlamdan erib tushayotgan moddalar (CaCO3) to‘plansa, u holda illyuvial (shimilma) gorizont deyiladi. Bu gorizont ayrim tuproqlarda bir xil ko‘rinishda bo‘lmay, bir-biridan farq qilgan taqdirda bir necha gorizontlar (B1, B2, B3) larga bo‘linadi.
C - hali kam nuragan ona jins. Bu gorizontda har xil kimyoviy birikmalar (korbanat, gips va boshqalar) borligi ko‘zga ko‘rinib turgan bo‘lsa bir necha gorizontlar (C1,C2,C3) ga ajratiladi.
G- - Sariq dog‘li kul rang to‘q tusli gley. Bu gorizont doimiy grunt suvli tuproqda kislorod yetishmasligi natijasida anerob bakteriyalar ishtirokida hosil bo‘ladi.
Ca - Karbonatlar bilan boyigan gorizont.
D - Ona jins tarkibidagi boshqa xususiyatga ega bo‘lgan jinsli gorizont.
Tuproqning umumiy qalinligi deb barcha genetik gorizontlar yig‘indisiga aytiladi. Tuproq qalinligi tuproq tipiga bog‘liq ravishda o‘rtacha 40 sm dan 150 sm gacha bo‘ladi. Lekin 250-300 sm qalinliqdagi tuproqlar ham ko‘p uchraydi. Qadimdan sug‘oriladigan madaniy (agroirrigatsion qatlamli) tuproqlarda 300 sm dan ham qalin tuproqlar mavjud.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling