Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
O‘simliklar. O‘simliklarning barcha turi tuproqlarning eroziyaga qarshi turish qobiliyatini oshiradi. Yog‘in-sochin suvining ma’lum qismi o‘simliklar tanasiga o‘tadi, natijada tuproq yuzasida oqim paydo bo‘lmaydi. Kuzatishlarga qaraganda, yog‘in-sochin suvini madaniy o‘simliklar 2% gacha, daraxtlar esa 30% gacha ushlab qolishi mumkin. Yer yuzasi o‘simliklar bilan yaxshi qoplansa, namlikning bug‘lanishi kamayadi.
Tuproqni Shamol eroziyasidan saqlashda o‘simliklar qatlami juda katta ahamiyatga ega. Yer betida o‘simliklar qancha yaxshi rivojlansa, Shamolning tezligi susayadi, tuproq zarrachalari o‘rnidan ko‘zg‘almaydi. Eroziyadan saqlash xususiyati bo‘yicha o‘simliklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin (Maxsudov X.M., Odilov A.A., 1998 y): 1. O‘rmon - daraxt o‘simliklari. 2. Pichan o‘t o‘simliklari. 3. Mevali ko‘chatzorlar va ularning qator oralig‘iga ekilgan o‘simliklar. 4. Qishloq xo‘jalik ekinlari: a) bug‘doy; b) boshoqli don ekinlari v) dukakli ekinlar; g) chopiq talab ekinlar. M.B.Doshanovning ta’kiddashicha, yonbag‘irlardan yog‘in-sochin ta’sirida, tuproqning yuvilishi suv oqimining miqdori, o‘simlik qoplami qalinligiga bog‘liqdir. Yog‘in miqdori 6,4 mm bo‘lib, yer yuzasidagi o‘simlik qoplami 40; 20; 15% ni tashkil etsa, suyuq oqim tegishlicha 1,6; 21,0; 12,6 m3 ni tashkil qiladi. O‘simlik qoplamining qalinligi 90%, yog‘in miqdori 49,6 mm bo‘lganda, oqim va tuproq yemirilishi kuzatilmaydi. Ko‘p yillik o‘tlar, bug‘doy-dukkakli o‘simliklar tuproqni eroziyadan yaxshi himoya qiladi, ikkinchi o‘rinda yoppasiga ekiladigan bir yillik kuzgi ekinlar, uchinchi o‘rinda bahorgi boshoqli ekinlar turadi. Chopiq qilinadigan ekinlar tuproqni eroziyadan eng kuchsiz himoyalaydi. Shu boisdan eroziyaning oldini olishda ekinlarni parvarishlash, ekishning maqbul me’yorlarini qo‘llash, qatorlar orasi kengligi, ekishning to‘g‘ri yo‘nalishi, o‘g‘itlash va o‘simliklarning rivojlanishiga ko‘maklashadigan boshqa usullar katta ahamiyatga ega. Respublikamiz hududlarida eroziya va deflyasiya jarayonlarini rivojlanishida tuproq sharoitlari, ya’ni uning donadorligi, nam ushlash darajasi, gumus miqdori, tuproq chirindili qatlamining qalinligi va boshqa xossalari muhim rol o‘ynaydi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling