Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


XI. BOB. TUPROQLAR BONITETINING O‘G‘ITLAR TA’SIRIDA O‘ZGARISHINI HISOBLASH


Download 1.71 Mb.
bet59/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

XI. BOB. TUPROQLAR BONITETINING O‘G‘ITLAR TA’SIRIDA O‘ZGARISHINI HISOBLASH


11.1. Yer kadastri va tuproq boniteti haqida

Tuproq bonitirovkasi yer kadastrining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Kadastr so‘zi fransuz tilida “kadastre” – ya’ni ro‘yxat degan ma’noni bildiradi. Yer kadastri deb mahsuldorligi bo‘yicha ro‘yxatga olish va baho berish, kategoriya, sinflarga bo‘lish tushuniladi. Tuproq bonitirovkasining asosiy maqsadi ham tuproq unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab yerni sifat jihatdan aniq baholash, bonitirovka qilish ya’ni yerning eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra unga ball bilan qiyosiy baho qo‘yishdir.


Tuproq bonitirovkasi uslublari yerdan qishloq xo‘jaligida foydalanishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi, lekin quyidagi 2 tasi eng asosiy hisoblanadi.
Tabiiy – tarixiy uslub. Bunda bonitet ballari tuproqning xususiyatlari asosida o‘rganiladigan hududda ekiladigan yetakchi qishloq xo‘jaligi ekin turi yoki guruh turlarini hosil miqdori bilan korrelyativ bog‘liqlikda belgilanadi. Sug‘oriladigan tuproqlar bonitirovkasi 0-50 sm. Qatlamdagi gumus, azot, fosfor, kaliyning umumiy zaxirasi va singdirish sig‘imi bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu xossalar qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi bilan uzviy bog‘langan.
-Tuproq unumdorligini qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi bo‘yicha baholash usuli. Bu usul MDH mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, bunda tuproq unumdorligining asosiy ko‘rsatkichi ekinlarning hosildorligi hisoblanadi.


11.2. Tuproq bonitirovkasini o‘tkazish bosqichlari

Tuproq bonitirovkasi ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi:


I. Tayyorlov kameral; II. Dala; III. Kameral-analitik ishlar. Tayyorlov-kameral ishlar
Tayyorlov kameral ishlarning asosiy vazifasi viloyatlar tuproqlariga oid kitoblarni o‘rganish, qishloq xo‘jalik o‘simliklari hosili to‘g‘risidagi materiallarni yig‘ish, tuproqning tabiiy sifati bilan hosili o‘rtasida korrelyasiyani (bog‘liqlikni) topish, shular asosida viloyat, respublikadagi asosiy tuproqlarning bonitirovka shkalasini tuzish hisoblanadi.
Bu davrda viloyat uchun obekt ko‘rsatkichlari va tuproq xususiyatlari asosida bonitirovka shkalalari tuziladi. “O‘zdaverloyiha” rahbarligida ilmiy tekshirish institutlari, tuproqshunoslik kafedralari ishtirokida shkalalar tuziladi. Bu ishlarda tuproqshunoslardan tashqari yana statistik materiallarni yig‘ish uchun statistlar, ularni qayta ishlash uchun esa matematik statistlar ishtirok etishadi.
Bonitirovka shkalalarini tuproq xususiyatlari va hosili asosida tuzishda quyidagi ma’lumotlar kerak:

  1. Tuproq xaritasi yoki agrotuproq rayoni viloyatlar uchun eksperimental xo‘jaliklar chegaralari berilgan xaritalari bo‘lishi kerak. Yirik miqyosda tushirilgan xo‘jaliklarning materiallari I:10000 – I:25000 gacha ba’zan I:50000 va I:5000 masshtabdagi xaritalar, agrokimyoviy xaritagrammalar, melioratsiya va eroziyaga qarshi kurashga oid analitik ma’lumotlari bo‘lgan hisoblar, tuproqlarning, agroishlab chiqarish gurhlari, viloyatning tabiiy sharoitlari ifodalangan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

  2. Iqlim ma’lumotlari o‘rtacha yillik harorat va haroratlar yig‘indisi, yillik o‘rtacha yog‘in miqdori, sovuq bo‘lmagan kunlarning uzunligi, iqlim spravochniklari va boshqalari kerak.

  3. Yerdan foydalanuvchilarning davlat registratsiyasi materiallari, yerning miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlar.

  4. Viloyatlar yerlarining bahosi haqidagi adabiyotlardagi ma’lumotlar.

  5. Jamoa, shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklarining oxirgi besh yillardagi yillik hisobotlari.

  6. Davlat sort uchastkalarida har xil tuproqlardan olingan ko‘p yillik hosillarning ma’lumotlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining tajriba uchastkalaridagi kuzatishlari, fermer va shirkatlarning bonitirovka shkalalarini aniqlash uchun statsionar, ya’ni oxirgi uch besh yillardagi ma’lumotlar zarur.

Bonitirovka shkalalarini tuzishda hosil ma’lumotlarini tuproq turi xo‘jalikning 70% dan kam bo‘lmagan qismiga ekilgan o‘simliklar ma’lumotlarinigina olish mumkin. Tuproq bonitirovkasi ishlarini boshlashdan oldin, tuproq xaritalari sifati bilan, hisobotlar, agrokimyoviy, meliorativ, erozion xaritagrammalar va kartalar bilan tanishib chiqmoq kerak. Tuproq xaritalari sifati past bo‘lsa, xaritogrammalar yetishmasa bonitirovka qilishni boshlamaslik kerak. Har bir kesmaning analitik ma’lumotlari bo‘yicha alohida jadvallar to‘ldiriladi, bu jadvallar tipografiyada tayyorlanadi. Bunda “hosil bilan bog‘liq bo‘lgan diagnostik belgilar” jadval grafasiga adabiyotlardan alohida xo‘jaliklarning hisobotlaridan quyidagi ma’lumotlar yozib olinadi:


1.Egallagan maydon bilan tuproq tishi va tipchasi.
2. Mexanik tarkibi, ya’ni 0,05-0,01 va <0,001 mm. Zarrachalar miqdori, toshliligi (undagi materiallarga ko‘ra kuchli, o‘rtacha kuchsiz m3/ga).
3. Ona jins va uning ostidagi qumoq va loysimon jinslarning genezisi, lyossimonligi, qatlamligi, ildiz etib borgan qatlamning loyqa qatlamning chuqurligi va hokazolar.
4. Gumusli qatlamining qalinligi (A-- va AV) va haydalma qatlam qalinligi.
5. Gumusning miqdori (%) va uning umumiy zaxirasi (t/ga).
6. Madaniylik darajasi (qo‘riq, o‘zlashtirilgan, kuchli madaniy o‘rtacha, madaniy, kam madaniy, yomon, sun’iy va qaytadan tashkil topga).
7. Eroziyalanish darajasi.
8. Sho‘rlanish darajasi
9. Gleylanish darajasi, gleyli gorizontning va yalpi gleyli gorizontlarning chuqurligi, torf qatlamining qalinligi. Torfning parchalanish darajasi, torf tipi (yuza, o‘tkinchi, pastki va boshqalar).
10. Sizot suvlarining chuqurligi, botqoqlarning qurish darajasi, ikkilamchi sho‘rlanish bo‘lgan rayonlarda sizot suvlarining kimyosi va mineralizatsiya darajasi.
11. Ishqoriylik darajasi va HCI ta’sirida qaynash chuqurligi.
12. Suvli so‘rimda rH.
13. Ishqoriyligi.
14. rH ning miqdori (umumiy va harakatchan zahirasi t/ga) hisobida.
15. Singdirilgan asoslar yig‘indisi yoki singdirish sig‘imi, asoslar bilan to‘yinganlik darajasi.
16. Tuproq singdiruvchi sig‘imida singdirilgan katoinlarning va boshqalarning miqdori.
17. Fizik xossalari: hajm va solishtirma og‘irligi, namligi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanlik va b.

Agar xo‘jalik tuproq xaritasida madaniylik darajasi, eroziyalanish darajasi berilgan bo‘lsa, xaritalar korrektirovkalanadi. Har bir tuproq tipiga alohida xaritada variatsion statistik metodi bo‘yicha o‘rtacha nom beriladi va nechta kesmadan olinganligi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatkichlarga matematik ishlov berish kerak, - bular tajribaning aniqligi va variantlar o‘rtasidagi farqning ifodasini ko‘rsatadi. Har bir tuproqda umumiy va asosiy ekin maydoni ko‘rsatiladi, gektarlarda va foizlarda shu xo‘jalikning umumiy maydoniga nisbatan olinadi.


Bonitirovka ballari quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling