Loyqasizlanish – tuproq qatlamidagi loyqa zarralarning quyi qatlamlarigacha yuvilishi.
Mergel (ohakgil) – ohak va loyqadan iborat cho‘kindi jins.
Nanorel’ef – tuproq mikrorel’efning eng kichik shakillari.
Plantaj – erni chuqur (40-50 sm) ag‘darib haydash.
Siallitatsiya – tog‘ jinslarining kimyoviy nurashi.
Slyudalar – qatlamli silikatlar guruhiga mansub minerallar.
Suv qobiq – kolloid zarrachalar atrofida suv molekulalaridan iborat qobiqning paydo bo‘lishi.
Talqon tuproq (melkozyom) – tuproqning 1 mm dan mayda qismi.
Tashetlar – bir-biridan kam farqlanadigan tuproq kabinatsiyalari.
Temirlashgan tuproqlar – temir oksidi yoki gidrooksidning tuproq kesimida yoki ayrim qatlamlarida to‘planishi.
Terrasa – tuproq zinapoya supalari.
Terrasalash – kiya yon bag‘irlarini zinapoya shaklida supalash.
Transpiratsiya – suvning o‘simlikdan bug‘lanishi.
Tuzli yupqa qatlam – tuproq va alohida kesaklar yuzasidagi juda yupqa tuzli qatlam, “tuzli gullar”.
Tuproq variatsiyalari – tuproq kombinatsiyasining turi.
Tuproq vertikal mintaqaligi – tuproqning vertikalmintaqaliligi.
Tuproq vertikal mintaqasi – tuproq vertikal mintaqasi.
Tuproq genezisi – tuproqning kelib chiqishi va paydo bo‘lishi.
Tuproqning eol sho‘rlanishi – Shamol keltirgan tuz ta’sirida tuproq sho‘rlanishi.
Tuproqlashtirish – sho‘rtob va sho‘rxok tuproqqa, shag‘alli erlarga toza va chirindiga boy tuproq solib melioratsiyalash.
Tuproq eroziyasi – tuproq emirilishi.
Tuproq suv eroziyasi – tuproqning suv ta’sirida emirilishi.
Tuproq irrigatsion eroziyasi – tuproqning sug‘orish ta’sirida emirilishi.
Tuproqdagi konkretsiyalar – tuproq qatlamlarida uchraydigan xar xil shakldagi yangi xosillar.
Tuproq marfologiyasi – tuproq tashqi belgilarining yg‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |