Toshkent davlat agrar


Download 187.57 Kb.
bet5/10
Sana23.02.2023
Hajmi187.57 Kb.
#1224179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amaliyot

Kassa kirim orderi
Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi.
Kassa kirim orderi kassaga pul mablag’larini kirim qilishni rasmiylashtirish uchun qo’llaniladi. U bir nusxada buxgalteriya xodimi tomonidan to’lg’azilib, kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnaliga ro’yxatga olinadi. Kassa kirim orderining kvitansiya qismi pul topshiruvchiga beriladi, order esa kassada qoladi.


Kassa chiqim orderi
Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o’rnini bosuvchi maxsus shtamp qo’yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to’lov qaydnomai, pul berish to’g’risida ariza, schyotlar va b.) bo’yicha beriladi. Ushbu hujjat kassadan pul mablag’larini berish uchun qo’llaniladi. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada bir nusxada tuzilib, kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish jurnaliga ro’yxatga olinadi.

Kassa kirim va chiqim orderlari esa, naqd pul va kassa muomalalarini hisobga olish kitobida rasmiylashtiriladi.



Kassa kirim va chiqim orderlari va kassa kitobi
Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi. Kassa jarayonlari kassirning kassa daftarida ro‘yxatga olinadi. Kunning oxirida kassa daftarida pul qoldig‘i hisoblanib, varaqning bir nusxasi dastlabki hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi.



  1. Hisob-kitob, valyuta va maxsus schyotlar bo`yicha muomalalar hisobi, hisobda qo`llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to`ldirishni o`rganish

Xo’jalik yurituvchi subyektlar pul bilan bog’liq bo’lgan muomalalarini naqdsiz ko’rinishda amalga oshirishi sababli o’z pul mablag’larini tijorat banklarida ochilgan hisob raqamlarda saqlaydilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag’larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valuta depozit schyotini ochishlari mumkin.

Download 187.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling