Toshkent davlat agrar


II. Xo`jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasida hisob obyektlari bo`yicha tuziladigan dastlabki hujjatlarni o`rganish


Download 187.57 Kb.
bet4/10
Sana23.02.2023
Hajmi187.57 Kb.
#1224179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amaliyot

II. Xo`jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasida hisob obyektlari bo`yicha tuziladigan dastlabki hujjatlarni o`rganish

  1. Xo`Jalik Yurituvchi Subyektning Buxgalteriyasi Bilan Tanishish

Buxgalteriya hisobida sodir bo`ladigan barcha xo`jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag`larni aks ettiruvchi axborotlar shakllanadi. Har bir xo`jalik muomalasi va mablag`lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirishni hujjatlashtirish yordamida kuzatib boradi.
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo`layotgan xo`jalik muomalalari haqida mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo`lib hisoblanadi. Yuridik talablarga rioya qilingan holda hujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag`ishlaydi.
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida «Imona Dilxumor Fayz» xususiy korxonasi buxgalteriyasida hisob obyektlari bo`yicha tuziladigan dastlabki hujjatlari bilan tanishdim va to`ldirishni o`rgandim (quyida o`rgangan dastlabki hujjatlarimdan namunalar keltirib o`taman).
Bilamizki, korxona ish faoliyatini, buxgalteriyasi va boshqa hisobi hamda hisobotlar uzluksizligini ta`minlash maqsadida har doim o`z faoliyatlarini tartibga solib turishga majburdirlar.
Bunda esa hisob siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
«Imona Dilxumor Fayz» xususiy korxonasi hisob siyosatiga asosan aylanmadan soliq to`lovchi kichik korxona.

  1. Kassa muomalalari hisobi, hisobda qo’llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to’ldirishni o’rganish

Xo’jalik yurituvchi sbyekt kassasidan naqd pulni olish va xarajat qilish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deyiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar kassa muomlalarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” ga muvofiq olib boriladi.

Download 187.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling