Toshkent davlat agrar


Bank hisob-kitob schyoti ko`chirmasi


Download 187.57 Kb.
bet6/10
Sana23.02.2023
Hajmi187.57 Kb.
#1224179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amaliyot

Bank hisob-kitob schyoti ko`chirmasi
Buxgalterlar tilida “vipiska” nomi bilan ishlatiladigan hujjatda hisobot davrida hisob raqamga tushgan va chiqqan pullar ma`lumoti bank tomonidan shakllantirilib boriladi.
To`lоv tоpshiriqnоmаsi
Korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i hisoblanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriqnoma taqdim etadi. Tоpshiriqnоmаlаr оrqаli sоtilgаn tоvаrlаr, bаjаrilgаn ish, ko`rsаtilgаn хizmаtlаr vа bоshqа to`lоvlаr bo`yichа hisоb-kitоblаr аmаlgа оshirilishi mumkin.
To`lоv tаlаbnоmа
To`lоv tаlаbnоmа – hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo‘natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi. Tаlаbnоmаlаr аsоsаn аksеptli vа аksеptsiz bo`lishi mumkin.


  1. Mehnatni va unga haq toʼlashni hisobga olish, unda qoʼllaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni toʼldirishni oʼrganish

Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to’lashni yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi), korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Xodim bilan xo’jalik yurituvchi subyekt o’rtasida mehnat munosabatlari xodimning korxona direktori nomiga ishga olish to’g’risida ariza yozadi. So’ng bo’lajak xodim bilan mehnat shartnomasi tuziladi hamda xodimni ishga olish to’g’risida buyruq tayyorlanadi.
Mehnat shartnomasi
O`zR MKning 74-moddasiga asosan ish beruvchi va xodim o`rtasidagi mehnat shartnomasi xodimni ishga olish vaqtida yozma ravishda tuziladi. Mehnat shartnomasining namunaviy shakli O`zR Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli "O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida" gi Qarori (2-ilova) da tavsiya etilgan.
Ushbu shartnoma doimiy xodimlar (nomuayyan muddatga qabul qilingan) bilan bir qatorda, muayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida qabul qilingan (besh yil muddatgacha, muayyan bir ishni bajarish uchun va hokazo) xodimlar bilan asosiy ish joyida va o`rindoshlikda, uy mehnatidagi xodimlar va hokazolar bilan ham tuziladi. Mehnat shartnomasi xodim va ishga olish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxs imzolari bilan hamda imzo chekilgan sana ko`rsatilgan holda tasdiqlanadi. Mansabdor shaxs imzosi, imzoning haqiqiyligi va huquqiy kuchga ega ekanligini ta'kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
2019 yildan boshlab mehnat shartnomasi my.mehnat.uz yagona mehnat shartnomalarini ro`yxatdan o`tkazish bazasidan, ERI kaliti bilan YuSH kabinetiga kirib, xodimning pasport ma`lumotlari hamda JSHSHIR raqami yordamida ro`yxatdan o`tkaziladi.

Download 187.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling