Toshkent davlat alisher navoiy nomidagi


Tragediya janriga oid asarlarning qisqacha talqini


Download 33.23 Kb.
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi33.23 Kb.
#225431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tragediya (Lotincha)

Tragediya janriga oid asarlarning qisqacha talqini

12Tragediyani ta’riflar ekan, Aristotel, birinchi navbatda, undagi harakatda ko’tarinkilik, yuksaklik xosligini alohida ta’kidlagan. Ko’tarinki harakat deyilganda, tragediyadagi haqiqat va adolat, inson aqli, qudrati, ma’naviy go’zalligi tantanasini ko’rsatuvchi voqea-hodisalar ko’zda to’tilar edi. Ko’tarinki harakat insoniyat baxti yo’lida o’zini beqiyos azob-uqubatlarga duchor qilgan Prometeyning jasoratini ko’rsatuvchi tragediyalarda, xususan, Esxilning «Zanjirband Prometey» asarida juda yorqin ifodalangan. Lekin harakat ko’tarinkiligi faqat Shunday tragediyalargagina xos bo’lmagan. Harakat ko’tarinkiligini Klitemnestra va Medeyalarning jinoiy ishlarini, yovuzliklarini aks ettiruvchi tragediyalarda ham, xususan, Esxilning “Agamemnon”, Evripidning «Medeya» asarlarida ham ko’rish mumkin. Jasoratli Prometey obrazi o’z-o’zidan tomoshabinlar qalbida ko’tarinki his-tuyg’ular uyg’otar edi. Klitemnestra va Medeya xatti-harakatlari esa ularni dahshatga solar edi. Biroq tragediyalar davomida bu qahramonlardan intiqom, qasos olishini ular oyoq osti qilgan ko’tarinkilikning qayta tantanasini tomoshabinga ko’rsatish uchun imkon berar edi. Tragediya faqat harakat ko’tarinkiligining o’zidangina iborat bo’lmaydi. Aristotel fikricha, tragik harakat tomoshabin qalbida qahramonlar taqdiriga nisbatan qo’rquv va achinish hislarini ham uyg’otadi.

Chindan ham Esxilning «Zanjirband Prometey» asarini tomosha qilgan odam qalbida beixtiyor dahshat, rahmdillik va xayrixohlik hislari tug’yon uradi. Zevs odamlarni o’limga mahkum etgan bir paytda Prometey ularga halokatdan xalos etuvchi olov keltirib beradi. Bu bilan xudolar podshosining g’azabiga duchor bo’ladi. Prometeyni ko’kragidan qoziq qoqib, qoyaga yopishtirib qo’yadilar. Xudolar podshosi nomidan kelgan Germes, agar Prometey Zevsni kelajakda nimalar ko’tayotgani hahidagi sirni ma’lum qilmasa, u yanada dahshatliroq qiynoqlarga solinishini aytadi. Biroq Prometey bunga ko’nmaydi. Natijada, Zevs yuborgan chaqmoqdan yer yoriladi va Prometey zulmat dunyosiga tushib ketadi. Bu yerda insonning muayyan kuchlarga qarshi yakkama-yakka kurashga kirganligi namoyon bo’ladi. Mana shu kuchlarning beqiyosligi, dahshati tomoshabin qalbida

qo’rquv hissini tug’iradi. Qo’rquv, vahima tuyg’usi Prometeyning iztiroblari bilan bog’lik holda ham tug’iladi. Prometeyning olijanob ishlarini, xudolarga Qarshi bosh ko’tarib, kishilarga hayot, «san’at, ma’rifat, donishmandlik berganligini bilgani uchun tomoshabin uning iztiroblariga va taqdiriga cho’chish hamda hamdardlik bilan qaraydi. Sofoklning «Shoh Edip» tragediyasida bezovtalik hissi, ya’ni fojiaviy tuyg’u boshqacharoq tarzda yuzaga keladi. Asarda Fiva shohi Lay va xotini Iokastaning o’g’li Edip (bashorat qilishicha) otasini o’ldirib, o’z onasiga uylanishi kerak. Bunday jinoiy ishning oldini olish maqsadida Lay chaqaloqni o’ldirishni buyuradi. Chaqaloqni o’ldirish bir cho’ponga topshiriladi. Biroq cho’pon Edipga rahmi kelib, uni o’ldirmaydi va farzandsiz Korinf shohi Polibga olib boradi. Polib Edipni o’ziga farzand qilib oladi. Edipga ham uni og’ir taqdir ko’tayotganligi ma’lum qilinadi. Xavfdan xalos bo’lish maqsadida Edip soxta ota-onalarini tashlab, Korinfdan chiqib ketadi. Fiva yaqinida bo’lib o’tgan tasodifiy to’qnashuvda Edip tanimagan holda Layni o’ldiradi. Keyin u fivaliklarni halokatli Sfinksdan ko’tqaradi, podsholikka ko’tariladi va yana tanimagan holda Layning bevasiga, ya’ni O’z onasiga uylanadi. Bu erda ayanchli, fojiaviy tuyg’u, tasodifiy bir voqea inson hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi va uni beixtiyor jinoyatchiga aylantirib qo’yishida tug’iladi. Edipga nisbatan yonbosish, xayrixohlik tuyg’ulari esa, uning maqsad va xatti-harakatlari orasidagi zildiyatni tuShunishdan kelib chiqadi. To’g’ri, ko’pincha tragediyadan tug’iladigan qo’rquv va achinish tuyg’usi undagi qahramonlarning halokati bilan belgilanadi, degan fikr ilgari suriladi. Bu — uncha to’g’ri emas. Kdgor tragediyalarda qahramon jismoniy jihatdan ham, ma’naviy jixatdan ham halok bo’lmaydi. Jumladan, haqikatni anglagach, Edip qiynokdarga to’la yo’ldan ketadi. Uning bu yo’li Sofoklning “Edip Qolonada” tragediyasida ko’rsatilgan. SHu yo’ldan borib, Epid o’zi uchun katta hayotiy maqsad topadi. Bundan tashqari, u qolonaliklar uchun axloqiy mukammallik namunasiga aylanadi. Xuddi Shuningdek Esxilning Prometeyi ham halok bo’lmaydi. “Ozod etilgan Prometey” tragediyasida u ming yillardan keyin xalos qilinadi. Bu asarlarda ko’rkuv va achinish tuyg’usi qahramonning o’limi tufayli tug’ilmaydi, balki uning fojiali vaziyatga tushishi, katta kuchlarga qarshi kurash yo’liga kirishi va ular tomonidan baxqizlikka duchor etilishi singari voqealar oqibatida yuzaga keladi. Qahramonning xalokati mavjud bo’lgan asarlarda esa, fojiaviy tuyg’u shu o’lim oqibatidagina emas, balki unga olib kelgan ziddiyatli, falokatli va mudhish vaziyatlarning natijasi sifatida turiladi. Shunday qilib, qadimgi yunon tragediyasining tasvir manbai o’ziga xos bo’lgan, ya’ni unda ko’rkuv,

achinish va xayrixohlik tuygusi uyg’otadigan ko’tarinki voqea-xodisalar aks ettirilgan. Bu xususiyat keyingi davr tragediyalarida ham saqlanib qolgan. Mazkur xususiyat bilan tragediyaning yana bir belgisi, ya’ni qahramonning o’ziga xosligi alomati uzviy bog’lanib ketadi. Tragediyaning qahramoni oliy tabiatli odam. Chunki shunday inson xarakteri asarda ko’tarinki voqea-xodisalar uchun yo’l ochadi. Shunga ko’ra, Zevsga itoat-korlikdan boshqa narsani bilmaydigan Germes emas, balki ozodlikka intiluvchi, bitmas-tuganmas irodaga ega bo’lgan Prometey tragediya qahramoni bo’la olar edi. Xuddi shuningdek qo’rqoq Yemena emas, balki mard, jasur qiz Antigona tragediya qahramoni bo’lishga loyiq. Biroq qadimgi yunon tragediyasidayoq, qahramonlik bilan oddiy, kundalik narsa-xodisalar tasviri orasida ma’lum, shartli ma’noda chegaralanish yuzaga kelgan.

Evripidning Ifigeniyasi ko’p jihatdan Sofoklning Ismenasiga yaqin turadi, lekin u muayyan shart-sharoit vujudga kelganida qahramonlik ko’rsatish darajasiga ko’tariladi. Biroq xuddi shu hodisagina uni tragediya qahramoniga aylantiradi. Aristotel tragediyadan ko’zatilgan maqsadni ham ta’riflab bergan edi. Uning aytishicha, tragediya kishilar qalbida qo’rquv va achinish tuyg’usi uyg’otish yo’li bilan ularning hislari tozalanishiga, soflik kasb etishiga, ya’ni katarsisga yo’l ochadi. Keyinchalik bu fikr juda ko’p va turli-tuman tarzda talqin qilinadi. Ular orasida ikki xil talqin, ayniqsa, keng yoyilgandir. Ba’zilar katarsisni sof ruhiy ma’noda tushunib, uning vositasida kishilarning ma’naviy, ruhiy chanqog’i, turli-tuman kechinmalarga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi, deb hisoblaganlar. Ikkinchi guruh mo’tafakkirlar (ular orasida ajoyib tanqidchi Lessing ham) Aristotelning katarsis tushunchasida axloqiy mazmun ham mujassamlashtirilgan, degan fikrni ilgari surganlar. Aristotel agar tragediya vositasida tomoshabin qalbida dahshat va uning qahramonlariga nisbatan achinish tuyg’usi uyg’otilishi sabablarini qay tarzda tushunganligi hisobga olinsa, keyingi talqinning ham haqiqatga yaqinroq ekanligi ayon bo’ladi. Tomoshabinlar tragediya qahramonlari taqdirini katta dahshat ichida ko’zatib borish va ularga achinish natijasida tor shaxsiy doiradan chikib, boshqalar hayoti, qismati to’g’risida o’ylashga ham majbur bo’ladilar, ularda shu tarifa insoniylashish, axloqiy jixatdan takomillashish, ruhan poklanish jarayoni sodir bo’ladi. Albatga, poeziyaning boshqa turlari ham kishilarni insoniylashtirish vazifasini bajaradi, lekin faqat tragediya bu vazifani kishilar qalbida dahshat, achinish, xayrixohpik tuygularini uygotish yo’li bilan ado etadi. Qadimgi yunon tragediyasining asosiy xususiyatlari mazkur janrning keyingi asarlardagi namunalarida ham saqlanib qoldi. Esxil, Sofokl, Evripidning Yunoniston va Rimdagi izdoshlari tragediyaga ayrim yangiliklar kiritgan bo’lsalar-da, antik dunyo so’nggida ham, o’rta asrlarda ham bu janrning yangi mumtoz shakllari ko’p paydo bo’lavermadi. G’arbda tragediya faqat Uygonish davrida va undan keyingi asrlardagina rivojlanish boskichini kechirdi.

Shekspir tragediyalarining ikkinchi muhim xususiyati Shundan iboratki, ularda insoniy xususiyatlar keng ko’lamda va to’liq gavdalantiriladi.

Shekspir o’zqahramonlarini insoniy xususiyatlarni to’liq va chuqur ochib berish maqsadida turli-tuman voqea-hodisalardan, saxnalardan olib o’tadi. Ularda mazkur personajlarning turli-tuman xususiyatlari yuzaga chiqadi. “Gamlet” tragediyasidagi Poloniy va Osrik bilan bog’liq sahnada bu personajlarning qabihligiga zid holda Gamletning teran aql egasi ekanligi, ma’naviy dunyosidagi olijanoblik fikrlaridagi haqqoniylik va o’tkirlik kabi fazilatlari ochiladi.

Gamlet aktyor ishtiroqidagi saxnada esa o’zining irodasi zaif ekanligi haqidagi achchik haqiqatni anglash ham ayon bo’ladi.

Ba’zan SHekspir o’z qahramonlari xarakterining shakllanishini dangal ko’rsatadi. Qirol Lir xarakteri fikrimizning dalili bo’la oladi. Birinchi ko’rinisha Lir o’z hokimiyati va atrofdagilarning xushomadlaridan mast bir kishi qiyofasida namoyon bo’ladi. U hamma narsaga qiyshiqoyna orqali qaragandek tuyuladi: Goneril ya va Reganalarning soxta xushomadlariga ko’r-ko’rona ishonadi hamda mexribon qizi Kordeliyani la’natlaydi, tuhmatchilarning so’ziga kirib, sodiq Kentni haydab yuboradi. Biz Kent so’zlarini va Lirning avvallari Kordeliyani sevimli qizim, deb hisoblaganini idroq qilish orqali qirol ilgarilari bunday shaxs bo’lmaganligini hamda uning xarakterni o’zgartirib yuborgan sabablarni anglaymiz. Shu yo’l bilan xarakter dinamikasi namoyon bo’ladi. Keyinroq bu dinamika yanada yorkinroq ochiladi. Shekspir Lirning harakatlanishi va og’ir iztiroblari jarayonini ko’rsatish yo’li bilan o’z qahramonining qay tarzda yana ulug’vor shaxsga aylanishini aks ettiradi. Lir qashsholar, och-yalangochlar hayoti va taqdiri bilan yaqindan tanishish natijasida o’zining kishilardan uzoqlashib, ularning achchik va og’ir qismati haqida o’ylamaydigan bo’lib qolganini anglaydi. U tragediya oxirida tomoshabinlar ko’z ungida Kordeliyaning afv etishini ko’tayotgan, haqiqat va qabohatning ma’nosini tug’i tushungan shaxs kiyofasida khrinadi. Demaq SHekspir tragediyalarining xususiyatlaridan biri Shundaki, ularda katta hayot yo’lini bosib o’tgan turli-tuman ruhiy jarayonlarni boshdan kechirgan aloxida xarakterlar ijod etilib, ularning ko’plab qirralari ta’kidlanadi.

Shekspir tragediyalarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularda fojiaviy harakatning keng epik-dramatik ko’lamda ko’rsatilishidir. Dramaturg ziddiyatni to’liqroq aks etgirish maqsadida tragediyaga ko’plab personajlar kiritadi (ba’zan ularning soni keragidan oshib ketadi), harakat esa sodir bo’layotgan makon va zamonni o’zgartirib turadi. Makon va zamonni o’zgartirib borish personajlarni turli-tuman holatda ko’rsatish va xarakter rivojini aks etgirish imkoniyatini beradi. Tragediyadagi personajlar sonining ko’pligi esa ularning turli-tuman voqea-hodisalardagi ishtiroqini, hulq-atvorini namoyon qilishga va shu tarzda asar qahramoni fikrlarini birmuncha yashirin hamda muallif xukm-xulosalarini aniq ifodalashga yo’l ochadi.

“Gamlet”da bosh qahramon bilan bir katorda Laert va Fortinbars obrazlari tasvirlanadi. Gamlet kabi ularning oldida ham o’z burchlarini ado etish vazifasi turadi. Yozuvchi mazkur vazifani ularning har biri Kay tarzda ado etishini ko’rsatish yo’li bilan Gamletning ma’naviy fojiasini va o’ziga xos tomonlarini oshkor etadi.

Nihoyat, SHekspir tragediyalariga xos muhim xususiyatlardan yana biri sifatida ularda fojiaviy va komik unsurlar o’zaro chatishib ketishini ko’rsatish lozim. U fojiaviy va kulgili alomatlarni turli-tuman personajlarning munosabatlarida ham (Gamlet bilan go’rkov o’rtasida qabristonda bo’lgan suhbatdagi kabi), muayyan bir shaxsning xarakteri va xolatida ham o’zaro birlashgan holda yuzaga chiqaradi. Lir obrazida chinakam fojia bilan kulgi o’zviy birlashib ketgan.

SHekspir tragediya tilini ishlash soxasida ham ma’lum yangilikka erishdi. U ko’pchilik tragediyalarni oq she’rda yozgan. Bu she’r asar tilini jonli so’zlashuv nutqiga ancha yaqiinlashtirar, Shuningdek mazkur janrga xos tantanavorliq ko’tarinqilik ruhini saqlab qolishga imkon berar edi. Shekspir oddiy maishiy voqealarni yoki tubanlikdan iborat hodisalarni ko’pincha nasr vositasida ifodalar edi. Ko’ramizki, shaklning mazmunga muvofikhigi buyuk dramaturg tragediyalarining fazilatlaridan biri.

Xulosa

Adabiyot (chinor) uchta tur (uchta shox) va unlab janrlar (shoxning butoqlari, butoqning qismchalari)ga bo’lingan holda insonni kashf etish va komillik yo’lida tinimsiz rivojlanmoqda. Tur va janrlarning hammasi ham bir tanadan oziqlansalarda, ularning har biri o’zining ustivor predmetiga, xususiyatiga — tabiati va xarakteriga ega. Ijodkor tur va janrlarning qonun-qoidalarini chuqur o’rgansagina, uning “abadiy nizomnomalari”ga amal qilsagina, o’zligi bilan ularning hislat va fazilatlarini orttirsagina — ijodiy yutuqlarga erishishi tayin.

Tragediya murosasiz kurash, g’oyatda o’tkir ziddiyat, favqulodda keskin konflikt zaminiga ko’riladi. Unda xarakterlar va ehtiroslarning hayot-mamot kruashi ifodalanadi. Tragediyaning ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy yoki ruhiy konfliktida ko’plab kishilar qismati ko’rsatiladi. Konfliktlar milliy xodisalargina bo’lib qolmasdan, balki umumbashariylik xarakteriga ham ega bo’ladi. Bunday asarlarda, odatda, yirik tarixiy fojialar, davrlarning almashinuvi kabi ulkan hodisalar tasvirlanadi. Tragediyada ko’pincha harakat va adolat uchun kurashgan buyuk insonlarning fojiasi beriladi. Tragediyaning qahramonlari, odatda, ulug’vor, favqulodda xarakterli odamlardir. Tragediyada inson qalbining rang-barang tomonlari, hayotning nurli va fojiali hodisalari g’oyatda yorkin ochib beriladi. U hayotdagi shiddatli, kayguli, mungli voqealarni aks ettiradi. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb, “so’nggi” hayot-mamot masalalarini ko’tarib chiqadi. Tarixiy taraqqiyot takozo etgan zarurat talabi bilan uni amalda xal qilish mumkin bo’lmay qolgan paytda chinakam tragik kolliziya yuz beradi. Bunday kolliziya tragediyaning qalbidir. Tragediyada ko’pincha voqealar quyuqlashtirilgan, ziddiyatlar keskinlashtirilgan shaklda ifodalanadi.

Tragediya kishilarni o’z kuchiga ishonmaslikka va umidsizlikka etaklaydigan pessimistik qayg’uli asar emas. Garchi echimi fojia bilan, olijanob kishilarning halokati bilan yakunlansa-da, tragediya ko’pincha chuqur optimizm bilan sugorilgan bo’ladi, u insonning yovuz kuchlar ustidan g’alaba qilishi mumkinligiga ishonch hosil qiladi.




Download 33.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling