Toshkent davlat alisher navoiy nomidagi


O’zbek adabiyotida tragediyasi janri


Download 33.23 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi33.23 Kb.
#225431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tragediya (Lotincha)

O’zbek adabiyotida tragediyasi janri

O’zbek adabiyotida to’la ma’nodagi tragediya janri namunasini Mahsud Shayxzoda ijod etdi. Uning “Mirzo Ulugbek” nomli tarixiy tragediyasida mazkur janrning Shekspir kashf qilgan namunalardagi eng kerakli xususiyatlar saqlab qolgandi. Mahsud Shayxzoda to’laqonli tarixiy qahramon xarakterini hosil etish, uning ijtimoiy mokiyatiga jiddiy e’tibor berish, turli ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni mufassal tasvirlash, hayajonli dramatik vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni o’zaro uzviy bog’lash, o’zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalanish yo’li bilan buyuk olim va adolatli sohibkiron Mirzo Ulugbek fojiasini haqqoniy, ishonarli va ta’sirchan holda ochib berdi.



10V.Belinskiyshunday degan edi: Tragediyachi o’z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko’rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o’zicha o’zgartirishga u to’la huquqlidir”. O’zbek adabiyotida yaratilgan “Muqanna” (H.Olimjon), “Mirzo Ulug’bek” (Shayxzoda) tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to’liq isbotlaydi. O’zbek adabiyotida tragikomediya janriga oid bir qancha asarlar mavjud. Ulardan biri sifatida “Temir xotin” dramasini olish mumkin. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida “lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dardu alam girdobiga irg’itilgan ota-onalarni ko’rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi sud jarayoni ham yo’q” (Sh.Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og’ir hayoti kulguli (yumoristik va ba’zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir-robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko’rsatiladi).

Tragediyada insonning boshi berk kuchaga kirib qolishi, mushkul taqdirga egaligi aks etadi. Bosh kakramon jismoniy halok bo’lishi yo ruhan mag’lublikka duchor etilishi mumkin. har ikki holda ham dramatik asar tragediyaligicha qolaveradi. Goho tragediya sodir bo’lishi mumkin, optimistik final (tugallanma)ga egaligi oydinlashadi.



11O’zbek adabiyotiga tragediya janrining kirib kelishi A. Fitrat nomi bilan bog’lik;. Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” asari —birinchi o’zbek realistik tragediyasi (1926)dir. M. SHayxzodaning “Jalolidin Mangu- berdi” asarini o’zbek mumtoz tragediyasi desa bo’ladi. Sarvar Azimovning “Konli sarob” asari (garchi bu asar drama deb yuritilayotgan bo’lsa-da)ni yangi tipdagi o’zbek tragediyasi deyish mumkin.

XX asrda tragediyaning bir qator asosiy xususiyatlari saqlanib qolgan xolda tragik konfliktning mohiyati va xarakteri o’zgardi. Antik dunyo davrida yunonlar uchun hissiyot bilan burch o’rtasidagi ziddiyat, noilojlik, bartaraf qolib bo’lmaydigan, fojiali konflikt bo’lib tuyulgan va ular o’z tragediyalarini shu asosda yaratganlar. Bizning davrimizda esa bunday konflikt fojiaviylik xarakterini yo’qotdi. XVIII—X asr dramaturglari o’z tragediyalarida hayotdagi keskin ko’rashga asoslandilar. Biroq bu ziddiyat ham bizning zamonamiz uchun hal qilib bo’lmaydigan xususiyatini yo’qotdi. Shunga ko’ra, zamonamiz tragediyalariga asos bo’ladigan ziddiyatlar o’z tabiati bilan (garchi shu konflikt natijasida qahramonlar harakatta uchrasalar-da) bartaraf qilib bo’lmaydigan konfliktlar emas. Bu davr tragediyalari qahramonlarining o’limi ham, ko’rash fojialari ham optimistik ruh kasb etadi. Vsevolod Vishnevskiy “Optimistik tragediya” nomli asarida grajdanlar urushi davridagi shafqadsiz voqealarni ko’rsatadi, xalk; erki va baxti yo’lida qahramonona ko’rashib xalok bo’lgan jasur kishilarni tasvirlaydi. Agar masal aga tor, individualistik nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, unda shaxsni halokatta olib keladigan konflikt noiloj, bartaraf qilib bo’lmaydigan zidsiyat ifodasi bo’lib tuyuladi. Biroq shaxs umumxalk ishi uchun ongli ravishda ko’rashayotgan bo’lsa, o’z o’limi bilan g’alabaga yo’l ochganini tushunsa, jisman xalok bo’lsada, ma’naviy jixatdan g’alabaga erishganligini sezadi. Bu optimistik tuygu bo’lib qahramonni pessimizmdan saqlab qoladi. Zamonamiz tragediyalari g’oyatda ko’tarinki ruhi, romantik pafosi, optimistik kuchi bilan million-million tomoshabinlarni, kitobxonlarni estetik ruhda tarbiyalash ishiga munosib xissa kushmokda.




Download 33.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling