Toshkent davlat alisher navoiy nomidagi
Arastuning tragediya haqidagi fikrlari
Download 33.23 Kb.
|
tragediya (Lotincha)
Arastuning tragediya haqidagi fikrlari
Adabiyotning boshsa turlari kabi dramaning ham tarixiy taraqqiyot jarayonida qator janrlari va ko’rinishlari yuzaga kelgan. U janrlarning eng muhimlari sifatida tragediya, komediya va drama ustida alohida to’xtab o’tish lozimdir. 6Eramizdan avvalgi asrdagi tragediyaning gullash davri Esxil, Sofokl va Evripid singari antik dunyoning ulug’ san’atkorlari nomi bilan bog’liqdir. Ularning tajribasiga tayanib, qadimgi yunonistonning buyuk mo’taffakiri Aristotel tragediyaga xos xususiyatlarni mufassal ta’riflab bergan edi. Tragediyaning Aristotel ta’riflagan ba’zi xususiyatlari o’sha davrdayoq uncha muhim bo’lmagan, ayrimlari keyinchalik ham katta ahamiyat kasb etmagan bo’lsa-da, uning muhim ahamiyatlari ulug’ olim tomonidan to’g’ri ko’rsatilgan. 7Tragediya ko‘p o‘zgarishlarni kechirgach, o‘ziga xos tabiiy xususiyatlarini kashf etgan holda yetilib qoldi. Aktyorlar ishtiroqi masalasiga kelganda, Esxil bitta aktyor o‘rniga ikkita kiritdi, xor qismini ozaytirdi va dialogni birinchi o‘ringa qo‘ydi, Sofokl esa aktyorlarni uchtaga etkazdi va dekoratsiyalar kiritdi. Kamolot masalasiga kelganda Shuni aytish kerakki, kichik afsonalar va kulgili ifoda usulidan boshlanib, satirik tomoshalar yo‘lini bosib o‘tgan tragediya allaqachon o‘zining ulug‘vorlik bosqichiga erishdi. Uning vazni ham (troxaik) tetrametrdan yambga aylandi (dastlab tetrametrdan foydalanilgan vaqtlarda, poeziya asarlari satirik ruhda va ko‘proq raqsga moyil edi, dialog tez rivojlangandan so‘ng esa, bu xususiyat unga muvofiq keluvchi vaznni kashf etdi, Chunki yamb hamma vaznlar ichida jonli so‘zlashuv tiliga eng yaqin bo‘lib qoldi. Tragediyaning turlari to‘rtta (qismlari ham Shuncha deb ko‘rsatilgan edi): 1) murakkab to‘qimali tragediya, bunda hamma narsa keskin o‘zgarish va bilib qolishga asoslanadi; 2) iztiroblar tragediyasi. Ayant va Iksion haqidagi asar kabi; 3) xarakterlar tragediyasi. «Ftiotidalar», «Peley» kabi; 4) ajoyibotlar tragediyasi. «Forkidalar», «Prometey» va voqealari Aidda yuz beradigan barcha tragediyalar ham shu turga kiradi. Eng yaxshisi, mana shu xususiyatlarning hammasini biriktirishdir, agar buning iloji bo‘lmasa, ayniksa, shoirlarga nohaq hujum boshlangan hozirgi paytda bu xususiyatlarning ko‘prog‘i va muhimrog‘ini tanlash kerak. Ilgarilari tragediyaning har qanday sohasi bo‘yicha (ustod) shoirlar bor edi, xozir esa bir shoirdan ularning hammasini orqada qoldirishni talab etishyapti. Har qanday tragediyada tugun va echim bo‘lishi zarur. Dramadan tashkaridagi barcha voqealar, Shuningdek ba’zan dramaning ichidagi ayrim voqealar — tugun, qolganlari esa — echimdir. Men tragediyaning boshlanishidan to (qahramonning) baxqizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyorlikdan baxqizlikka tomon o‘tish harakati boshlangan chegaragacha bo‘lgan qismni tugun deb atayman. Ana shu o‘tish boshlangan joydan (asarning) oxirigacha bo‘lgan qism echimdir. CHunonchi, Feodektning «Linkey»ida barcha avvalgi voqealar, chaqaloqning so‘ngra ota-onalarning qo‘lga olinishi — tugun, qotillikda ayblanish boshlangan joydan asarning oxirigacha — echimdir.
«Sayqallangan til» deganda men ritm, garmoniya va musiqiylikka ega bo’lgan tilni nazarda to’taman. «Turli qismlari turlicha saykallangan» deganda esa, ba’zi qismlari faqat vazn bilan, boshqa qismlari xaM vazn, ham musiqiylik bilan bezalgan no’tq anglashiladi. Tasvirlash harakat orqali ifodalangani uchun zaruriylik nuqtai nazaridan tragediyaning birinchi unsuri (yoki qismi) manzara, ko‘rinish orastaligi bo‘ladi, undan keyin ikkinchisi mo’zika qismi va uchinchisi tildir. Faqat ana shu vositalar orqaligina aks ettirish sodir bo‘ladi. Shunday qilib, tragediya qilmish tasviri bo‘lib, u esa muayyan xarakter va fikrlash tarziga ega bo‘lgan qahramonlar tomonidan amalga oshiriladi. (Xuddi Shunga muvofiq biz ularni qandaydir qilmishlar deb ataymiz). Tabiiyki, bundan xatti-harakatning ikki sababi — xarakter (tragediyaning to‘rtinchi unsuri) va fikr — goya (beshinchi unsuri) kelib chiqadi. Ana shu fikr va xarakterga muvofiq faol shaxslar muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyaqizlikka uchraydi. Qilmish tasvirining o‘zi esa (oltinchi unsur) fabo’la — voqeadir. Aslida rivoyat (mifos) deb men voqealar oqimini, xarakter deb esa, biz unday yoki bunday (fe’l-atvorni) deb ataydigan ishtiroq etuvchi shaxslarni nazarda to’taman. Fikr (g‘oya) deganda ishtiroq etuvchilarning nimanidir isbot qilishlari yoki o‘ziga xos muloxaza (xukm)lari anglashiladi. Shunday qilib, har qanday tragediyada olti unsur mavjud bo‘lishi kerak. Shunga muvofik tragediya unday yoki bunday bo’ladi. Bular — fabula, xarakterlar. til, fikr — g‘oya, tomosha va mo’zika qismlari. Bu qismlardan ikkitasi (til va mo’zika) tasvirlash vositalariga, bittasi (tomosha) —tasvirlash usuliga, uchtasi (rivoyat, xarakterlar, g‘oya) tasvirlash mazmuniga kiradi. Biroq bu qismlardan eng muhimi — voqealar oqimidir. Chunki aslida tragediya, kishilarni tasvirlash emas balki harakat va hayot, baxtlilik va baxqizlikni tasvirlashdir, baxt va baxqizlik esa, doimo inson (xarakteri) va qilmishidan bo‘ladi. Tragediyada aks ettirishning maqsadi ham qandaydir fazilatni emas, biror voqeani talqin etishdir. Xarakter kishilarga fazilat baxsh etadi, faqat biror voqea oqibatidagina ular baxtli va baxqiz bo‘lishlari mumkin. Tragediyada harakat faqat xarakterlarni tasvirlash uchungina amalga oshirilmaydi, ular (xarakterlar) xatti-harakat orqali ko‘rsatiladi xolos. Shunday qilib, tragediyaning asosiy maqsadini fabo’la, voqea tashqil etadi, maqsad esa hammasidan muhimdir. Bundan tashqari, tragediya voqeasiz yashay olmaydi, xarakterlarsiz esa yashay olishi mumkin. Masalan, yangi thagediyalarning ko‘pchiligida xarakterlar tasvirlanmaydi. Umuman rassomlardan Zevksid va Polignot bir-biridan qanday tafovo’t qilsa, ko‘pchilik shoirlar ham o‘zaro Shunday farqlanadilar. Polignot haqiqatan ham xarakterlarni a’lo darajada chizguvchi ehi. Zevksid asarlarida esa xarakterlar mo’tla’; uchramaydi. Shunday qilib, tragediyaning boshlanishi, uning qalbi voqea bo‘lib, xarakterlar esa ikkinchi o‘rinda keladi. Rassomlikda ham xuddi Shunga o‘xshash holni ko‘ramiz. Kimdir eng yaxshi bo‘yoqlarni chaplashtirib tashlagani bilan kishiga oddiy suratchalik zavq bera olmaydi. Buning ustiga tragediyaning inson qalbini musaffolantirishiga qaraganda ham eng zaruri voqea qismining mohiyati — ko’tilmagan xolatlar va sirning ochilishidir. Tragediyaning uchinchi qismi fikr teranligidir. Bu siyosat va notiqlik san’atidagi kabi, ishning mohiyati va sharoitlariga taalluqli bo‘lgan narsani so‘zlay olish mahoratidir. 9(Tragediya) faqat tugal voqeanigina emas, balki qo‘rqinch va hamdardlik uyg‘otuvchi voqealarni ham tasvirlashdir. Oxirgisi, ayniqsa, ko’tilmagan voqea sodir bo‘lgan paytda, qolaversa, bir voqea ortidan ko’tilmaganda boshqa voqea yoki shu yo‘sinda, hayron qoldiradigan hodisa o‘z-o‘zidan va tasodifan ro‘y bergandagina yuzaga keladi. Chunki tasodiflar orasida ko‘pincha, atayin qilinganday tasavvur hosil qiluvchi voqealar nisbatan hayron qolarlidir. Bunga Argsyudagi voqea misol bo‘la oladi. Mitiy o‘limining aybdori uning (Mitiyning) haykaliga qarab turganida, haykal qulab tushib, uni halok etadi. Shunga o‘xshash narsalar tasodifiy ko‘rinmaydi. Shunday ekan, Shunga monand rivoyatlar zarur va eng yaxshidiryu Keskin burilish (peripetiya), ta’kidlanganidek voqeaning qarama-qarshi tomonga o‘zgarishidir. Ayni vaqtda, bu ehtimoli ko’tilgan yoki zaruriy o‘zgarishdir. CHunonchi, «Edip»da shoh Edipning aslida kimligini aytib, xursand qilish uchun, shohni onasidan qo‘rqish tuyg‘usidan qo’tqazish uchun kelgan xabarchi amalda mo’tlaq zid natijaga erishadi; «Linkey»da~ ham Shunday, birovni o‘limga olib ketishadi. Danay esa uni o‘ldirish uchun orqasidan boradi. Ammo voqealar davomida buning teskarisi bo‘ladi, birinchi odam omon qoladi, keyingisi esa o‘limga uchraydi/ To‘satdan anglash, nomidan ham ko‘rinib turganidek bilmaslikdan bilishga tomon, baxtiyorlik yoki baxqizlikka mahkum etilgan shaxslarning do‘stlik yoki dushmanlik tomon o‘tishidir. Tusatdan bilishning eng yaxshi namunasi xuddi «Edip»da yuz bergani singari, mushkul ahvol davomida sodir bo’ladi. Albatta, o‘zgacha bilib qolishlar ham bo’ladi; chunonchi, ta’kidlanganidek jonsiz va umuman xar qanday tasodifiy narsalarni ham, Shuningdek kimningdir nimadir qilgani yoki qilmaganini ham anglash mumkin. Biroq fabo’la uchun eng zaruri va voqea uchun nisbatan ahamiyatlisi, yuqorida aytilgan, tusatdan anglashdir, Chunki bunday anglash keskin burilish — mushkul ahvol bilan birgalikda achinish yoki qo‘rquvni yuzaga keltiradi, tragediya esa xuddi Shunday voqealarni aks ettiradi, baxt va baxqizlik ham xuddi Shunday tusatdan anglash bilan birga sodir bo’ladiTragediyaning qismlari, uning tashqil etuvchi asoslarini yuhorida aytib o‘tdik. Uning hajm jihatdan bo‘linishlari quyidagicha: prolog, episodiy (epizod), eksod va o‘z navbatida parod va stasimga bo’linuvchi xor kiem; oxirgi knemlar hamma xor qo‘shiqlariga xos, ayrimlarining o‘ziga xos xususiyatlari sahnadan aytiladigan qo‘shiq va kommoslardan iborat. Prolog — tragediyaning xor paydo bo‘lgungayaa davrdagi yaxlit bir kiem i. Episodiy — tragediyaning barcha xor qo‘shiqlari orasidagi yaxlit bir qismi. Eksod — tragediyaning o‘zidan so‘ng xor qo‘shig‘i aytilmaydigan yaxlit qismi. Xorning paroli — xorning birinchi yaxlit no’tqismn; stasim— anapesqiz va traxeysiz bo‘lgan xor qo‘shig‘i. Kommos esa xor va aktyorlarning alamli yig‘i qo‘shig‘i. Shunday qilib, tragediyaning foydalanishi zarur bo‘lgan tashqiliy qismlari to‘g‘risida biz avval aytgan ediq uning hajm jihatidan bo‘linishlarini esa ta’kidladik. eng yaxshi tragediyaning tarkibi oddiy emas, balki murakkab bo‘lishi lozim. SHu bilan birga, u qo‘rqinch va hamdardlik uyg‘otuvchi voqeani aks ettirishi kerak. (Chunki bu xususiyat badiiy tasvirlashning o‘ziga xos qonuniyatidir.) Unday taqdirda (birinchidan), shu narsa ayonki, obro‘li kishilarni baxtiyorlikdan baxqizlikka o‘tuvchi tarzida aks ettirish to‘g‘ri emas, Chunki bu qo‘rqinchli va ayanchli bo‘lmasa-da, biroq nafratlidir, (ikkinchidan), tentak odamlarning baxqizlikdan baxtiyorlikka o‘tishi to‘g‘ri emas, Chunki bu tragediyaga hammadan ko‘ra ham ko‘proq yotdir, Chunki u tragediya uchun zarur bo‘lgan na insonga muhabbatni, na achinishni, na qo‘rqinchni qo‘zg‘aydi. Nihoyat (uchinchidan), butunlay layokagsiz odam baxtiyorlikdan baxqizlikka tushmasligi darkor, Chunki (voqealarning) bunday kechishi insonga mehr uyg‘otsa-da, ammo hamdardlik va dahshat qo‘zg‘ata olmaydi. Chunki biz begunoh iztirob chekkan odam uchun qayg‘uramiz, o‘zimizga o‘xshash baxqiz inson taqsiri uchun esa ko‘rqamiz/ Shunday ekan, butunlay layoqaqiz kishidagi o‘zgarish bnzda na mehr-shafqat uyg‘otadi, na ko‘rquv. Demaq ana shu ikki chegara o‘rtasida turgan inson qolyapti. Bunday odam na yaxshiligi va na to‘g‘ri suxtigi bilan ajralib turadi. U layoqaqizligi va nuqsoni tufayli emas, balki qandaydir xatosi tufayli baxqizlikka tushgan. Masalan, Edip, Fiest va Shunga o‘xshash, avvallari shon-sharafli va baxtiyorlikda bo’lgan kishilar shular jumlasidandir. Yaxshi to’zilgan rivoyat, ba’zilar aytganidek ikki qatlamli bo‘lgandan ko‘ra, nisbatan sodda bo‘lishi va taqdir unda baxqizlikdan baxtga emas, aksincha, baxtdan baxqizlikka qarab, gunoh natijasida emas, balki yuqoridata’kidlanganidek yoki yomondan ko‘ra yaxshi shaxe yo‘l qo‘ygan katta xato tufayli o‘zgarish Dahshatlilik va ayanchlilik sahna jihozlari orqali kelib chiqishi mumkin, biroq voqealar tarkibining o‘zidan ham paydo bo‘ladiki, bu aksariyat o‘rinlarda asar muallifining yaxshi shoirligiga dalildir. Aslida asar Shunday yozilishi kerakki, u sahnada ko‘rilmaganida ham bo‘lib o‘tadigan voqeani tinglovchi har bir kishi, xuddi Edip haqidagi rivoyatni tinglaganday, hodisalarning o‘sib borishidan g‘am chekuvchiga nisbatan o‘zida hamdardlik sezsin va vujudi jivirlab seskansin.i darkor. Buni tarix ham tasdiq etadi. Xarakterlarga kelsaq ulardan to‘rt maqsad ko‘zda to’tiladi. Birinchi va asosiysi: qahramon olijanob bo‘lishi kerak. Avval aytganimizday, shaxe agar o‘zining gaplari va ishlarida qandaydir maqsadga amal qilsa, xarakterga ega bo‘ladi. Agar shaxe yaxshi maqsadlarni ko‘zlasa, xarakteri ham yaxshi bo‘ladi. Bu har bir odamda mavjud bo‘lishi mumkin: ayol ham, hatto qul ham yaxshi bo‘lishi ehtimol, birinchisi (erkakdan) yomonroq,ssuya esa undan ham yomonroq bo‘lishi ham mumkin. Ikkinchidan, xarakterlar o‘ziga xos bo‘lishi kerak: xarakter mardona bo‘lishi mumkin, ammo ayol kishiga mardlik bilan kuchlilik yarashmaydi. Uchinchidan, xarakterlar(hayotiy) haqqoniy bo‘lishi kerak: bu yuqorida ay- tilgandan mo’tlaq boshqacha bo‘lib, ularni yaxshi yoki yarashiqli qilib tasvirlash kerak degan ran emas. To‘rtinchidan, xarakterlar izchil bo‘lishi kerak: hatto, tasvirlangan shaxe noizchil bo‘lishi, shu xarakterning barcha ishlariga noizchillik xos bo‘lishi mumkin. Ammo xarakterning mana shu noizchilligi ham izchil bo‘lishi zarur. Zarurat tufayli emas, balki o‘zicha tuban bo‘lgan kishining xarakteriga «Orest»dagi Menelayni, nomunosib va yarashmagan qiliqli xarakterga «Ssilla»dagi Odisseyning yig‘isini va Melanippaning no’tqini, noizchil xarakterga «Ifigeniya Avli- daha» asaridagi Ifigeniyani misol qilib keltirsa bo’ladi. Chunki iltijo qilayotgan Ifigeniyaga Shundan keying epizoddagi Ifigeniya mo’tlaq o‘xshamaydi. Download 33.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling