Toshkent davlat alisher navoiy nomidagi
Tragediya janri tarixi haqidagi qarashlar
Download 33.23 Kb.
|
tragediya (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tragediya(
- Ko’rashda o’lgan yoki g’alabada halok bo’lgan qahramonga biz chuqur qayg’uramiz. Lekin bu ko’rashsiz, bu halokaqiz u qahramon bo’lmasligini
- Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo’la oladi; voqyelikning o’zida ahvol Shunday
- Tragikomediya
Tragediya janri tarixi haqidagi qarashlar
1Dramatik turning har uchala janri ham genesis nuqtai nazaridan adabiy tarixiy jarayonning eng qadimiy bosqichlariga borib taqaladi. Tragediyaning paydo bo’lishidagi ilk mifologik talqin deyilganda deyarli barcha mutahasislar Dionis haqidagi mifni tushunadilar. Dionis qadim yunon mifalogiyasida o’simlik, uzumchilik, vinochilik ma’budi hisoblanadi. Miflarda hikoya qilinishicha, daydib yurishni, mayparastlik, aysh-ishrat va o’yin kulgini yaxshi ko’radigan Dionis o’zining echli tuyoqli hamkorlari-satirlar bilan yerni sayr etib yurganda foniylar (odamlar) ning o’ta og’ir turmush kechirishi, umrini og’ir g’am – kulfatda o’tkazayptganidan voqif bo’kib qoladi. Odamlarga rahmi keladi va ularni g’am-alamdan qutqarmoqchi bo’ladi. Mabudlar saltanati Olimpdan mabudlar taomini og’irlaydi va uni yerga ko’madi. Undan foniylar meva (tok) yetishtiradi. Mevadan sharob tayyorlashadi. Dionisdan g’azablangan Zevs uni mabudlar saltanatidan badarg’a qiladi. Shu tariqa foniylar o’zlarini g’am alamdan qutqargan Dionis sharafiga bayram o’tkaza boshlaydilar. Ushbu bayramda foniylar Dionisning hayoti, uning boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan qayg’u azoblari, dushmanlari bilan olib brogan jangu-jadallari, bosib o’tgan xavf-xatarga to’la yo’llari haqida kuylashar edi, ularga taqlidan turli hayvon terilari (ko’proq echki) yopinib olishgan.Shu tariqa Dionis bayramlari qo’shiqlar ijro etiladigan maydon turli-tuman imo-ishoralar harakatlar, niqoblar va muayyan ritmlar tizimidan iborat tomoshalar sahnasiga aylangan. Shuni ham ta’kidlash joizki, mazkur tomoshalar faqat ko’ngil ochish, vaqtihushlik qilish maqsadida uyushtirilmagan. Bu o’sha davrda turmush kechirgan yunon dehqonlar ommasining o’z ma’budlari Deonisga bo’lgan e’tiqodi, ibodati, diniy, Baraka va to’kinlik tilash marosimlarini ifoda etgan.Usbu fikrni difiramblar (Dionis sharafiga bag’ishlangan xor qo’shiqlar) negizida tragediya paydo bo’ldi. Yuqorida bildirilgan fikrlar, keltirib o’tilgan ma’lumotlar drama adabiy turining har uch janri diniy marosimlar asosida paydo bo’lganligini va shakllanganligini ko’rsatadi. Tragediyada tragik g’oya, tragik qahramonga (uning ezgulik, go’zallik, yaxshilik kabi g’oya va fazilatlariga) qarshi kuchlar (yovuzlik, xuniklik, yomonlik) ning qarshilik qudrati hisobsiz darajada katta bo’ladi. Bu tragediyaning ilk pardalaridanoq ko’zga tashlanadi. 2Tragediya (fojiaviylik). Tragediya dramatik adabiyotning eng muhim janrlaridan biridir. Qadimgi Yunonistonda dunyoga kelgan. Miloddan avval qadimgi yunon tragediyasi gullash davrini boshidan kechirgan. Bu davrda yunon poeziyasi lirika va eposning ulkan namunalariga ega edi. Eposda keng O’rin to’tgan dramatik voqea-hodisalar drama syujetining poydevorini tashqil etdi. Shuning uchun ham Esxil o’zining katta Gomer bazmi uvoqlaridan oziqlanganini aytgan edi. Lirik poeziya yo’tuklari (ayniksa, Arion va Pindar muvaffaqiyatlari) esa, insonning ichki dunyosiga chuqurroq, kirib borish uchun sabab tayyorlagan edi. O’tmish an’analari qadimgi yunon dramasi rivojida nihoyatda muhim vazifani o’tadi. U epos va lirika sohasidagi ulkan yo’tuqlarga tayanar edi. Qadimgi yunon tragediyasining ildizlari difiramblarga hamda uzumchilik va vinochilik xudosi Dionis sharafiga aytiladigan marosim qo’shiqlariga borib taqaladi. Qadimgi yunon mifologiyasiga ko’ra, Dionis Olimpdan uzoq va kishilarga yaqin xudo bo’lgan. U Zevs bilan er ayoli Semelaning farzandi hisoblangan. Dionis odamlarga g’oyat yaqin turganligi sababli kishilar undan hayajonlanganlar hamda iztirob va quvonchlarini o’z taqdirlariga aloqadordek his qilganlar. Dionis sharafiga qurbonlar keltirish marosimlarida yakkaxon ijrochi — Korifey boshchiligida qo’shiqlar aytilgan. Korifey Dionis hayotidagi voqea-hodisalar haqida kuylar, xor esa ularga o’z munosabatini ifodalar edi. Dionis sharafiga bag’ishlangan qo’shiqlar o’z xususiyatiga ko’ra ikki xil bo’lgan. Ularning bir guruhida Korifey Dionisning iztiroblari va halokati to’g’risida kuylar, xor esa kishilarning sevimli bu xudosi baxqizliklariga, muvaffaqiyaqizliklariga nisbatan qayg’uli munosabatini ifodalar edi. Boshqa bir guruh qo’shiqlarda Korifey Dionisning tirilishi va tantana qilishi haqida kuylardi, xor esa katta quvonch bilan hayotning o’lim ustidan g’alabasini madh etardi. Dionis iztiroblari haqidagi qayg’uli qo’shiqlar trageliyaning kurtaklari bo’lib xizmat qilgan. Dionisga bag’ishlangan quvnoq qo’shiqlar esa komediya va unga yaqin turuvchi satrlar drama uchun kurtaklik vazifasini o’tar edi.
Tragediya janrining xususiyatlari ham V.Belinskiy tomonidan yetarli asoslangandir. Ular quyidagichadir: 1. “Tragediyaning mohiyati, qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to’siqlik bilan to’qnashuvidir. Tragediya – qayg’uli tomosha! Agarda qon, o’liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo’lmasa ham, lekin uning oqibati harvaqt qalbning eng qimmatli umidlarining yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo’qolivudir. Uning qora ulug’vorligi, uning buyuk azamatligi Shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir”. 2. Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Ko’rashda o’lgan yoki g’alabada halok bo’lgan qahramonga biz chuqur qayg’uramiz. Lekin bu ko’rashsiz, bu halokaqiz u qahramon bo’lmasligini, o’z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlarni, jahonni va o’zgarmas borliq qonunlarni amalga oshira olmasligini bilamiz”. 3. “Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tiragi bo’lgan substansial kuchlarni o’zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo’la oladi; voqyelikning o’zida ahvol Shunday”. 4. “Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo’qoting, siz bu bilan uni buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o’zining butun nafis kuchini yo’qotadi”. 5. “Tragediya ko’proq sun’iy asardir”. “Mana Shuning uchun tarixiy shaxslarni bo’zib ko’rsatishga oz yo’l qo’yilsa ham; tragediyaning go’yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o’z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko’rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o’zicha o’zgartirishga u to’la huquqlidir”.
Aristotelning uqtirishicha, tragediyada voqealar ko’tarinki ruhda tasvirlanadi, shu orqali insonning ma’naviy go’zalligi, akug va xissiyotining kuchi, hayot haqiqati ochiladi. Tragediyaning mohiyati, deb ta’kidlaydi u, tomoshabinlarda qahra- monlarning fojiasiga chuqur achinish, qayg’urish hislarini uyg’otadi, inson hissiyotini tozalaydi, tarbiyalaydi, olijanoblashtiradi. Esxil, Sofokl, Evripid, V. SHekspir kabi klassiklar ijodi bu fikrni tula tasdiklaydi. 5Tragediya dramaning qadimiy janrlaridan biri bo’lib, Yunonistonda eramizgacha bo’lgan V asrda o’z rivojining kamolot boskichiga ko’tarilgan. Esxil “Eroniylar”, “Fivaning etti dushmani”, “Oresteya” (trilogiya), “Zanjir- band Prometey” (trilogiya) kabi tragediyalarini yaratib, klassik “tragediyaning otasi” bo’lib qoldi. Sofokl “Shox Edip”, “Edip Qolonda”, “Antigona”, Evripid “Alkesti- da”, “Medeya”, “Ippolit”, “Ifigeniya Avlidada”, “Elektra”, “Gerakl”, “Ion” kabi tragediyalari bilan yunon tra- gediyasining shuxratini jaxonga yoydi. Uygonish davri va undan keyingi asarlarda tragediya janri o’z taraqqiyotining yangi boskichiga ko’tarildi. Antik dunyo va o’rta asrlar tragediyalariga nisbatan keyingi davr tragediyalari yangicha xarakter kasb etadi. Ispan dra- maturglari Lope de Vega, Kal deron, ulug ingliz yozuvchisi V. SHekspir, fransuz klassiqizmi namoyandalari Kornel va Rasini, nemis dramaturglari Gyote, SHiller va rus klassik shoiri A.S.Pushkin kabi san’atkorlar tragediyaning yangi namunalarini yaratdilarki, bu dramaturglarning asarlari o’z goyalari va estetik tamoyillarining rang-barangligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Dramaturg o’z asarini “Jiddiy komediya” deb ataydi va “umuman inson fojeasi haqida komediya yozish” mumkinligini ham ta’kidlaydi. Bu ta’kidlar bitta xulosani isbot etadi, ya’ni sof adabiy janrlar bo’lmaydi, ularning barchasi hamkorlikda, o’zaro bog’liqlikda yashaydi. G’oyaviy-ijodiy yunalishlari turlicha bo’lgan ko’plab yozuvchilar, ispaniyalik Lope de Vega va Kal deron, angliyalik buyuk Shekspir, keyinroq fransuz klassisizmi vakillari Kornel va Rasin, mashhur nemis dramaturglari Gyote va Shiller hamda rus shoiri Pushkin durust tragediyalarni ijod etdilar. Bu san’atkorlar o’z tragediyalari bilan jahon dramaturgiyasi rivojiga va milliy adabiyotlar taraqqiyotiga katta hissa kushdilar. SHekspir tragediyalari mazkur janrning Uygonish davridagi mumtoz namunalari sifatida maydonga keldi. SHekspir o’z davri fojialarini dramatik idroq etishni hali misli ko’rilmagan yuksaklikka olib chikdi. U yozgan tragediyalarning eng bop xususiyatlaridan biri sifatida, dastavval, ulardagi harakatning nihoyatda o’tkir dramatizm bilan sugorilganligini ko’rsatib o’tish lozim. SHekspir tragediyadan kahramonlarning ruhiy dunyosidagi o’zgarishlarni, irodasi va ingi- lishlar orkali dalillanmagan voqea-hodisalarni butunlay chikarib tashladi. Uning tragediyalaridagi qa>famonlarning har bir harakati va so’zi ular xususiyatining ochilishiga xizmat qiladi. Daho adib qadimgi tragediyada katta o’rin to’tgan lirik unsurlardan ham voz kechdi. Uning asarlarida, odatda, tomoshabin ko’zi oldida faqat tasvirlanayotgan fojiali to’qnashuvda ishtiroq etuvchi shaxslargina namoyon bo’ladi. P esa g’oyasi va ayrim qatnashuvchi shaxslarga nisbatan muallif munosabati butunicha harakatlarda ochiladi. Shunga ko’ra, qadimgi tragediyada muhim o’rin to’tgan xorning ham zarurati qolmaydi. Mana shu alomatlar Shekspir tragediyalari dramatizmining mohiyatini belgilaydi.
Download 33.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling