185
yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo‗llash ko‗zda tutiladi.
Muddati o„tgan kreditlar-qarzdor tomonidan kredit shartnomasida ko‗zda
tutilgan to‗lash shartlari va jadvali buzilganhamda asosiy qarz va unga doir
foizlarning navbatdagi to‗lovi muddati yetib kelgandan so‗ng to‗lanmagan kreditlar.
Muddati uzaytirilgan kredit - ayrim hollarda
kreditni qaytarish muddati
kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqtisodiy asoslangan
yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish muddatini keyinroqqa surilishi
to‗g‗risida filial kredit komissiyalari qarorlari asosida Bosh bank kredit qo‗mitasi
bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
Muddatli kredit - kredit shartnomasiga ko‗ra to‗lav
muddati hali yetib
kelmagan ssudadir.
Mujassamlangan marketing - bozorning biror segmenti tanlab olinadi va
butun e‘tibor ideal marketing majmuasini yaratish yo‗lida mujassamlanadi.
Muqobil savdo – eksport-import harakatlarida muvozanatni ta‘minlash uchun
tovarlar xaridini ular summasiga teng miqdordagi tovarlar
etkazib berish bilan
qo‗shib borish kelishuvlari.
Muxtoriylik koeffisienti - mijozning qanchalik kreditorlardan mustaqilligini
ifodalaydi.
Naqd to„lovlar – tovar xaqini etkazib berilganidan
keyin sotuvchilar taqdim
etgan hujjat bo‗yicha shu zahoti yoki avans bilan to‗lash. Xalqaro savdoda naqd
to‗lovlar chek, pul o‗tkazish, akkreditiv va innokasso orqali amlga oshiriladi.
Narx - franko – tovarni xaridorga tashib etkazib berish sarflarini ham o‗z
ichiga olgan ulgurji narx. U odatdagi transport sarflarining kiritilganligi bilan
farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: