Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1-jadval Menejment fanining tahlil usullari 5 № Tahlil usullari Mazmuni 1. Tizimli yondashuv - Boshqariluvchi obyekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo‗lishi mumkin: - tizimli-kompleks yondashuv; - tizimli -funksional yondashuv; - tizimli -tarkibiy yondashuv; - tizimli -kommunikatsion yondashuv 2. Kompleks yondashuv -Boshqariluvchi obyekt boshqa obyektlar bilan o‗zaro bog‗lanishda va aloqadorlikda qaraladi 3. Tarkibiy yondashuv -Boshqariluvchi obyekt tarkibiy qismlarga bo‗lib o‗rganiladi 4. Vaziyat (situatsiya)li yondashuv -Boshqariluvchi obyektning muayyan sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma‘qul uslubi qo‗llaniladi 5. Integratsion yondashuv -Boshqariluvchi obyekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar)ni birgalikda qo‗llash yordamida boshqariladi 6. Modellashtirish usuli - Boshqariluvchi obyektni boshqarish bo‗yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi 7. Iqtisodiy-matematik yondashuv - Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo‗llash 8. Kuzatish usuli - Boshqariluvchi obyekt to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‗plash usuli 9. Eksperiment (tajriba) usuli - Boshqarish jarayonida boshqariluvchi obyektga nisbatan namunaviy tajribadan o‗tgan usullarni qo‗llash 10. Sotsiologik kuzatuv usuli - Boshqarish maqsadida turli anketali so‗rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o‗tkazish Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog‗liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‗llab, har bir xodimga va jamoaga ta‘sir ko‗rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog‗liqdir. Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini 5 Yo‗ldoshev N.Q., Azlarova M.M., Xo‗djamuratova G.Y. Menejment va marketing asoslari: O‗quv qo‗llanma. – T.: Иqтисодиѐт, 2012. 20-bet. 15 qabul qilish uchun zarur bo‗lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‗rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‗langandir. Banklar faoliyatini boshqarish rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabilardan iborat bo‗lib, ular banklar faoliyatining samaradorligini va raqobatbardoshligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Ma‘lumki, menejment so‗zi, inglizcha «management» so‗zidan olingan va o‗zbek tilida ―boshqarish‖ ma‘nosini anglatadi. Ular quyidagilar: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling