Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-rasm. Bank menejmentining elementlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1-rasm. Bank menejmentining elementlari.
Biz yuqorida keltirilgan bank menejmentining elementlarini tasniflab o‗tamiz. Bank menejmentining obyekti. Banklar faoliyatida boshqaruvning obyekti bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar (aktiv, passiv va balansdan tashqari operatsiyalar); tijorat banklari faoliyati natijalari (bankning daromadlari, foydasi va samaradorlik ko‗rsatkichlari); bank xizmatlari va operatsiyalari amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlar va mutaxassislar. Hozirgi sharoitda tijorat banklari o‗rtasida raqobatning kuchayib borishi, ular faoliyatini boshqarishni va boshqaruv sifatini takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, Bank menejmenti elementlari Ob‘ekt xuquqiy ta‘minot tadbirlar vositalar Ob‘ekt vosita- lar 10 tijorat banklari faoliyatini boshqarishning obyekti hisoblangan aktiv va passivlar hajmi bilan emas, balki uning sifati, risk darajasi, likvidliligi va daromadlilik darajasini ta‘minlashni talab etadi. Demak, boshqaruv obyektlarini aniqlashtirish boshqaruv sifatini oshiribgina qolmasdan, balki boshqaruvni soddalashtirish va samarali bo‗lishini ta‘minlaydi. Bank menejmentining subyektlari – bu bank faoliyatini boshqarishda va boshqarish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar. Bank menejmenti subyektlarini ishtirok etishiga ko‗ra quyidagicha bo‗linadi: - tashqi subyektlar; - ichki subyektlar. Tashqi subyektlar bilvosita banklarni boshqarish jarayonida ishtirok etadi va davlat organlari bo‗lib hisoblanadi. Banklar faoliyatini boshqarishga O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki turli usullar orqali ta‘sir o‗tkazadi. Ayniqsa, banklarning xizmatlari va operatsiyalari bo‗yicha o‗rnatilgan iqtisodiy normativlar shu turdagi xizmatlar ko‗rsatishni boshqaradi va tartibga soladi. Bank menejmentining vositalari (instrumentlari). Bank menejmentining vositalari – bu banklar faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan ma‘lum tartib qoida va me‘yorlar majmuasidir. Bank menejmentining vositalari umumbank faoliyati va aniq bir operatsiya yoki xizmatga tegishli vositalarga bo‗linadi. Umumbank faoliyatiga tegishli vositalar yoki me‘yorlar majmuasi bank ustavidir. Chunki bankning ustavida bank amalga oshirishi mumkin bo‗lgan xizmatlar, operatsiyalar va boshqa yo‗nalishlar o‗z aksini topadi. Bank menejmentini amalga oshirish tadbirlari. Bank faoliyatini boshqarish jarayonida bank menejmenti vositalarini ma‘lum ketma-ketlik asosida amalga oshirish boshqaruv tadbiri hisoblanadi. Masalan, mijozlar talabini o‗rganish va bankning holatidan kelib chiqib ularga xizmatlar ko‗rsatish. Boshqaruv tadbirlari aynan bank ichki siyosatida keltirilgan tartiblarni bajarishning natijasidir. Bu orqali, tijorat banklari oldiga qo‗yilgan maqsad va bankni rivojlantirish masalalarini hal qilishga yordam beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling