Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-bob. BANK MENEJMENTI VA MARKETINGI FANINING
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1-bob.
BANK MENEJMENTI VA MARKETINGI FANINING PREDMETI 1.1. Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va vazifalari. 1.2. Banklar va bank faoliyatida menejmentning zarurligi 1.3. Bank menejmentining nazariy asoslari 1.1. Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va vazifalari Mamlakatimiz banklarining barqaror mavqei bank tizimiga bo‗lgan ishonchning, xususan, aholi va xo‗jalik yurituvchi subyektlarning bank depozitlarida saqlanayotgan bo‗sh pul mablag‗lari hajmining barqaror yuqori sur‘atlarda oshib borishiga marketing xizmatining ham salmoqli ulushi mustahkam asos bo‗lib xizmat qilmoqda. Bank marketingini o‗z xususiyatiga ko‗ra, marketingning alohida sohasi deb hisoblash mumkin. Bu aniq ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadigan bank faoliyatining tashqi va ichki g‗oyasi, strategiyasi, taktikasi va siyosatidir. Kredit tashkilotlarining universallashuvi sharoitida bank marketingi ishni aniq texnologik usullar bilan bank xizmatchilari yangicha fikrlashining birikuvi sifatida namoyon bo‗ladi. Tijorat banklari boshqaruviga marketing kiritilishi bank faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishning asosiy mezonlarini tizimlashtirishni hamda bozorni o‗rganish va rivojlantirishning aniq choralarini belgilashni boshlab berdi. Marketing joriy qilinishi bank faoliyati daromadliligi ortishi va tavakkalchiligi kamayishiga ko‗maklashadi. Bank marketingi zaruriyati shundan iboratki, u kredit tashkilotining butun faoliyati bozorda rivojlanayotgan jarayonlarga mosligini saqlab turadigan mexanizm. Texnologik va ilmiy-texnikaviy islohotlarning hozirgi davri axborot almashuvining xalqaro tarmoqlari vujudga kelishi bilan tavsiflanadi, bank xizmatlari sohasini kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi iqtisodiy sharoitlarda foydaning doimiy normasini ta‘minlash esa faoliyatni mijozlarning ehtiyojlari hamda takliflarini aniqlash va detallashtirishga yo‗naltirishni talab etadi. Bank kapitalining hisob-kitob qilingan rentabelligi va harakatining samaradorligini ta‘minlagan holda xizmat iste‘molchilarining ehtiyojlarini qondirish menejmentning birinchi darajali vazifasiga aylanmoqda. Menejment jarayoni barcha bosqichlarda uning axborotli tarkibiga bog‗liq bo‗ladi, shu sababli tijorat banki boshqaruvi tizimidagi jahon tendensiyasini marketingli menejment, deb belgilash mumkin. O‗zbekiston Respublikasini yaqin besh yilda barqaror taraqqiy ettirishda Harakatlar strategiyasi bank tizimi uchun ham yangi rivojlanish bosqichini boshlab berdi. Barcha sohalarda bo‗lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida o‗tkazilayotgan islohotlarda tufayli sohada sezilarli siljishlar va o‗zgarishlar amalga oshirilmokda. Bu o‗zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan bank tizimini bosqichma- bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmokda. ―Banklarning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar mamlakatimiz tijorat banklariga kreditga 8 layoqatlilik bo‗yicha taqdim etilgan xalqaro reytinglarini yaxshilashga o‗zining ijobiy ta‘sirini ko‗rsatmoqda. Xususan, «Moody‘s» xalqaro reyting agentligi O‗zbekiston bank tizimi rivojlanish istiqbollariga berilgan «barqaror» darajadagi reyting bahosini yettinchi yildirki qayta tasdiqlab kelmoqda.«Standard & Poor‘s» va «Fitch Ratings» reyting agentliklari ham O‗zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror» sifatida baholamoqda. Hozirgi paytda respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan barcha tijorat banklari katta uchlikni tashkil etuvchi «Moody‘s», «Standard & Poor‘s» va «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentliklarining ijobiy baholariga egalar. Bu banklarda yo‗lga qo‗yilgan boshqaruv sifati va shaffofligining amaliy natijasidir‖. Umuman olganda, bank infratuzilmasining tobora kengayib va takomillashib borayotganligi, o‗z navbatida, bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining va ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatining yanada yaxshilanishiga hamda aholining bank xizmatlaridan foydalanish darajasining oshishiga xizmat qilmokda. Bugungi kunda O‗zbekiston bank tizimi qat‘iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo‗lib, ayni paytda u belgilangan qator normativlar bo‗yicha mustahkam pozisiyalarga ega. Olib borilgan amaliy ishlar natijasi va mamlakatimiz bank tizimining barqaror rivojlanib borayotganligi nufuzli xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan ham o‗z tasdig‗ini topmokda. Bank tizimi va uning tuzilishi serqirrali va murakkab aloqalarga asoslangan tizimdir. Uning turli tamoyillarini ko‗rish, turli holatlariga qarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko‗ra intitusional chizma ko‗rinishida ko‗rib chiqish mumkin. Bundan tashqari bank tizimini bajaradigan funksiyalari, o‗zaro aloqadorligi, mavkei, maxsus yo‗nalishi, bajaradigan operatsiyalariga va ularni tatbiq etilishiga qarab ham guruhlash mumkin. Jumladan, ko‗pgina iqtisodiy adabiyotlarda ta‘kidlanganidek bank tizimi- mamlakatning yagona pul-kredit mexanizmi doirasida o‗zaro bog‗liqlikda faoliyat yurituvchi moliya-kredit institutlari majmuasi deb yuritiladi 4 . Ularning fikriga ko‗ra bank tizimi-bu mamlakat xududida tarixan shakllangan va qonun bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‗rsatish shaklidir. Xuddi pul va moliya tizimi kabi bank tizimi ham o‗ziga hos milliy belgilariga egadir. Shu belgilar ushbu xududlarning, geografik shartlari ob-xavo, aholi milliy tuzilishi, ularni nima bilan mashg‗ulligi, qo‗shnilar bilan munosabati, savdo yo‗llari va boshqa omillar asosida shakllanadi. Demak bank tizimi asosiy o‗rinda mamlakat kredit tizimining yetakchi va birlamchi qismi tarzida ko‗rib o‗tiladi. Yuqoridagilarga ko‗shilgan holda mamlakat bank tizimini ma‘lum bir davlat xududida belgilangan qonun-qoidalar asosida faoliyat yuritayotgan va faoliyat olib borish hukuqini olgan kredit institutlari majmuasi deb aytishimiz mumkin. Kredit institutlari sifatida shakllangan bank tizimi doimiy ravishda moliyaviy barqaror va samarali tashkilot bo‗lmog‗i lozim. Banklarning asosiy maksadi pul mablag‗larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o‗tkazishda vositachilik qilishdir. Banklar bilan bir qatorda, bozorlarda pul mablag‗larni o‗tkazishni boshqa moliyaviy va kredit - 4 Банки и банковское дело. Учебник для вузов.2-е изд.-СПб: Лаврушин О.И. Банковское дело. Экспресс курс: Учеб. пособие. / Под ред. О.И.Лаврушина – 3-е изд., перераб. и доп. – М.: Кнорус, 2009. – 352 с. 9 moliyaviy tashkilotlar: investision fondlar, sug‗urta kompaniyalari, brokerlar, diller firmalari va xakazolar bajarilishlari mumkin. Biroq banklar, moliyaviy bozor subyekti sifatida boshqa subyektlardan kuyidagi belgilari bilan ajralib turadi: Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining ikki tomonlama almashtirish xarakterlidir (xosdir): ular o‗zlarining majburiyatlarini (depozit) shakllantiradilar va jalb kilingan mablag‗larni qarz majburiyatlariga, qimmatli qog‗ozlarga (boshqalarning chikargan qog‗ozlariga) joylashtiradilar; Ikkinchidan banklar o‗zlariga yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qa‘tiy belgilangan summa bo‗yicha shartsiz majburiyatlarni oladilar. Banklarda moliyaviy menejmenti bankning pul mablag‗larini boshqarishga asoslanadi. ga banklarning iqtisodiyotdagi roli, maqsad va vazifalari, obyektlari, usullari va bank faoliyatini boshqarishni o‗z ichiga oladi. Bank menejmenti o‗z tarkibiga moliyaviy menejmentdan tashqari xodimlar menejmentini o‗zida mujassamlashtiradi. Xodimlar menejmentida bank mutaxassislari va yollangan xodimlarn boshqarish amalga oshiriladi. Bank menejmenti boshqaruv faoliyati sifatida o‗z ichiga quyidagi elementlarni oladi: obyekt, subyekt, vositalar (instrumentlar), protsedura va huquqiy ta‘minot. Bank menejmenti fan sifatida o‗zida ma‘lum soha faoliyatining nazariy va uslubiy asoslarini o‗zida ifoda etadi. Amaliy faoliyat sifatida esa, ma‘lum tijorat bankini boshqarish va tashkil qilish shakli hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling