2-bob. BANKLAR FAOLIYATIDA MENEJMENT VA UNING
ZARURLIGI
2.1.Tijorat banklarida menejment va uning zarurligi.
2.2.Bank menejmentining xuquqiy asoslari.
2.3.Bank menejmenti, uning mazmuni va ahamiyati.
2.1.Tijorat banklarida menejment va uning zarurligi
Bankning u yoki bu tashkiliy tuzilishi, shuningdek, normativ talablarni
belgilashga bog‗liq bo‗ladi. Ma‘lumki, bank nazorati organlari, bankni ro‗yxatdan
o‗tkazish vaqtida tegishli hujjatlar keltirilishini, shu qatorda bank boshqaruvining
bosh organlari, tashkiliy jihozlar, yangi kredit faoliyati xarakterini aniqlash haqida
kiritilgan shartnomalar, ustavlarni talab qiladi. Huquqiy me‘yorlarga asosan qayta
tashkil etilgan yuridik shaxslar bank nazorati organlariga ustavda kelajakdagi
bo‗ladigan o‗zgarishlar, xususan, faoliyat sohasining bir qismidagi bo‗ladigan
o‗zgarishlar, tashkilotning ichki yoki kapitalidagi o‗zgarishlar haqida ma‘lumot berib
borishlari shart. Yangi bank tashkil etilganda ularning egalari bunda uning huquqiy
shakli qanday bo‗lishini (aksionerlik, xususiy va hokazo), qanday tarkibiy
bo‗linmalar tashkil etilishi kerakligini (boshqaruv, bo‗limlar, sektorlar) aniq belgilab
berishlari kerak.
Banklarning qayta tashkillashuvi, uning sanatsiyasi, birikuvi va tugatilishi
natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, bank faoliyatini
muvofiqlashtirishga yo‗naltirilgan tashkiliy qayta qurish ichki va tashqi sabablar
natijasida zarur bo‗lib qoladi.
Jahonda va mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar
rivoji bank xizmatlari bozoridagi strategiyalarning o‗zgarishiga sabab bo‗lmoqda.
Biznes jarayonidagi tendensiyalar, mijozlar hohish-istaklarining o‗zgarishi, o‗z
biznesini yo‗lga qo‗yayotgan shaxslarning yangi bank mahsulotlari va xizmatlariga
bo‗lgan talabining tijorat banklari oldiga yangi vazifalarni qo‗ymoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |