Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
 
 
7- rasm. Foiz stavkasi va kutilayotgan foyda aloqasi
8
.
Yuqoridagi grafikda tasvirlanganidek bankning foiz stavkasi oshishiga mos 
ravishda uning kutilayotgan foydasi ham ortadi, chunki foiz stavkasining ortishi ikki 
o‗zaro qarama-qarshi jarayon: likvidlilik-foydalilik hamda risklilik ko‗rsatkichlari 
o‗rtasidagi oqilona nisbatni ta‘minlashga qaratilishi lozim. ravishda bankning qarzlari 
daromadlariga ta‘sir ko‗rsatadi. 
8
Kent Mathews and John Tompson.
 
The economics of banking.Third edition.―WILY‖, 2014
.p.18 
Maksimum 
kutilayotgan 
foyda 
Kutilay
otgan 
foyda 
Foiz stavkasi 


25 
Birinchidan, kutilayotgan foyda qarz narxi (foiz stavkasi) oshishidan ijobiy 
ta‘sirda bo‗ladi. Ikkinchidan defolt riski darajasi oshishi tufayli kutilayotgan foyda 
pasayadi. Muayyan nuqtadan keyin ikkinchi omil birinchisini yengadi va natijada 
bankning kutilayotgan foyda/daromadi pasayadi. Kutilayotgan foyda darajasining 
pastroq o‗sishi foiz stavkasi o‗sganda ham defolt riskini oshiradi. Foiz stavkasining 
muayyan (R*) darajasidan so‗ng defolt riskining ortishi kutilayotgan foyda miqdorini 
kuchliroq pasaytiradi. Natijada (R*) foiz stakasidan so‗ng uning ortishi kutilayotgan 
foyda 
miqdorini 
kamaytiradi. 
Bu 
nazariya 
adabiyotlarda 
kreditni 
muqobillashtirishning endogen nazariyasi deb nom olgan va u ilk bor 1966 yilda 
Xodgman (Hodgman) tomonidan kashf etilgan. Hozirga paytda u kreditni 
muqobillashtirishda amaliyotda keng qo‗llaniladi.
 
2.2. Bank menejmentining huquqiy asoslari 
 
Bank operatsiyalari va boshqaruvi samaradorligini oshirish, xizmatlar turini 
rivojlantirish uchun har tomonlama asoslangan va xorij mamlakatlarida keng 
qo‗llaniladigan strategiyani amaliyotda joriy qilish korxona ustunlikka erishishining 
asosiy yo‗lidir. Bank strategiyasi bank operatsiyalari va faoliyatini rivojlantirishga 
yo‗naltirilgan missiya, uzoqni ko‗ra bilish, maqsad va vazifalarni, bozorda faoliyat 
olib borish chora va tadbirlarni, amalga oshirayotgan ishlarning monitoringi va 
natijalar nazoratini qamrab oladi. 
Banklarni boshqarishning mamlakatimizda xuquqiy bazasi yaratilgan va u 
doim takomillashib bormoqda. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 
qabul qilingan ―Markaziy bank‖ to‗g‗risidagi, ―Banklar va bank faoliyati 
to‗g‗risida‖gi, ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini ximoya 
qilish to‗g‗risida‖ gi, ―Ipoteka to‗g‗risida‖ gi, ―Iste‘mol krediti to‗g‗risida‖ gi va 
boshqa qonunlar zamonaviy bank faoliyatini tashkil qilishga xizmat qilmoqda. 
Bank faoliyatini tashkil etishning tamoyillari. Banklar faoliyatini tashkil 
qilishning tamoyillarida bank faoliyatini spesikasi bankning zaruriy tarkibiy 
bo‗linmalarini aniqlab beriladi. Ixtiyoriy olingan bankada quyidagi bo‗limlar bo‗lishi 
mumkin: bank kengashi; boshqaruv, boshqarma, bo‗linma, filial va boshqalar. 
Bank faoliyatini tashkil etishda uning tarkibiy bo‗limlarini to‗g‗ri taqsimlanishi 
asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, har bir bankda Bank Kengashi
Boshqaruv, Ma‘muriy boshqaruv, har-xil moliyaviy, tijorat va umumiy masalalar 
bilan ishlovchi turlicha bo‗limlardan tashkil topadi.
Bank kengashiga odatda, uning ta‘sischilari kiradi. Banklarning ta‘sischilari 
odatda, ham yuridik, ham jismoniy shaxslardan tashkil topadi. Bank kengashi 
bankning yillik hisobotini tasdiqlaydi, shuningdek, bank faoliyatini strategik 
masalalarini hal qilishda faol ishtirok etishlari mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling