Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-rasm. Boshqaruv qarorlari unsurlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131
10-rasm. Boshqaruv qarorlari unsurlari. 
 
Bu muammoning yechimi quyidagi savollarga javob berishni talab etadi: 

Nima qilish kerak (masalan, iste‘molchilarning yana qanday yangi 
talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‗rsatkichlarini 
yaxshilash lozim)? 

Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‗llash lozim? 

Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo‗lishi kerak? 

Kim javobgar bo‗lishi kerak? 

Kimga va qaysi bahoda sotish lozim? 

Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? 

Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? 

Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi ham muhim 
ahamiyatga egadir.

3.2. Boshqaruv qarorlari tasnifi 
 
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil 
mohiyatga va mazmunga ega bo‗lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni 
quyidagi belgilar bo‗yicha guruhlarga bo‗lish mumkin (10-jadval). 
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori 
boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish 
maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga: 

Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. 

Raqobat muhitini shakllantirish. 

Chuqur tarkibiy o‗zgarishlarga erishish. 

Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‗la oladi. 
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor 
qarorlardir. Masalan: 
- Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish. 
- Kadrlar masalasini hal qilish va h.k. 
Mazkur qarorlar yuqori va o‗rta bo‗g‗in rahbarlari tomonidan uzog‗i bilan ikki 
yilgacha bo‗lgan muddatga qabul qilinadi. 
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo‗lib, barcha bo‗g‗inlar uchun 
birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish 
haqini to‗lash muddatlari va boshqa tanaffuslar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling