Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-jadval Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3-jadval
Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar T/r Talablar Izoh 1. 1 Ilmiy asoslangan bo‗lishi lozim Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo‗nda va aniq bo‗lishi lozim 2. 2 Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo‗lishi kerak Muayyan vazifani hal etishda, ko‗pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo‗shimcha vazifalarni hal etishga to‗g‗ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‗ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko‗rsatma, qoidalar bir- biri bilan bog‗lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi 3. 3 Huquq va javobgarlik doirasida bo‗lishi lozim Rahbar qarorni o‗ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo‗g‗inlarida huquq va javobgarlik ko‗lami nisbati to‗g‗risida bormoqda. Huquqlar katta, mas‘uliyati esa kam bo‗lsa, ma‘muriy o‗zboshimchalikka, o‗ylamasdan qaror qabul qilishga yo‗l ochiladi. 4. 4 Aniq va to‗g‗ri yo‗nalishga ega bo‗lishi kerak Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo‗lishi lozim. Qarordan bir necha ma‘no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo‗l qo‗ymaslik lozim 5. 5 Vaqt bo‗yicha qisqa bo‗lishi kerak Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim 6. 6 Vaqt bo‗yicha aniq bo‗lishi lozim Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‗rsatilishi lozim. Aks holda uning bajarilishini obyektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‗linmaydi 7. 7 Tezkor bo‗lishi kerak Har qanday qaror o‗z vaqtida, ya‘ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o‗zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir. 8. 8 Samarali bo‗lishi lozim Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda, qo‗yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi Ma‘lumki, qaror qabul qilish zarurati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu yerning o‗zida muammo kelib chiqadi. Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling