49
* banklar moliyaviy aktivlar bilan o‗z operatsiyalarini amalga oshiradi.
Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini
o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida
chiziqli va matrisali modellardan foylaniladi. Albatta har bir bank bunda o‗zining
spesifik xususiyatidan kelib chiqadi.
Banklarning faoliyat va operatsiya natijalari ko‗rsatkichlari quyidagilardan
iborat:
– foydalilik, rentabellik darajasi;
– banklar tarmog‗i ko‗lami va rivojlanishi;
– xizmatlar, mahsulot va texnologiyalar turlarini rivojlantirish,
-- bank xizmatlari bozoridagi ulushi,%.
Bank biznesi va tadbirkorligini boshqarishga yangicha yondashish katta
ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan ularni boshqarishda ―Makkenzi‖
kompaniyasining ―7S‖ modelini qo‗llash katta samara beradi (14-rasm).
14-rasm. Tijorat banklarini zamonaviy boshqaruv modeli va unsurlari.
Boshqaruvdagi bu elementlarning ta‘rifi va moxiyati menejmentga
bag‗ishlangan iqtisodiy adabiyotlarida to‗liq yoritib berilgan. Ularning nomlanishi
quyidagichadir:
– structure, bank tuzilmasi;
– system, bank tizimi;
– style, boshqaruv stili;
– staff, kadrlarning intellektual salohiyati;
– strategy, bank strategiyasi;
– subordinated aim, korxonaning asosiy g‗oyasi va maqsadi;
– style, bankning ish stili.
Do'stlaringiz bilan baham: