Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


 Bank faoliyatini tashkil etishning matrisali modeli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131
4.3. Bank faoliyatini tashkil etishning matrisali modeli 
 
2 va undan ortiq modelning bir vaqtda qo‗llanishi matrisali model bo‗lib 
hisoblanadi. 
Matrisali model bir necha turlarga bo‗linadi: 
- Ikki o‗lchamli matrisali model; 
- Uch o‗lchamli matrisali model; 
- Ko‗p o‗lchamli matrisali model. 
Ikki o‗lchamli matrisali model – funksional bo‗linish va mijozlar guruhlari 
bo‗yicha bo‗linishining kombinatsiyasi sifatida foydalanib tashkil etiladi. Ikki 
o‗lchamli matrisali modeldan foydalanish u yoki bu operatsiyalarni amalga 
oshiruvchi bo‗limlarni shakllantirish, mahsulot va xizmatlarni ko‗rsatishdan kelib 
chiqadi. Xalqaro bank amaliyotida bank xizmatlarini ko‗rsatish bilan shug‗ullanuvchi 
bo‗limlarni bek ofis va front ofis deb ataladi.
 
 
16-rasm. Chiziqli model turlari 
Bank nuqtai-nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga 
bo‗linishini ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‗g‗ridan-
Matrisali model turlari 
Ikki o‗lchamli matrisali 
model 
Uch o‗lchamli matrisali 
model 
Ko‗p o‗lchamli matrisali 
model 


52 
to‗g‗ri xizmat ko‗rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari 
tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishini 
kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga 
yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan ikkita 
bo‗limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‗zaro nazorat qilish tizimini 
yaratadi. 
Mijoz nuqtai-nazaridan bo‗linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta 
bo‗limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‗lgan xodimlardan o‗zining barcha 
masalalarini yechish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to 
uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‗lib, Bek-ofis 
mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo‗lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas‘uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan 
operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‗limlar bo‗yicha vazifalar 
taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. 
Uch o‗lchamli matrisali model, uchta teng o‗lchamli kriteriyalarning 
birlashiuviga asoslanadi - vazifaviy, xududiy va mijoz guruhlari bo‗yicha bo‗lim 
vazifalariga. Bunda uch o‗lchamli matrisa model tuzilishi quyidagi ko‗rinishga ega.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling