Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
Аsosiy 
g„oya va 
maqsadi 
 
strategiya 
tarkib 
mahorat 
kadrlar 
ish ulubi 
tizim 


50 
4.2.Bank faoliyatini boshqarishning chiziqli modeli va uning tuzilishi 
Chiziqli model banklarning xizmatlari, hududi, ixtisoslashuviga muvofiq, 
shulardan bittasi negizida shakllantiriladigan bankning tashkiliy tuzilishi hisoblanadi. 
Har tijorat banki uni mustaqil ravishda o‗z faoliyatidan kelib chiqib foydalanadi. 
Chiziqli model o‗z navbatida quyidagi turlarga bo‗linadi: 
- funksional model – aniq bir xizmat va mahsulotlarga yo‗naltirilgan; 
- divizion model – tarmoq faoliyatiga yo‗naltirilgan; 
- geografik model – bank mijozlari va bozorga yo‗naltirilgan. 
15-rasm. Chiziqli model turlari 
Funksional model – bankning ko‗rsatadigan an‘anaviy xizmatlari va 
operatsiyalariga (kredit, depozit, hisob-kitob, kassa, valyuta, qimmatli qog‗ozlar bilan 
bog‗liq operatsiyalari va boshqalar) muvofiq tarzda bankning tarkibiy bo‗linmalari 
ajralib chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Ushbu operatsiya va xizmatlarga mos 
ravishda banklarda guruhlar, bo‗linmalar, boshqarma va qo‗mitalar tashkil qilinadi. 
Bank yangi bo‗lim va maxsus bo‗linmalarni tashkil qilish uchun zarur bino-
inshoatlarga, kadrlarga va texnikaga ega bo‗lishi talab etiladi. 
Funksional model banklar faoliyatini tashkil etishning klassik va eng keng 
tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Ammo bu omil ushbu modelning to‗g‗ri va 
samarali ekanligini anglatmaydi. Ekspertlarning fikriga ko‗ra bank faoliyatini tashkil 
etishning funksional modeli konservativ bo‗lib bozordagi o‗zgarishlarni hisobga 
olmasligini kamchilik sifatida ko‗rsatiladi. Bundan tashqari, banklar faoliyatining 
bunday tashkiliy tuzilishi banklarda yuqori malakali mutaxassislarning bo‗lishini 
talab qiladi. Funksional modelga muvofiq banklarning maxsus bo‗linmalarini tashkil 
qilishda bankning umumiy faoliyati emas, bank biznesining tanlangan strategik 
yo‗nalishlari olinadi. Tanlangan ushbu yo‗nalishlar qo‗yilgan maqsad va strategiya 
asosida amalga oshiriladi. 
Chiziqli modelning divizion model shaklida bank biznesining alohida faoliyat 
tarmoqlarini 3 ta qismga bo‗lish tavsiya etiladi. Bular tijorat faoliyati hisoblanib 
kredit, investision faoliyati – xalqaro investisiyalar va bankning trast operatsiyalari 
kiradi. 
Banklar faoliyatini operatsiyalari asosida tashkil etish ixtisoslashuv yoki 
Chiziqli model 
turlari 
funksional model 
divizion model 
geografik model 


51 
ma‘lum bir sho‗‘balarni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, tijorat 
banklari qoshida lizing, ko‗chmas mulk, avtotransport, forfeyting, trast, konsalting, 
depozitariy, faktoring kabi bo‗linmalarni tashkil qilish orqali shakllantiriladi. 
Umuman, bankning o‗zida bir operatsiya va xizmatlarni ko‗rsatuvchi bo‗linma 
sifatida tashkil etilishi mumkin. 
Chiziqli modelning yana bir yangi shakli bozor geografiyasiga borib taqaladi 
va ko‗proq universal banklarga talluqlidir. Universal banklar turli hududlarda tashkil 
etilib turli bank xizmatlarini ko‗rsatadi. Bunday sharoitda banklarning boshqaruv 
organlari hududiy javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi va vaziyatdan kelib chiqib 
bankning tarkibiy tuzilishi funksional yoki divizion shaklida tashkil etilishi mumkin.
Chiziqli modelning to‗rtinchisi har bir tarmoqning xususiyatiga, mijozlarning 
iqtisodiy holatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Bank mijozlari mayda, o‗rta va 
kichik guruhlarga ajratilib xizmatlar ko‗rsatiladi. Bu har bir bank tomonidan mustaqil 
belgilanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling