Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-jadval   "Tizimli" yoki zamonaviy menejment


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131
2-jadval 
 "Tizimli" yoki zamonaviy menejment 
№ 
Boshqarishga 
yondashuv turlari 
Izoh 
1. 1 
Tizimli yondashuv 
- Tizim-bu bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan qismlar majmuidir. 
Har bir qism yaxlit tizimning o‗zgarishiga o‗z hissasini qo‗shadi. 
Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki 
muhitga bog‗liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondashuvda 
asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-
siyosiy), e‘tibor beriladi 
2. 2 
Vaziyatli yondashuv 
- Garchi tizimli yondashuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan 
tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o‗rinda 
qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi 
darajali degan savol ko‗ndalang turmaydi. 
- Yaxlitning qaysi bir qismi o‗ta muhim degan savolga vaziyatli 
tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi 
o‗zgarishlar tashqi muhitning ta‘siri bilan bog‗lab o‗rganiladi. 
Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab 
qiladi 
3. 3 
Funksional 
yondashuv 
- Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‗llarini 
ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish 
quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish; 
- rahbarlik qilish; 
- muvofiqlashtirish; 
- nazorat qilish va h.k. 
4. 4 
Miqdorli yondashuv 
- Bunday yondashuvda asosan: 
-menejmentning operatsion printsipiga; 
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga; 
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e‘tibor qaratiladi. 
Miqdorli 
yondashuvdagi 
boshqarish 
jarayonida 
nafaqat 
matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan 
sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi 
fanlardan ham keng foydalaniladi 
Tizimli yondashishni qo‗llash tashkilotlarda ro‗y berayotgan barcha 
o‗zgarishlarni nazorat qilish imkonini oshiradi. Shu bilan birga boshqarishni nazorat 
qilish imkoniyatlari birmuncha yaxshilanadi.
Ilmiy yondashishlarni uyg‗unlashtiruvchi yo‗nalish vaziyatli yondashish 
hisoblanadi. Bu yondashishning markazida tashkilot faoliyatida uchrab turadigan aniq 
bir vaziyat, ya‘ni holatlar yig‗indisi yotadi. Bu muammoning kelib chiqishi hamda 


35 
uni hal etish bilan bog‗liq bo‗lgan muhim va muayyan holatlarni aniqlash yo‗li bilan 
vaziyatni boshqarish, amalga oshirish imkonini beradi. 
Vaziyatli o‗zgarishlar mazmuni va tarkibi tashkilot faoliyatiga ta‘sir etuvchi 
tashqi muhitga xos xususiyatlar va belgilar bilan aniqlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling