Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131
 


26 
8-rasm.
 Bank menejmentining huquqiy asoslari 
Boshqaruv (Direktorlar kengashi)ga odatda, bankning umumiy boshqaruviga
uning strategik maqsadlarining bajarilishiga javobgar hisoblanadi. Boshqaruv 
kengashiga bankning raisi (prezidenti, boshqaruvchisi), uning o‗rinbosarlari, 
bankning muhim boshqarma boshliqlari kiradi. 
Umumiy masalalar boshqarmalarining oldida bank faoliyatining istiqbollarini 
belgilash, metodologiyani tayyorlash va ishlab chiqish, yuridik xizmat va xavfsizlik 
xizmati kabi masalalarni hal qilish turadi. Shuningdek, ushbu bo‗lim oldida Markaziy 
bank tomonidan belgilangan me‘yorlarga (aktivlarning sifati, kapitalni yetarliligi
likvidlilik va h.k.) amal qilish vazifalari yuklatilgan bo‗ladi. Moliya boshqarmasi ham 
odatda shular jumlasidandir. 
Tijorat faoliyatiga bankning turli xizmatlari – kreditlash, investisiyalash, 
valyuta, trast va boshqa aktiv operatsiyalar, shuningdek, turli pullik to‗lovlar kiradi. 
Ya‘ni, tijorat faoliyati bilan shug‗ullanuvchi blok asosiy bankning daromadini 
keltiradigan boshqarmalardan tashkil topgan bo‗ladi. Xususan, kredit boshqarmasi, 
operasion boshqarma, qimmatli qog‗ozlar bilan ishlash boshqarmasi, valyuta 
operatsiyalari boshqarmasi. Ushbu funksional blok bank daromadalari shakllanadigan 
asosiy bo‗linmalar hisoblanadi. 
Kreditlash banklarning asosiy operatsiyalaridan biri bo‗lib, tijorat banklarining 
asosiy daromadalari shakllanuvchi manba hisoblanadi. Kreditlash har bir tijorat 
bankida mustaqil amalaga oshirilib, bankning kredit siyosatiga asoslanadi.
Hisob-kitob operasion bo‗lim mijozlar o‗rtasida yuzaga keladigan o‗zaro hisob-
kitoblarni amalga oshirib, naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.
Tijorat banklari boshqa subyektlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli 
qog‗ozlarga investisiya kiritishi va ular o‗rtasida vositachilik xizmatlarini ko‗rsatib 
borishi mumkin. Bundan tashqari tijorat boshqa turli bo‗limlarni tashkli etish va
undan foydalanib bank xizmatlarini ko‗rsatish mumkin. 
Bank menejmentining 
xuquqiy asoslari 
―O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy 
banki to‘g‘risida‖gi 
qonun. 
Bank aksionerlik 
yig‗ilishi 
―Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida‖gi 
qonun 
Bank kengashi; 
Markaziy Banki 
Yo‗riqnomalari 
Bank boshqaruvi 
xujjatlari; 


27 
Moliya bloki bankning daromad va xarajatlarining hisobini yuritadi. 
Buxgalteriya, hisob-kitob markazi, kassa, banklararo vakillik munosabatlari bilan 
shug‗ullanuvchi bo‗linmalar kiradi.
Avtomatlashtirish bloki banklar faoliyatining muhim bo‗g‗ini bo‗lib 
ma‘lumotlani elektron ko‗rinishga keltirish, ularni qayta ishlash, uzatish va qabul 
qilish kabi vazifalarni bajaradi. 
Ma‘muriy blokka kadr, kanselyariya, xo‗jalik bo‗limi, binoga xizmat 
ko‗rsatadigan barcha xodimlar va boshqalar kiradi. 
Amaliyot ko‗rsatishicha, yuqoridagi bo‗limlar o‗zaro bog‗liq bo‗lib, faoliyatni 
amalga oshirishda zaruriy ma‘lumotlar almashadi. Bank faoliyatini tashkil etishda 
yuqoridagi kabi bo‗limlarning tashkil etilishi bank faoliyati yo‗nalishi, hajmi 
ko‗lamiga bog‗liq ravishda turlicha bo‗lishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatini barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ushbu 
sohadagi faoliyat xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ma‘qullanmoqda. 
Ma‘lumki xalqaro amaliyotda banklarni boshqarishga oid bir necha yondashuv va 
talablar qabul qilingan bo‗lib, ular respublika tijorat banklari tomonidan keng 
qo‗llanilmoqda. Bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasi faoliyatini alohida ta‘kidlash 
zarur. U jaxonda banklar faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi yagona 
standartlarni ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi. Jumladan, Bazel qo‗mitasining asosiy 
me‘yoriy xujjatalari quyidagilar: 
1.Bank nazoratining asosiy qoidalari (1997 yilda ishlab chiqilgan va 2006 yilda 
takomillashtirilgan) 
Bazel qo‗mitasining 1997 yilda kabul kilingan nazoratning asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat: 

samarali bank nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar;

lisenziyalash va mulk tarkibi;

yurisprudensial talablar va tartibga solish;

banklarni joriy tartibga solish uslubi;

ma‘lumotlarni takdim etish bo‗yicha talablar;

nazorat kiluvchi bo‗linma vakolatlari;

xalkaro bank amaliyotlari.
2. Bazel 1 ―kapitalni baholashning xalqaro konvergensiyasi‖(1988) 
3. Bazel 2 ―kapitalni o‗lchash va kapital standartlarining xalqaro 
konvergensiyasi‖(2004) 
4. 
Bazel 
3 banklarning 
kapitallashuv 
darajasiga 
qo‗yilgan yangi 
talablar(2010) 
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 2010 yil 26 noyabrda 
qabul qilingan ―2011
yillarda Respublika moliya bank tizimini yanada isloh 
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‗rsatkichlariga 
erishishning ustuvor yo‗nalishlari to‗g‗risida‖gi qaroriga binoan, respublikamiz bank 
tizimiga Bazel qo‗mitasining yangi tavsiyalarini joriy etish, tijorat banklarining 
moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish talab etildi. 
Bazel 3 tavsiyalariga binoan banklar likvidligini baxolash tizimiga quyidagi 


28 
ikkita talab kiritildi. 
1.Banklarning 30 kunga bo‗lgan joriy majburiyatlarining likvid aktivlar bilan 
100 foiz qoplanishi zarurligi; 
2.Uzoq muddatli likvidlik me‘yoriga qo‗shimcha sifatida banklarning bir 
yilgacha bo‗lgan aktivlari barqaror passivlari bilan 100 foizgacha ta‘miinlangan 
bo‗lishi shart qilib qo‗yildi. Natijada iqtisodiyotni innovasion taraqqiy ettirish, 
islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank menejmentida risklarni samarali 
boshqarish va baxolash bank boshqaruvidagi muhim omillardan biri bo‗ldi. Jahon 
moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotgan, moliya bozorlarida keskin raqobat 
kuchayoyatgan bir paytda risk menejmentini, bank aktivlari bilan bog‗liq bo‗lgan risk 
darajasini aniq o‗lchash, zamoanaviy boshqarish usullarini qo‗llash katta ahamiyatga 
ega.
Bank riski deganda uning faoliyatiga ta‘sir etuvchi turli omillar (iqtisodiy, 
moliyaviy, texnikaviy, ijtimoiy, siyosiy) ta‘siri natijasida bank faoliyatiga moliyaviy 
zararlar ko‗rish xavfi va bank likvidligini to‗la yoki qisman yo‗qotish xavfiga 
aytiladi. Tijorat banklarining bosh maqsadi mijozlarga sifatli xizmat ko‗rsatish orqali 
yuqori foyda olishdir. Tadbirkorlikda foyda olish doimo risk darajasi bilan bog‗liq. 
Bank faoliyatini boshqarishda bir tomondan tavakkalchilik darajasi bilan foyda olish 
o‗rtasidagi optimal nisbatni topishdir. 
Tijorat banklari motivlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari 
quyidagilardan iborat: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling