Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Bank menejmenti, uning mazmuni va ahamiyati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
2.3. Bank menejmenti, uning mazmuni va ahamiyati
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o‗rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‗lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O‗sha davr menejerlari harbiy intizomni o‗rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo‗rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‗zsiz itoat etish kabi usullarni qo‗llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‗proq qo‗shimcha qiymat undirishning g‗oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o‗z qo‗l ostidagilarni "qo‗rquv bilan umid o‗rtasida ushlash" bo‗yicha boshqargani sabab bo‗lgan. Kapitalizm tuzumining boshlang‗ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o‗zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‗lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‗lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e‘tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‗sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‗g‗risidagi ilm, fan vujudga keldi. "Ilmiy menejment" maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya‘ni "boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi 33 keyinchalik "Teylorizm" degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning "siqib suvini olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan. F. Teylor ta‘limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‗oyatda va maqbul usullarni izlashdir. Uning prinsiplariga binoan: mehnatning har bir jarayoni, uning ko‗lami va ketma-ketligi aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart; har bir mehnat turi qat‘iy vaqt oralig‗ida taqsimlanishi lozim; har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‗ysundirilgan bo‗lishi kerak; yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim; ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‗yilishi shart; boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas‘uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‗g‗ri taqsimlash shart. "Ilmiy menejment" namoyondalari o‗z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga bag‗ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya‘ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug‗ullanishgan. Ma‘muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug‗ullana boshladilar. Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‗g‗risidagi tushunchalariga keskin ta‘sir etgan. Ulardan farqli o‗laroq, mumtoz ma‘muriy maktabining asoschilari: Yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo‗g‗inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‗lishgan. Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo‗lgan. Shunday maqsad qo‗yilgan bo‗lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e‘tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondashuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo‗lmagan. "Ilmiy menejment" va "mumtoz menejment" namoyondalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko‗ra: rahbarning xodimga bo‗lgan munosabatlari alohidalashtiriladi; mehnatni rag‗batlantirish qat‘iy me‘yorlashtirildi; mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat‘iylashtirildi; mehnatni "jismonan majburlash" joriy qilindi; yollanma ishchidan "fikrsiz robot" sifatida foydalanish usuli qat‘iy o‗rnatildi. XX asrning 60-80-yillarida G‗arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. Bu davrda milliy xalqaro korporatsiyalar o‗rtasida keskin tus olgan raqobat va inqirozga uchrashlar menejerlarga yangicha yondashish zaruratini keltirib chiqardi. Ular uchun, birinchidan optimal qaror qabul qilish (resurslardan oqilona foydalanish) usullariga talab oshgan bo‗lsa, ikkinchidan tashkilotning barcha tarkibiy 34 qismi o‗rtasidagi murakkab tashkiliy munosabatlarni saqlab qolish uchun yordam beradigan boshqarish usullariga zarurat tug‗ila boshlandi. Bu ma‘lum darajada ehtiyojlarni qondirishga, menejmentga miqdoriy va tizimli yondoshishga yordam berdi: birinchidan, murakkab vaziyat paydo bo‗lganda murakkab boshqarish muammolarini tushunish, modellashtirish, miqdoriy usullardan keng foydalanish, ikkinchidan, tashkilot tarkibiy qismlari o‗rtasidagi maqsadga muvofiq bo‗lgan tashkiliy munosabatlarni saqlashga yordam berdi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling