Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-rasm. Banklarda moliyaviy innovatsiyalarning yaratilish jarayoni
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
5-rasm. Banklarda moliyaviy innovatsiyalarning yaratilish jarayoni.
21 Aktivlar menejmentida banklar aktivlar tuzilishi, miqdorini kredit berish muddatlariga rezerv doirasida muvofiqlashtirishga e‘tibor berganlar. Majburiyatlar menejmentida esa banklar yangi qo‗shimcha pul mablag‗larini topish (jumladan, banklararo bozordan qarz olish) va aktivlar chegarasini saqlashga e‘tibor qaratmog‗i lozim. Tijorat banklari faoliyatidagi vujudga keladigan risklarni boshqarish borasidagi siyosati uning aktivlari va passivlarini shakllantirishda o‗zaro qarama- qarshi bo‗lgan likvidlilik-foydalilik hamda risklilik ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi oqilona nisbatni ta‘minlashga qaratilishi lozim. Tijorat banklari boshqaruvidagi mavjud risklarni taktik choralar doirasida samarali boshqarib bo‗lmasligini jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi yana bir bor tasdiqladi. Shu sababli moliyaviy beqarorlik sharoitida tijorat banklari faoliyatini samarali boshqarish va ularni rivojlantirish, ularni baholash va samarali boshqarishni ta‘minlash strategiyasi nafaqat milliy bank tizimi balki xalqaro miqyosda ham birlamchi masala bo‗lib qolmokda. Keyingi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz bank tizimi yuqori sur‘atlar bilan taraqqiy etib, kuchli raqobat muhiti shakllanmoqda. Shuning uchun banklar mijozlar bilan ishlashda zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish hamda mavjudlarini takomillshashtirgan holda raqobatbardoshlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari talab etiladi. Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilishdan asosiy maqsad "O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida" gi qonunning 50 - moddasiga muvofiq bank tizimini barqaror tutib turish, omonatchi va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Shunga ko‗ra tijorat banklari faoliyatini baholash mezonlariga o‗zgartirishlar kiritildi va ularni xalqaro standartlar darajasiga ko‗tarishga xarakat qilindi. Ularning Bazel me‘yorlaridan farqi bank tizimi faoliyatini baholashda qo‗llaniladigan tamoyillari hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda banklarda majburiyatlar menejmentiga e‘tibor kuchayishi va kredit berishda o‗zgaruvchi foiz stavkasiga (LIBOR – London inter bank offer rate) o‗tish natijasida banklarning buxgalteriya balansi ancha kengaydi. Banklar majburiyatlarini samarali boshqarib foiz stavkalarini o‗zgartirib banklar aro bozorlaridan mablag‗larini jalb qilgan holda bank kreditlariga bo‗lgan talabni qondirishga erishmoqdalar. Naqd pullar menejmentidagi texnologik yangiliklar yangi turdagi moliyaviy mahsulotlar: kredit kartalari, fondlarni elektron o‗tkazish (EFT) vositalari, avtomatik kassir mashinalari (ATM), sotish manzilidagi mashinalari (POS) taklif etish natijasida boshqarish samaradorligini oshishiga va operasion xarajatlarni pasaytirishga sabab bo‗lmoqda. Nazariy jihatdan banklarning globallashuvi uchta yo‗nalishda amalga oshiriladi (Kanale 1997) birinchi yo‗nalishi chet mamlakatlarda filial tarmoqlarini ochish. Misol uchun, SITI guruhi va BARKLEYSlarni olaylik. Ikkinchi yo‗nalish – banklarni sotib olish va banklarning qo‗shilishi; uchinchi banklar ishtirokida strategik alyanslar tuzish.1984 yil Doych bank Morgan Grinfeldni sotib olgan. XST bankining GATS banki bilan qo‗shilishi bunga misol bo‗la oladi. Globalizatsiya jarayoni banklar tomonidan ―xavfsizlik‖ muammosini hal 22 qilishga bo‗lgan e‘tiborini kuchaytirdi. Umuman olganda ―xavfsizlik‖ muammosi ikkita jarayonni birlashtiradi: 1) banklar o‗zlarining bozor aktivlarini – uy sotib olish va yengil mashina qarzlarini – qimmatli qog‗ozlar bozoriga yo‗naltiradi. Chet el tajribasida buni Asset- backed securities (ABS) deb ataydi. 2) moliyaviy vositachilikka qarshi bo‗lgan jarayon, ya‘ni kapital bozorlaridan to‗g‗ridan-to‗g‗ri qarz olish hisoblanadi. Olimlarning e‘tirofi bo‗yicha banklarning kelgusidagi iqtisodiyotdagi roli haqida turli fikrlar bayon qilingan. Jumladan, xorij adabiyotlarini sharhlab XXI asrdagi banklarning quyidagi xususiyatlarini qayd etish lozim: 1.Banklarni qayta tuzish, uning funksiyalarini bir-biridan ajratish va ayrim hollarda narxlash va alohida xizmat ko‗rsatish; 2.Kapitalni shakllantirish – ko‗pgina banklarda ortiqcha kapitalning mavjudligi bank operatsiyalarini bajarishda va faoliyatini amalga oshirishda kapitaldan mohirona qo‗llashni, kredit risklariga bardosh berishi uchun yangi ulushlarini qayta sotib olish operatsiyalarini bajarishni talab etadi; 3.Banklar o‗zaro subsidiyalash funksiyalarini yo‗qotib uning o‗rnini bozorga kirib kelgan yangi banklar egallamoqda; 4.Banklar asosiy funksiyalarini (kredit berish va qimmatli qog‗ozlar bozorida harakat qilish) kuchaytirishlari lozim. Ularning (banklarning) qiyosiy ustunliklari axborot yig‗ishda, uni sir saqlashda, risk tahlilini bajarishda, bergan qarzlarni monitoring qilish, qarz kontraktlarini tuzish va brokerlik faoliyatini olib borishidadir; 5.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi banklarning ―xavfsizlik‖ muammosini nisbatan ikkinchi darajaga so‗rib qo‗ysada, u yanada banklar taraqqiyotida, defoltga uchramasligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‗lmoqda; 6.Rivojlangan mamlakatlarda banklar daromadining katta qismi balansdan tashqaridagi biznes faoliyatidan shakllanadi. Taraqqiyot shu tarzda davom etsa kelgusida banklarning tuzilishi o‗zgarib Luvellen (1996) ta‘kidlaganidek ―kontrakt banklar‖ maqomini oladi. Kontrakt bankning ma‘nosi shundan iboratki ular iste‘molchilar bilan moliyaviy xizmatlarni taklif etish haqida bitim tuzadilar. Bitim asosida iste‘molchiga moliyaviy xizmat ko‗rsatishda kontrakt bank ayrim xizmat turlarini boshqa banklardan, bankdan tashqaridagi moliyaviy institutlardan va kapital bozorlaridan jalb qilishi mumkin. Kontrakt bank ko‗p manbalardan keladigan risklarni inobatga olgan holda har xil turdagi moliyaviy xizmatlarni ―yagona oynadan‖ taklif etadi, hamda universal bank shaklida bir korxonada moliyaviy xizmatlarni ishlab chiqaradi. Birinchidan qaraganda, u ―virtual bank‖ga o‗xshab ketadi, ammo undan farq qiladi. Internet ―virtual bank‖ xizmatida korxonaning anonimligi iste‘molchining ishonchini yo‗qotishga olib keladi. Kontrakt banklarning xizmat ko‗rsatish va bank operatsiyalarini bajarishini quyidagicha tasvirlash mumkin. 7 Moliyaviy vositachilar to‗rtta me‘zon bo‗yicha farqlanadi. 1.Ularning majburiyatlari yoki depozitlari ma‘lum miqdorda o‗zgarmas belgilangan va ularning biznes portfoliosiga aloqasi yo‗q; 7 Kent Mathews and John Tompson. The economics of banking.Third edition.―WILY‖, 2014 .p.18 23 2.Ularning depozitlari qisqa muddatli bo‗lib aktivlarga nisbatan ancha qisqa davrni o‗z ichiga oladi. 3.Ular majburiyatlarining aksariyat qismini cheklar tashkil qiladi 4.Ularning majuriyatlari yoki aktivlari vaqt bo‗yicha transformatsiya qilinmaydi. Qarz olganni qarz bergan bank orqali monitoring qilinadi. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling