Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-bob. BANKLAR FAOLIYATINI STRATEGIK REJALASHTIRISH……157


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
12-bob. BANKLAR FAOLIYATINI STRATEGIK REJALASHTIRISH……157 
12.1.Tijorat banklarida strategik rejalashtirish tizimining tuzilishi………..……….157 
12.2. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish……………………….......159 
12.3.Tijorat banklarida strategik rejalashtirishning konseptual asoslari………..….162 
GLOSSARIY.....................................................................................................176 
FOYDALANOLGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI..........................................195 



KIRISH 
 
Bank mahsulotlari va xizmatlarini sotish – har qanday kredit tashkiloti 
faoliyatida eng muhim bosqichdir. Hozirgi sharoitda bank biznesini rivojlanishi bank 
mahsulotlari 
va 
xizmatlarini 
bozorga 
olib 
chiqish 
uchun 
informasion 
texnologiyalardan keng foydalanish, eng yangi texnikaviy vositalar va ilg‗or bank 
texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, xizmatlarning jozibadorligini oshiruvchi 
bank uslublarini izlash bilan bog‗liqdir. 
Bank xizmatlari bozorida yangi kiritilayotgan usullardan foydalanayotganda 
bank marketingini amalga oshirish davomida bank jarayonlarini takomillashtirishga 
tayanib va yangi bank texnologiyalaridan foydalangan holda marketing xizmati 
istiqbolli mijozlarga xizmatlar to‗g‗risida to‗liq hajmda axborot taqdim etish va shu 
tariqa ushbu xizmatlardan foydalanishga undaydi. 
Marketing mavjud mijozlarda yangi ehtiyojlarni vujudga keltirishga 
yo‗nalgan bo‗lishi lozim. Bunda reklama axboroti, matbuot, radio va televideniedan 
keng foydalaniladi. Shu maqsadda mijozni xabardor qilishning telemarketing, 
internet kabi eng yangi usullaridan ham foydalaniladi. Natijada bank mijozlarining 
soni ortib bankka qo‗shimcha foyda olish imkoniyati tug‗iladi, shu o‗rinda ta‘kidlash 
joizki, O‗zbekistonda bugungi kunda tijorat banklarida ―Mijoz bank uchun emas
bank mijoz uchun‖ marketing strategiyasi asosida faoliyatlarini amalga oshirmoqda
1

Bank marketingining asosiy maqsadlaridan biri yangi mijozlarni doimiy 
tarzda jalb qilish hisoblanadi va bu borada respublikamiz bank tizimida amalga 
oshirilishi zarur bir qator ustivor vazifalar mavjud. 
Moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, risklarni 
kamaytirib qo‗yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda yuqori 
daromad olishga bog‗liq. Har bir davlat o‗z hududidagi banklar barqarorligiga 
alohida e‘tibor qaratadi. O‗zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy 
rivojlanish bosqichida bank marketingi va menejmentining samarali boshqaruv 
usullaridan foydalanish masalasi o‗zgacha ma‘no kasb etadi. 
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng 
muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarga 
alohida to‗xtalib o‗tdilar: ―Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular 
kapitalining asosiy qismi, ya‘ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o‗z navbatida, 
bank sektorida sog‗lom raqobatga to‗siq bo‗lib, xizmat ko‗rsatish sifatiga salbiy ta‘sir 
qilmoqda. 
Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko‗magida bank-moliya 
tizimini rivojlantirish bo‗yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim.
Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat 
banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat 
muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini 
har tomonlama oshirishga xizmat qiladi
2
.‖ 
1
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumoti 
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar 
haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so‗zi, 29.12.2019 y.



Respublikamizda bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi tizimini tubdan 
takomillashtirishga doir beshta yo‗nalishni o‗z ichiga olgan «O‗zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida»gi 
Farmoni
3
qabul qilinishi, ushbu muhim hujjat ijro mexanizmini namunali tarzda 
yo‗lga qo‗yish, uni amalga oshirishda samaradorlikni ta‘minlash yuzasidan tegishli 
vazirlik va tuzilmalar keng ko‗lamli sa‘y-harakatlar olib borishni talab etmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga 
yo`naltirilgan bo`lganligi sababli, bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha 
ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda. Chunki tijorat banklarining foydasi bankning 
marketing strategisi va menejmentning zamonaviy uslublarini qo‗llash va bank 
rivojlanishining asosiy manbasidir. 
Hozirda, moliyaviy institut sifatida bank faoliyati likvidlilik holatini saqlab, 
risklarni kamaytirib qo‗yilma egalari va aksionerlarning huquqlarini saqlagan holda 
yuqori daromad olishga bog‗liq. Har bir davlat o‗z hududidagi banklar barqarorligiga 
alohida e‘tibor qaratadi. O‗zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy 
rivojlanish bosqichida bank marketingi va menejmentining samaradorligi masalasi 
o‗zgacha ma‘no kasb etadi. 
3
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha 
Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni. 07.02.2017 y. www.Lex.uz. 




Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling