Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-rasm. Bank menejmentida yuuqori foyda olishning uch sharti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
2-rasm. Bank menejmentida yuuqori foyda olishning uch sharti. 
 
Xarajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to‗lashga 
sarflanadigan mablag‗lar yig‗indisidir. Xarajat tarkibiga: 
- mahsulot (xizmat) tannarxi
- ma‘muriy xarajatlar; 
- ijara va foiz to‗lovlari; 
- ish haqi; 
- soliqlar kiradi. 
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab 
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‗g‗ri tanlangandagina va ulardan samarali 
foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. 
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste‘molchilarga qanchalik ijobiy natija 
keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. 
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo‗lsa, uning narxi 
1
Shаrifxo‗jаyеv M., Аbdullаyеv Yo. Mеnеjmеnt: dаrslik. –T.: O‗qituvchi, 2001, 5-b. 
Fоydа


12 
ham shuncha baland bo‗ladi. Bu esa, o‗z navbatida xaridorning sotib olish 
qobiliyatini pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita 
asosiy vazifani bajaradi: 
- resurslar iste‘molini cheklash imkonini beradi; 
- ishlab chiqarish uchun turtki bo‗lib xizmat qiladi. 
Ma‘lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‗lsa, uning narxi 
shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo‗lganlar shuncha kam bo‗ladi. 
Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar. 
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning 
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan 
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta‘sirni narxning ishlab chiqarishga 
turtki vazifasi deb ataydilar. 
Foydaga ta‘sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan 
boshqaruvchigina tanlovni to‗g‗ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi 
mumkin.
Boshqarish san‘ati va mahorati, ya‘ni menejment, shundagina namoyon 
bo‗lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, 
sodda qilib aytganda: 
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish 
jarayonidir. 
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to‗g‗ri amalga oshirishni va oqil 
qaror qabul qilishni o‗rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari 
sharoitida barcha bo‗g‗inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali 
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o‗zaro 
munosabat bo‗lib, uning asosiy vazifasi o‗quvchilarga boshqaruvning zamonaviy 
usullarini, rahbarlik san‘ati sirlarini o‗rgatishdan iborat. 
Fanni o‗qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan 
qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg‗otishdan iborat. Chunki hozir 
boshqarish asoslarini o‗rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining 
xodimlari, kichik, o‗rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar 
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish 
bo‗yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da‘vat etilgan mutaxassislar bo‗lib 
yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish 
ham ularning zimmasida bo‗ladi.
Barchaga shu narsa ayon bo‗lmoqdaki, har bir faoliyat sohasida, davlat 
boshqaruvidan tortib, jamoani boshqarishgacha professional bilim talab qilinadi. 
Boshqaruv murakkab fan bo‗lib, o‗zining fundamental tomonlari, uslublari
telefondan tortib, kompyutergacha texnik vositalari bor. Boshqaruv sohasida 
ishlayotgan har bir mutaxassis ushbu uslub va vositalardan foydalanishni bilishi 
lozim. Boshqaruv yuqori madaniyat, keng bilim va ish tajribasini talab qiladi.
Shunday qilib, boshqaruv keng ma‘noda samarali natijalarga erishish uchun 
kam vaqt va kuch sarflab boshqaruv obyektiga (shaxs, jamoa, texnologik jarayon


13 
korxona, davlat) uzluksiz ta‘sir etish jarayonidir. 
Tijorat banklari ko‗zlangan strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun 
samarali boshqaruv tizimiga ega bo‗lishi talab etiladi.
Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi rolining nechog‗lik yuqori ekanligi bevosita 
banklarning bajaradigan funksiyalari bilan bog‗liq. Quyidagi rasmda zamonaviy 
banklarning funksiyalari keltirib o‗tilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling