Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-rasm. Bank menejmentining elementlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
1-rasm. Bank menejmentining elementlari. 
Biz yuqorida keltirilgan bank menejmentining elementlarini tasniflab o‗tamiz.
Bank menejmentining obyekti. Banklar faoliyatida boshqaruvning obyekti 
bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar (aktiv, passiv va 
balansdan tashqari operatsiyalar); 
tijorat banklari faoliyati natijalari (bankning daromadlari, foydasi va 
samaradorlik ko‗rsatkichlari); 
bank xizmatlari va operatsiyalari amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlar 
va mutaxassislar. 
Hozirgi sharoitda tijorat banklari o‗rtasida raqobatning kuchayib borishi, ular 
faoliyatini boshqarishni va boshqaruv sifatini takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, 
Bank 
menejmenti 
elementlari 
Ob‘ekt 
xuquqiy 
ta‘minot 
tadbirlar 
vositalar 
Ob‘ekt 
vosita-
lar 


10 
tijorat banklari faoliyatini boshqarishning obyekti hisoblangan aktiv va passivlar 
hajmi bilan emas, balki uning sifati, risk darajasi, likvidliligi va daromadlilik 
darajasini ta‘minlashni talab etadi. Demak, boshqaruv obyektlarini aniqlashtirish 
boshqaruv sifatini oshiribgina qolmasdan, balki boshqaruvni soddalashtirish va 
samarali bo‗lishini ta‘minlaydi.
Bank menejmentining subyektlari – bu bank faoliyatini boshqarishda va 
boshqarish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar. Bank menejmenti subyektlarini 
ishtirok etishiga ko‗ra quyidagicha bo‗linadi: 
- tashqi subyektlar; 
- ichki subyektlar. 
Tashqi subyektlar bilvosita banklarni boshqarish jarayonida ishtirok etadi va 
davlat organlari bo‗lib hisoblanadi. Banklar faoliyatini boshqarishga O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki turli usullar orqali ta‘sir o‗tkazadi. Ayniqsa, 
banklarning xizmatlari va operatsiyalari bo‗yicha o‗rnatilgan iqtisodiy normativlar 
shu turdagi xizmatlar ko‗rsatishni boshqaradi va tartibga soladi.
Bank menejmentining vositalari (instrumentlari). Bank menejmentining 
vositalari – bu banklar faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda 
foydalaniladigan ma‘lum tartib qoida va me‘yorlar majmuasidir. Bank 
menejmentining vositalari umumbank faoliyati va aniq bir operatsiya yoki xizmatga 
tegishli vositalarga bo‗linadi. Umumbank faoliyatiga tegishli vositalar yoki me‘yorlar 
majmuasi bank ustavidir. Chunki bankning ustavida bank amalga oshirishi mumkin 
bo‗lgan xizmatlar, operatsiyalar va boshqa yo‗nalishlar o‗z aksini topadi.
Bank menejmentini amalga oshirish tadbirlari. Bank faoliyatini boshqarish 
jarayonida bank menejmenti vositalarini ma‘lum ketma-ketlik asosida amalga 
oshirish boshqaruv tadbiri hisoblanadi. Masalan, mijozlar talabini o‗rganish va 
bankning holatidan kelib chiqib ularga xizmatlar ko‗rsatish. Boshqaruv tadbirlari 
aynan bank ichki siyosatida keltirilgan tartiblarni bajarishning natijasidir. Bu orqali, 
tijorat banklari oldiga qo‗yilgan maqsad va bankni rivojlantirish masalalarini hal 
qilishga yordam beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling