Korporativ obligatsiyalar - korporativ tashkiliy tuzilmalar(yuridik shaxslar)
tomonidan o‗zining faoliyatini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan qarz
instrumentlaridir.
Kredit – iqtisodiy kategoriya bo‗lib, u vaqtincha o‗z egalari qo‗lida bo‗sh
turgan pul mablag‗larini boshqalar tomonidan ma‘lum muddatga haq to‗laщ щarti
bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni
bildiradi.
Kredit ekspansiyasi - mamlakatning ssuda kapitallari bozorida foiz
stavkalarining pasayishi natijasida kredit oluvchilarning ko‗payishi va buning
oqibatida, kredit qo‗yilmalari hajmining keskin ko‗payishidir.
Kredit mexanizmi - kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo‗llaniladigan
elementlar majmuasidir.
Kredit paketi - kreditlash jarayoni uchun zarur bo‗lgan xujjatlar majmuasi
tushuniladi.
Kredit portfelining diversifikatsiyasi – bu bankning ba‘zi mijozlaridan
ko‗rgan zararlarni boshqa mijozlardan ko‗rgan daromad hisobidan qoplash
maqsadida bankning kredit resurslarini kam miqdorda ko‗p sonli mijozlar o‗rtasida
taqsimlash demakdir.
Kredit portfeli - tojorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar jamlovchi
xujjat.
Kredit potensiali - bankdagi yig‗ilgan, tarkib topgan mablag‗lardan likvidlilik
rezervlarini ayirmasiga teng.
Kredit riski – bu qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining
bajarilmasligi, ya‘ni kredit summasining (qisman yoki to‗liq) va u bo‗yicha
foizlarning to‗lanmasligidir.
Kredit riski - bu qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining
bajarilmasligi, ya‘ni kredit summasining (qisman yoki to‗liq) va u bo‗yicha
foizlarning to‗lanmasligidir.
Kredit riski - kreditlarni qaytmasligi natijasida zara ko‗rish xavfidir.
Kredit siyosatiga ta‟sir etuvchi ichki omillar – kredit siyosatiga ta‘sir etuvchi
ichki manba omillarga: bank resurslarning baza va strukturasi tuzilmasi, kredit
tashkilotlarning likvidligi, banklarning ixtisoslashganligi, maxsus o‗qimishli
hodimlar miqdori va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |