Imtiyozli aksiyalar - oddiy aksiyalar singari firmani, korxonaning kapitalini bir
kismiga egalik kilish xukukini beradi, ammo uning egasi boshkaruvda ishtirok etish
xukukini bermaydi.
Inflyatsiya - mamlakat iqtisodiyotida iste‘mol tovarlari va xizmatlari narxlari
umumiy darajasining o‗sishi. Inflyatsiya, bu tovar muomalasiga nisbatan qog‗oz pul
massasining ortiqchaligidir.
Internet - hisoblash tarmoqlari tizimi bo‗lib, o‗zaro aloqa tarmoqlari
kanallarini (gateways) birlashtirib, axborotlarni o‗z atadi. Axborotlarni jo‗natish
tarmog‗ida qayta ishlab ixchamlashtiradi va qabul qilish tarmog‗ida protokol shakliga
aylantiradi. Internet-matn, grafik, audio va video axborot ayirboshlashni, hech qanday
hududiy va milliy chegaralarsiz jonli aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta‘minlovchi
global kommunikasiya vositasidir.
Investisiya - bu barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular
tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yunaltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy
samaraga erishishidir
Investisiya institutlari – bu kimmatli kogozlar bilan uz faoliyatini asosiy
faoliyat sifatida amalga oshiruvchi kimmatli kogozlar bozorining professional
ishtirokchilaridir.
Investisiya jarayoni – pul taklif kiluvchilar (vaktincha bush mablag‗larga ega
bulganlar) ni pul talab kilayotganlar (ularga extiyoj sezayotganlar) bilan uchrashtirish
mexanizmidir.
Investisiya kompaniyasi – bu kimmatli kogozlarni chikarish, kimmatli
kogozlarga mablag‗lar sarflash, kimmatli kogozlarni uz nomidan va uzi xisobidan
olish–sotish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
Investisiya loyihasi - ijtimoiy, iqtisodiy samaraga erishish uchun pul
mablag‗larini kiritilishini talab etuvchi loyiha.
Investisiya maslaxatchisi – bu maslaxat faoliyati bilan shugullanuvchi
investisiya institutidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |