Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Devidend - deb ataluvchi daromad aksionerlarga ularning kulidagi aksiyalar  soniga muvofik tulanadi.  Elektron pul


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
Devidend - deb ataluvchi daromad aksionerlarga ularning kulidagi aksiyalar 
soniga muvofik tulanadi. 
Elektron pul – hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida 
bajarish uchun qo‗llaniladigan kredit pullarining eng so‗nggi turi; kredit 
kartochkalariga o‗xshagan pul.
Emissiya - muomalaga pul yoki qimmatli qog‗ozlarni chiqarish. Pul 
emissiyasi-bu muomaladagi pul massasini ortishiga olib keluvchi pullarni 
chiqarishdir. 
Emitent - qimmatli qog‗ozlarni chiqargan tashkilot hisoblanadi. 
Erkin iqtisodiy zonalar - qo‗shma global zonalar, xorij kapitalining erkin 
amal qilishi uchun ajratilgan maxsus hudud.
Faktoring - bu xo‗jalik yurituvchi subyektlar – mol yetkazib beruvchilarni 
(bundan keyingi matnda - mijoz) ular tomonidan bank - moliya agentiga 
to‗lovchilardan (bundan keyingi matnda -to‗lovchi) jo‗natilgan tovarlar, bajarilgan 
ishlar yoki ko‗rsatilgan xizmatlar uchun ular tomonidan akseptlangan, lekin hali 
to‗lanmagan to‗lov talabnomalari bo‗yicha pul to‗lovini olish huquqini o‗tib 
berishlari evaziga, regres huquqisiz, moliyalashtirish borasidagi bank xizmati turidir.
Faktoring - hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turi bo‗lib, 
mijozning kapitalini kreditlash bilan shug‗ullanadi. 
Fiskal-monetar risk- davlat o‗tkazayotgan moliyaviy va byudjet siyosati 
yordamida, narxlar darajasini barqarorlashtirish va optimal soliq me‘yorlarini, pul 
massasining ta‘minoti va kon‘yunkturasini tartibga solish bo‗yicha Markaziy 
bankning samarali aralashuvi va boshqalar orqali yirik, murakkab tizimlar 
barqarorligi va iqtisodiy o‗sishini ta‘minlash bo‗yicha masalalarni yechishda yuzaga 
keladigan risklar majmuasidan iborat. 
Foiz riski -foiz stavkalarini tebranishi natijasida zarar ko‗rish ehtimolini 
bildiradi. 
Foiz stavkasi -qarzdor kishining olgan qarzi uchun pul egasiga to‗laydigan 
to‗lovidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling