Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   131
Banklararo kredit - boshqa tijorat banklaridan olingan kredit. 
Banklararo kreditlar – bank kreditining keng tarqalgan shakllaridan biri. 
Banklararo kreditning joriy stavkasi ma‘lum bir tijorat bankning boshqa turdagi 
ssudalar berish siyosatini aniklab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu normaning 
aniq miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
Bankning aktiv operatsiyalari - banklarning kelajakda daromad olish 


175 
maqsadida jamlangan kredit mablag‗larini kreditlarga va investisiyalarga 
joylashtirilishi va boshqa maqsadli operatsiyalaridir. 
Bankning passiv operatsiyalari – bankning mablag‗larni jalb qilish bilan 
bog‗liq operatsiyalaridir. Banklarning passiv operatsiyalari bu – banklar kredit va 
boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun o‗z resurslarini shakllantirish 
operatsiyalaridir. 
Bek-ofis - bu HKKM (Hisob-kitob kassa markazlari)ning tarkibiy qismi bo‗lib, 
front-ofis mas‘ul hodimlari tomonidan Markaziy bank mijozlaridan qabul qilingan 
yoki Markaziy bank va hududiy Bosh boshqarmalar tegishli tarkibiy bo‗linmalari 
tomonidan moliyaviy-xo‗jalik faoliyat bo‗yicha taqdim qilingan va dastlabki 
nazoratdan o‗tgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi asosida yakuniy bank 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi mas‘ul ijrochi buxgalterlar guruhi. 
Benefisiar bank - bu to‗lov operatsiyasini yakunlovchi bank. 
BERI indeksi- mamlakat iqtisodiy risklari xajmini belgilovchi ko‗rsatkich. 
Biznes (biddines) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo‗jalik 
faoliyati yoki sohibkorlik–tijorat ishlari bilan shug‗ullanish, pul topish maqsadida 
biror ish bilan band bo‗lish. Biznes mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, xizmat 
ko‗rsatish, transport va boshqa sohalardagi faoliyatdir. 
Bozor – sotuvchi bilan xaridor o‗rtasida tovarni pulga ayirboshlash 
munosabati; tovarlar bilan oldi-sotdi munosabatlari, tovar ishlab chiqarish, tovar 
ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. 
Bozor (market)– sotuvchi bilan xaridor o‗rtasida mahsulotni ayirboshlash 
munosabati; msulotlar bilan oldi-sotdimunosabatlari, mahsulot ishlab chiqarish
mahsulot ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. 
Bozorda ikki jarayon amalga oshadi: biri mahsulotlarni sotish, bunda mahsulot pulga 
almashadi. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. 
Ayirboshlash obyektining moddiy shakl jihatidan olganda, iste‘mol mahsulotlariva 
xizmatlar, ishlab chiqarish vositalari, investisiya, qimmatbaho qog‗ozlar, ilmiy 
g‗oyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat bozorlari mavjud. Ayirboshlash miqyosi 
jihatidan mahalliy, hududiy, milliy va jahon bozori, ichki va tashqi bozorlarga 
ajratiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling