Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankning aktiv operatsiyalari
- Bankning passiv operatsiyalari
- Benefisiar bank
- Bozor (market)
Banklararo kredit - boshqa tijorat banklaridan olingan kredit.
Banklararo kreditlar – bank kreditining keng tarqalgan shakllaridan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma‘lum bir tijorat bankning boshqa turdagi ssudalar berish siyosatini aniklab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu normaning aniq miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Bankning aktiv operatsiyalari - banklarning kelajakda daromad olish 175 maqsadida jamlangan kredit mablag‗larini kreditlarga va investisiyalarga joylashtirilishi va boshqa maqsadli operatsiyalaridir. Bankning passiv operatsiyalari – bankning mablag‗larni jalb qilish bilan bog‗liq operatsiyalaridir. Banklarning passiv operatsiyalari bu – banklar kredit va boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun o‗z resurslarini shakllantirish operatsiyalaridir. Bek-ofis - bu HKKM (Hisob-kitob kassa markazlari)ning tarkibiy qismi bo‗lib, front-ofis mas‘ul hodimlari tomonidan Markaziy bank mijozlaridan qabul qilingan yoki Markaziy bank va hududiy Bosh boshqarmalar tegishli tarkibiy bo‗linmalari tomonidan moliyaviy-xo‗jalik faoliyat bo‗yicha taqdim qilingan va dastlabki nazoratdan o‗tgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi asosida yakuniy bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi mas‘ul ijrochi buxgalterlar guruhi. Benefisiar bank - bu to‗lov operatsiyasini yakunlovchi bank. BERI indeksi- mamlakat iqtisodiy risklari xajmini belgilovchi ko‗rsatkich. Biznes (biddines) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo‗jalik faoliyati yoki sohibkorlik–tijorat ishlari bilan shug‗ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo‗lish. Biznes mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, xizmat ko‗rsatish, transport va boshqa sohalardagi faoliyatdir. Bozor – sotuvchi bilan xaridor o‗rtasida tovarni pulga ayirboshlash munosabati; tovarlar bilan oldi-sotdi munosabatlari, tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor (market)– sotuvchi bilan xaridor o‗rtasida mahsulotni ayirboshlash munosabati; msulotlar bilan oldi-sotdimunosabatlari, mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozorda ikki jarayon amalga oshadi: biri mahsulotlarni sotish, bunda mahsulot pulga almashadi. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Ayirboshlash obyektining moddiy shakl jihatidan olganda, iste‘mol mahsulotlariva xizmatlar, ishlab chiqarish vositalari, investisiya, qimmatbaho qog‗ozlar, ilmiy g‗oyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat bozorlari mavjud. Ayirboshlash miqyosi jihatidan mahalliy, hududiy, milliy va jahon bozori, ichki va tashqi bozorlarga ajratiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling