Bank kredit portfeli monitoringi - bu kredit resurslarini rasional joylashtirish
va undan samarali foydalanish hamda berilgan kreditlar va ular bo‗yicha hisoblangan
foizlarni o‗z vaqtida undirib olishni ta‘minlashga yo‗naltirilgan bilimlar, uslublar va
chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Bank kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklari
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni
belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlash portfelini samarali
boshqarishga doir ko‗rsatmalar bilan ta‘minlovchi hujjatdir.
Bank krediti – bu moliya muassasalari(banklar, fondlar, tashkilotva
uyushmalar) tomonidan har qanday xo‗jalik subyektlari(tadbirkorlar, korxonalar,
tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida ssuda tarzida beriladi.
Bank krediti-banklar pulni uning sohiblariga foiz to‗lash sharti bilan o‗z
qo‗lida jamlaydilar va o‗z nomidan qarzga berib, foiz olishdir.
Bank likvidliligi- banklar majburiyatlarini o‗z vaqtida qaytara olish qobiliyati
yoki passivlardagi majburiyatlarni qaytarish uchun aktivlarni pulga aylanish
qobiliyatidir.
Bank passivlari-yuridik va jismoniy щaxslarning bo‗sh pul mablag‗lari, o‗z
mablag‗lari hamda Markaziy bankning kreditlaridan tashkil topadigan , bank
xarajatlari bilan bog‗liq operatsiyalar majmui.
Bank riski-Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatida moliya bozoridagi
iqtisodiy kon‘ekturaning o‗zgarishi natijasida yuzaga keladigan zara ko‗rish havfi
tushuniladi.
Bank sindikati - sindisiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan
ortiq banklar o‗rtasida o‗zaro kelishuv.
Bank tizimi - yagona ma‘noga ega emas. Uni turli belgilariga qarab guruhlash
mumkin. O‗zbekiston Respublikasi bank tizimi ikki pog‗onadan iborat. Birinchi
pog‗ona banki-Markaziy bank, ikkinchi pog‗ona banklari tijorat banklari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |