MАVZU: Fаvquloddа vаziyat havfi tig’ilganda vа sodir bo’lganda aholini evakuatsiya qilish. - Tarqoqlashtirish - bu yirik shahar va aholini oldindan mo'ljallangan turar joylarda ushbu shahar va turar manzilgohlarida urush vaqtida ishlashni davom ettirayotgan xalq xo‘jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilarini tartibli ravishda olib chiqish va shahardan tashqari hududlarda joylashtirishga mo'ljallangan tadbirlar majmuasidir. Shahardan tashqari joylarda tarqoqlashgan ishchi va xizmatchilar navbat bilan shaharga (aholi turar maskanlariga) ishlash uchun o‘zlarining korxonalariga borib ishlarini tugatgach, dam olish uchun yana shahar tashqarisiga qaytib kelishadi.
- Ko`chirish (evakuatsiya) - bu yirik shaharlar va boshqalar oldindan ko‘z ostiga olingan aholi turar joy manzilgohlaridan xalq xo‘jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilarini olib chiqishga qaratilgan tadbirlar uyushmasi.
- Ular ish faoliyatlarini urush davrida, shahardan tashqari hududlarga ko‘chirishadi. Bulardan tashqari, ko'chirish jarayoniga mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotgan va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydigan hamda katta doiradagi talafotlarga olib keluvchi suv bosgan joylarda istiqomat qiluvchilarning qo'shilishi kuzatiladi.
- Shahardan tashqari hudud - yirik shaharlar va muhim inshootlar uchun belgilangan ehtimoliy vayron bo‘lishi mumkin bo'lgan hududdan tashqaridagi manzilgohdir. Bu yerda fuqarolar muhofazasi guruhlari ko'chirilib, tarqoqlashtirilgan aholi joylashtiriladi. Shahardan tashqari hududlarni tayyorlash jarayonlari tinchlik davrida boshlanadi.
- Aholini tarqoqlashtirish va uni ko'chirish jarayoni asosiga korxona-hudud prinsipi qo‘yilgan. Tarqoq holga keltirilgan va ko'chirilganlarni joylashtirish masalasi, hududni viloyatlar, respublika fuqarolar muhofazasi boshlig'i tomonidan belgilanadi.
- Bevosita ehtimoliy vayron bo'ladigan hudud urush paytida faoliyatini davom ettirayotgan xalq xo‘jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilari uchun mo'ljallangan tarqoqlashtirish hududi yonida tashil etiladi.
- Odat bo'yicha, tarqoqlashtirish hududi shahardan shunchalik uzoq masofada joylashishi kerakki, toki ishchilar va xizmatchilarni ishga olib borish va u yerdan orqaga qaytarib olib kelish uchun ketgan umumiy vaqt 4 soatdan oshmasligi kerak.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |