Mаvzu: Fаvquloddа vаziyat havfi tig’ilganda vа sodir bo’lganda aholini evakuatsiya qilish


Download 84.16 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi84.16 Kb.
#1057773
1   2   3   4   5
Bog'liq
FM 11-mavzu

Tarqoqlashtirish hududi - temir yo'l bekatlariga (stansiyalar) hamda transport yo'llariga yaqin masofada bo'lishi zarur. Tarqoqlashgan aholining joylashgan maskani, shahardan ko'chirilganlar manzilgohlariga nisbatan aytarli darajada yaqin bo'lishi lozim. Bunga sabab shuki, shahardan tashqari hududlarda fuqarolar muhofazasi guruhining dastlabki kuchlarining (eshelon) tashkil etilgani, ularning zarar topgan o'choqlarga birinchilardan bo'lib kirishi va qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan avariya-talafot ishlarini (KBAT) bajarish kerak. Mazkur tuzilmalar dam olayotgan navbatchilami ham o'z ichiga oladi.
  • Ko'chirilgan aholi uchun ajratiigan joy, odatga ko'ra tarqoqlashtirilgan ishlamaydigan aholini hamda urush davrida faoliyati to'xtab qolgan yoki shahardan tashqariga ko'chirilgan xalq xo'jaligi inshootlarining ishchi va xizmatchilarini joylashtirish maskanlari, hududdan orqaroq masofada tashkil etiladi. Shahardan tashqari, ancha uzoqroq joylarga ko‘chiriladigan aholi orasidan fuqarolar muhofazasining 2-eshelon kuchlari guruhi ushbu shahar foydasi uchun tashkil qilinadi.
  • Ayrim hollarda maxsus ko'rsatma bo'yicha. ko'chirish ishlari qisman amalga oshiriladi. Bunday amallar umumiy ko'chirish jarayonigacha bajariladi. Qisman ko'chirish ishlarini olib borish paytida, ishlab chiqarish va maishiy xizmat tizimi, aholining ishlamaydigan qismi shahardan tashqariga ko'chiriladi. Odatda. qisman ko'chirish jarayoni bolalar jamoalari: intemat-maktabi, bolalar uylari va h.k. hamda tuzilmalarning bir qismiga tegishli bo'ladi
  • Ko'chirish jarayonining asosiy usuli - majmuaviy usuldir. Ko'chirishning majmuaviy usuli shahardan odamlarni piyoda ko'chirish jadvaliga ko'ra, harbiy va o'ta muhim xalq xo'jaligi bo'yicha tashish ishlari bilan band bo'ladigan barcha avtotransportlardan foydalanib, amalga oshiriladi. Ushbu usulning barcha aholini transportlar yordamida shahardan olib chiqishga nisbatan afzalliklari mavjud:
  • 1) barcha ko'chirish yo'llaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi;
  • 2) aholining asosiy qismi xavfsiz hududlarga, nisbatan qisqa vaqt ichida yetib boradi.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling