O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI
HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI
FANIDAN
RUS VA QARDOSH TILLAR FAKUL’TETI, ONA TILI VA ADABIYOTI (RUS TILI VA ADABIYOTI ( O’ZGA TILLI GURUHLARDA)) TA’LIM YO’NALISHI IV- KURS 402-GURUH TALABALARIGA “FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFI TUG’ILGANDA VA SODIR BO’LGANDA AHOLIGA XABAR BERISH VA ULARNI XAVFLI HUDUDLARDAN XAVFSIZ HUDUDLARGA KO’CHIRISHNI (EVAKUATSIYA) TASHKILLASHTIRISH.” MAVZUSIDAGI OCHIQ DARSI
MA’RUZA MATNI
T E R M I Z
Favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda va sodir bo’lganda aholiga xabar berish va ularni xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga ko’chirishni (evakuatsiya qilishni)tashkillashtirish.
Reja:
1.Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.
2.Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish.
3.Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va
ulardan foydalanish.
4.Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
1.Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari.
Tinchlik va urush vaqtlarida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilish fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1. Aholini favqulotdagi vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida xabardor qilish.
2. Aholini favqulotda vaziyat sodir bo‘lgan joylardan boshqa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
3. Aholini fuqaro muhofazasini muhofaza qilish joylariga ko‘chirish (berkitish).
Urush vaqtida aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy yunalishlari quyidagicha:
1. Aholini fuqaro muhofazasining muhofaza qilish joylariga berkitish.
2. Aholini evakuatsiya qilish, ishchi va xizmatchilarni va ularning oilalarini birinchi kategoriya obektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz zonalarga va shahar tashqarisidagi hududlarga ko‘chirish.
3. Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini himoya qilish uchun ishlatladigan anjomlardan, medik vositalardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |