Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi
Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish
Download 0.75 Mb.
|
Ochiq dars
3.Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish.
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish Aholini radiatsiyadan muhofaza qilish maqsadida turli xildagi inshootlar mavjud. Muhofaza inshootlari aholini muhafazalovchi ishonchli vositadir. Bu inshootlar aholini turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan hamda ommaviy qirg‘in qurollarning ta’sir etish omillaridan saqlaydigan boshpana hisoblanadi. Muhafazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga ko‘ra, pana va radiatsiyaga qarshi pana joylarga bo‘linadi. Bunday inshootlar quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda: -yo‘nalishga ko‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishga mo‘ljallangan; -joylashgan o‘rniga ko‘ra: alohida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari, shaxtalari); Qurilish muddatiga ko‘ra: boshpana RSB (radiatsiyadan saqlovchi boshpana) va oddiy boshpanalar quriladi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholini fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida yashirish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yo‘qotishlarni olidini oluvchi eng samarali usulidir. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida fuqaro muhofazasining “Havo trevogasi”, “Radiatsiyaviy xavf” va “Kimyoviy trevoga” komandalari beriladi. “Kimyoviy trevoga” komandasi berilganida panajoylarga yashiruvchilarga obyektning fuqaro muhofazasi xodimlari, fuqaro muhofazasi shtabi xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalarini tarqatishni tashkil etishlari kerak. Panajoylarga kirish to‘g‘risida buyruqni obyekt rahbari-fuqaro muhofazasi boshlig‘i berishi kerak. Agarda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda aholining panajoylarga o‘z vaqtida yetib kela olmagan qismi panajoylarga kirishdan oldin ularga panajoyning maxsus joyida qisman dezinfeksiya qilinadi. Panajoylarda aholi joylashishi uchun strelkalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlardan jabrlanganlarni yoki jabrlanish ehtimoli tug‘ilganda aholini panajoylarga joylashtirish tadbirlarini qoniqarli va samarali olib borish maqsadida obyekt fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi shtabi xodimlaridan iborat bo‘lgan zvenolar tuziladi. Panajoylarga aholini tartib bilan, kolonnalarga ajratgan holda olib kiriladi. Kolonna boshlig‘ida hududning va panajoylarning chizmasi (sxema) bo‘lishi kerak. Ko‘chirilayotganlar tarkibida agarda bemorlar bo‘lsa, ularga birinchi tibbiy yordami ko‘rsatilib, ularga sog‘lom kishilar birkitib qo‘yiladi. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda komandasiz shaxsiy himoya vositalarini yechish, yakka holda yurish, osmonda osilib turgan xavfli uskunalar ostida turish, yerda yotgan elektr simlariga yaqinlashish yoki tegish, tutun chiqqan joylarga komandasiz bormaslik lozim. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling