Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi
Download 0.75 Mb.
|
Ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy zaharlanishda
- Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
Radioaktiv zaharlanishda:
Ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lib, alohida (bolalar uyi, tibbiyot muassasalari, internatlar va x.q. dan tashqari) obyektlarda hududiy tamoyilda amalga oshiriladi. Aholini ko‘chirish 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1-transportga chiqarish joyidan KOP gacha. 2 - KOPdan rejadagi joylashtirish joylargacha. Kimyoviy zaharlanishda: Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, kimyoviy xavfli inshootlarda bo‘ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud. Asosiy sabablar quyidagicha: -korxonadagi texnologik jihozlarning nosozligi; -uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirishi; -moddalarning ishlab chiqarishda, saqlashda, tashib oborishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli; -portlash, yong‘in sodir bo‘lishi, halokatlar tufayli; -moddalar bilan ishlashda, ularning saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik; -chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi; -korxonada mehnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi yetarli emasligi; -mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni qo‘llanishi. Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. 1.Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun shu kimyoviy radiatsiyaviy xavfli obyekt joylashgan hudud to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyi aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to‘g‘risidan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. 2. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta’sirini oldini olishga, ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish. 4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish. 5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va vositalarni doimo shay turishini ta’minlash. 6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish. Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholab borish. Vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi: -favqulodda vaziyatning aniq turini bilish; -vaziyat tafsiloti va ko‘lamini aniqlashning ishonchli usullarini, uskuna –jihozlarini topish; -fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o‘z vaqtida ogohlantirish; -talofatlar va moddiy zararlarning oldini olish yoki ularning ta’sir kuchini mumkin bo‘lgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‘rish. Aholini evakuatsiyasi fuqaro muhofazasi organlarining ko‘rsatmasi bilanamalga oshiriladi. Ko‘rsatmalarin olgach odamlar eng kerakli narsalarni yig‘ishlari lozim, SIZ 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqat, ichimlik suvini, aptechkani, pullarni, hujjatlarni va bog‘chaga boradigan bolalarni evakuatsiyaga tayyorlash va aytilgan vaqtda KIPda bo‘lishi kerak.KIPda aholi registraturasidan o‘tadilar. KIP ishchilari boshchiligida vagonlarga taqsimlanadilar, avtomobillarga, yayov kolonnalarga va avtomobillarga taqsimlanadilaro va belgilangan vaqtda jo‘naydilar va jo‘nash punktlariga olib chiqadilar. YAyov evakuatsiya qilinadigan aholini kalonnalarga 500-1000 odam bo‘lib bo‘linadi, kolonnalar esa 50-100 kishilik gruppalarga bo‘linadi. Obyekt boshliqlari kolonna boliqlarini tayyorlashadi harakat tezligi 3-4 km.soat mo‘ljallangan. Kolonnalar o‘rtasida masofa 500 metr deb belgilanadi. Har bir 4-1,5 soat yurgandan keyin 15 minut dam olinadi, sutkanint ikkinchi yarimida 1-2 soat dam olinadi. Evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish ishlarini mahalliy oblast, rayon boshliqlari amalga oshiriladilar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling