Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi
Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida
Download 0.75 Mb.
|
Ochiq dars
Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida:
Ko‘chirish gidrotexnika inshoatlari buzilish xavfi tug‘ilgan yoki buzilgan hollarda yoxud suv havzalaridagi suv sathi ko‘tarilib ketganda (toshqinda), shuningdek obyekglarni va turmush kechirishni ta’minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‘tkaziladi. Ko‘chirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlarda KIP yo‘lga qo‘yiladi (ishlab chiqarish xududiy tamoyilida). Oldindan o‘tkazish davri qisqa bo‘lganda aholini ko‘chirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 bosqichda o‘tkaziladi. Ko‘chirish ishlari bo‘yicha farmoyish olingandan so‘ng tadbirlar to‘rt soat ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan so‘ng FMB, qarorgohi, ko‘chirish komissiyasi, ko‘chirish boshlanganligi haqida ko‘chirish punktlarini, qabul qilish punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bo‘lib kuzatuv asosida, yo‘l harakatiga rioya qilgan holda ko‘chiriladi. - ko‘chiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda ko‘chirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari (punktlari) bo‘yicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish na ularni piyoda yunalishlarga biriktirib qo‘yish; - ko‘chirish yo‘llarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlar qo‘yish, qo‘nib o‘tish joylarini jihozlash; - KIPni, transportga chiqish-tutish punktlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlash; - xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish; - mavjud muhofaza inshoatlarini shay holatga keltirish. Aholini ko‘chirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: - ko‘chirish boshlangani va tartibi haqida ko‘chirish tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga, shuningdeq aholiga xabar berish; - ko‘chirish tashkilotlarini yo‘lga qo‘yish va shay holatga keltirish; -ko‘chiriladigan aholini yig‘ish va xavfsiz joylarga jo‘natishga tayyorlash; - piyoda kolonnalarni tuzish va yo‘nalishlardagi boshlang‘ich punktlarga olib chiqish; - transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga keltirish hamda aholini transportga chiqarish. - ko‘chirilgan aholini oldindan tayyorlab qo‘yilgan, turmush kechirish mumkin bo‘lgan sharoitlar ta’minlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va joylashtirish. Har bir alohida favqulodda vaziyatlarda aholini ko‘chirishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Yer qimirlaganda (zilzilada): Aholini ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lishi mumkin. Ko‘chirishni o‘tkazish odatda yul-transport imkoniyatlariga qarab belgalanadi. Ko‘chirish shikastlangan joylarda KIP yo‘lga qo‘yilib, bir bosqichda ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarda amalga oshiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling