Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi
Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish
Download 0.75 Mb.
|
Ochiq dars
Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham yer osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari yer to‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni yer osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin. Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga yerto‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga ko‘ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Chunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi. Oddiy pana joylar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qo‘lda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish to‘lqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yorug‘lik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi. Yopiq tirqish yorug‘lik nurlaridan to‘la, to‘lqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg‘ir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi to‘g‘ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo‘lmagan bir nechta qismlardan (bo‘lak) iborat. Chuqirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi. Tirqishlarining sig‘im miqdori 10-15 odamdan ko‘pi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq yerto‘laday qaziladi, taxta, yog‘och bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O‘tirishga so‘ri tayyorlanadi. Ustini yog‘och bo‘laklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., o‘rtasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomg‘ir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. bo‘ladi. Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi. Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizatsiya), ya’ni havo o‘tmaydigai qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv o‘tkazadigan quvurlarda hosil bo‘lgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan o‘rab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yog‘och yoki temir tirgaklar, balonlar o‘rnatishni kuchaytirish kerak. Yerning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qo‘shimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, so‘ngra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qo‘yiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda g‘ishtdan devor quriladi. Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni g‘isht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k. Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni yer ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa ko‘rinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi. Tog‘-kon sanoati va ko‘mir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar yer osti yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga ko‘tarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayyer holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan ta’minlash, ichimlik suvi yetkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi. Jihozlanishning asosiy shartlari: -kimyoviy va germetik to‘siqlarni o‘rnatish; -kirish yo‘llarini odamlarni tez o‘tkazish uchun ta’minlash; -odam ko‘tarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;. -yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan ta’minlash; -yashirinuvchilarni shaxta suvlaridan foydalangan holda suv manbaalarini tashkil qilish; -boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni ta’minlash; -iloji boricha ikki qavatli so‘rilar va o‘rindiqlarni o‘rnatish; -yong‘inga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda ta’millash kerak. Yer osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka ko‘rinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material o‘rnatiladi. Turli xil ratsiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun yer osti qurilmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: -uch sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash; -suv bosmaydigan joylarga qurish; -oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish; -chiqish va kirish eshiklari bo‘lishi. Yer osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli so‘ri mavjud bo‘lishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‘i, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sig‘imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud bo‘ladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari bo‘ladi. Radioatsiya changi va xavfli aerozollardan uylarni himoya qilish. Urush va tinchlik paytidagi favqulodda vaziyatlar havo bo‘shlig‘ining radioaktiv chang va zaharlovchi modda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va xavfli aerozollar bilan zaharlanishi mumkin. Radiatsiyaviy avariya- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning hatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi. Uy sharoitida radiatsiyadan, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan va boshqa zaharli moddalardan muhofazalanish yo‘l-yo‘riqlarini yaxshi bilish zarur. Buning uchun radiatsiyaviy va boshqa zaharlovchi moddalarlarning xususiyatlari, ular ishtirokida avariya sodir etilgan vaqtda ularning ta’sir doirasi, zaharlash darajasi (va h.k.)ni hamda taxminiy oqibatlari haqida tushinchaga ega bo‘lish lozim. Radiatsiya tarqalishi bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda obyekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i favqulodda vaziyatni oldini olish, ishchi-xizmatchilarning va aholining meyordar ortiq zaharlanishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli tadbirlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va FVDTning tizimlari xodimlari bilan hamkorlikda olib boradi. Radioaktiv chang eshik, fortochka, tirqishlar orqali yashash va ishlab chiqarish binolariga, omborxonalariga kirishi mumkin. Asosan, binoga turli zararli gazlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishidan saqlanish va uni himoya qilishga tayyorlanish uchun binolarni germetiklashtirish kerak hamda barcha tirqishlar berkitishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari uyning nurlanish ta’siridan saqlash uchun hiomya vositalarini kuchaytirish kerak. Buning uchun deraza bo‘shlig‘ini tuproq to‘ldirilgan qoplar bilan yopiladi, bir qavatli bino devorlarining qalinligini oshirish uchun 1,0 dan 1,8 metr balandlikda tuproq bilan to‘ldiriladi. Sepilgan tuproqni qattiq qilish uchun taxtadan foydalanish mumkin. Qishloq joylarda uylarni germetizatsiya qilishda tashqaridagi shaxta quduqlarining atrofini 1-1,5 metrga sement, loy va shu kabilar bilan yopish va germetizatsiya qilish zarur. Uylarni germetizatsiya qilish tadbirlarini o‘tkazish ma’lum miqdorda nurlanish, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishini va odamlarning zaharlanishini kamaytiradi. Radioaktiv moddalar yoki boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholining har bir harakati fuqaro muhofazasi xodimlarining nazoratlari ostida bo‘lishi lozim. Yashash joylarda, obyektlar hududidagi suvlarning radioaktiv moddalar va boshqa turdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish darajasini aniqlash uchun suvdan 1,5 yoki 10 (bir chelak) hajmda na’muna olinadi. Asbob suv betiga parallel vaziyatda 0,5-1,0 sm. balandlikda qilib tutiladi va mikroampermetrning ko‘rsatishlari yordamida aniqlanadi. Shuning uchun radiatsiyaviy moddalar bilan zaharlangan hududda fuqaro muhofazasi organlari xodimlari ruxsatisiz ichimlik suvlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling